Ziyayeva Shoiraxon Raximberdiyevna Farg'ona davlat universiteti 2-kurs magistranti annotatsiya



Download 22,4 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2022
Hajmi22,4 Kb.
#647183
  1   2
Bog'liq
Ona tili 5[1]


Ona tili va o’qish savodxonligi fani -o’quvchilarning mantiqiy tafakkurining ijodiy mahsuli


Isaqov Olimjon Muxtorovich
Farg’ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlang’ich ta’lim fan metodisti
Ziyayeva Shoiraxon Raximberdiyevna
Farg'ona davlat universiteti 2-kurs magistranti


ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada o’quvchilarning ona tili va o’qish savodxonligi fanidan dars jarayonida berilgan topshiriqlarni bajarishda mustaqil fikrlashga, mulohaza yuritish,x va h tovushlarining ajratish metodikasi va uni xotirada saqlab qolish usullari haqida ma’lumot ,q undoshi bilan tugagan asosga egalik qo’shimchasi qo’shilsa,so’z oxiridagi q undoshi g’ga aylanishi,kelishik qo’shimchalari qo’shilganda esa asosda o’zgarish sodir bo’lmasligi haqida fikr yoritiladi.Milliy xalq o’yinlari bilan bog’liq tasavvurlarni kengaytirish,qofiyadosh so’zlarni aniqlash va ularning ahamiyatini tushuntirish mashqlari o’rin olgan.
Kalit so’zlar:Milliy o’quv dasturi,talaffuz va imlo me’yorlari,milliy xalq o’yinlari,bekinmachoq, oq terakmi,ko’k terak?
Men amaliyotchi o’qituvchi sifatida MO’D ni qo’llab-quvvatlayman. Dars o’tish jarayonida o’quvchilar uchun eng qiziqarli ,hayotiy voqealar asosida berilgan topshiriqlar o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otmoqda . Masalan,1-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsligidagi “Mening oilam”mavzusi ostida berilgan hikoya va she’rlar o’quvchilarda qarindosh-urug’larga, oila a’zolariga bo’lgan hurmat, ularni qadrlashga, e’zozlashga o’rgatmoqda. Bundan tashqari matn yoki she’rdagi voqealar ketma-ketligini mulohaza asosida to’g’ri topishi, o’quvchilarni o’ylab fikrlashga , mulohaza yuritishga o’rgatgan. Rasmlar ketma-ketligi, she’r yoki hikoyadagi voqealarga moslashtirish topshirig’i berilgan. Masalan, 1-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsligidagi “Xotiram kuchli bo’lsin desangiz” mavzusi bo’yicha 90-betida rasmlar berilgan. O’quvchilar shu rasmda nima ko’rayotgan bo’lsa, o’shani mashq daftarining 37-betidagi 5-topshiriq uchun ajratilgan joyga yozishlari kerak. Bu topshiriqni bajarishdan oldin o’qituvchi xattaxtaga to’rtta so’z yozadi :Abdurahim, ixcham, mix, mehmon. X va h tovushlarining ishlatilish o’rnini yodda tutishda quyidagi farqlash usullaridan foydalanib tushuntirishlari mumkin:
- h undoshi tushib qolish darajasiga bormagan hollarda y deb talaffuz qilinishi mumkin , x undoshida esa bu holni ko’rmaymiz:shohi-shoyi; Abdurahim-Abdurayim; Shohista –Shoyista; Ibrohim-Ibroyim;
-yopiq bo’g’inda e tovushidan keyin doim h qo’llanadi:ehtimol, ehtiyoj, mehnat, istehzo;
- yopiq bo’g’inda i unlisidan keyin doim x undoshi keladi; ixcham, ixlos, ixtiro, six, ixtiyoriy;
-x undoshi qattiq talaffuz etiladi, shuning uchun tushib qolishga moyil emas, aksincha , ba’zi shevalarda q ga o’xshash xususiyatga ega bo’ladi:xulq-qulq;mix-miq;
-“x” tovushi bilan boshlangan aksar so’zlardan x tovushi olib tashlansa, so’z ma’nosi tubdan o’zgaradi. H tovushi bilan boshlangan so’zlarda esa ma’no o’zgarmaydi. Xayol-ayol, xola-ola, xazon-azon, xato-ato, xon-on, xor-or, xona-ona, xos-os…
Shunday so’zlarni oson yodlashlari uchun o’quvchilarga bu harflar qatnashgan maqol, tez aytish, topishmoqlarni berish samarali natijani kafolatlaydi.

1-sinf o’quvchilarini vaqtni to’g’ri taqsimlashga, darsdan bo’sh vaqtlarini foydali, daromad keltiradigan ishlarga sarflashga yo’naltirilgan. Uyda parranda va uy hayvonlarini boqish, ulardan daromad olish yo’llari qiziqarli tartibda tushuntirilgan. Agar o’qituvchi mahoratli bo’lsa, bu mavzular yanada hayotiy va jonli tarzda tushuntiladi.O’quvchilar dunyoqarashini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.


Xalqaro urf-odatlar, milliy va harakatli o’yinlar ,tabiat hodisalari, qonunlari, qiziqarli, rasmli tartibda ko’rsatilgan.
MO’D da ona tili grammatikasi, so’zlarning yasalishiga alohida e’tibor berilgan.
O’yin va mashqlar ichida so’zning leksik ma’nosi, o’z va ko’chma ma’nolari mohirona tushuntirilgan. Gapning maqsadga ko’ra turlari, tinish belgilarining to’g’ri qo’llanishi mashqlar asosida berilgan.
Mashq daftardagi 32-bet 4-mashqda quyidagi so’zlardan foydalanib matnni to’ldiring va ko’chiring. Qaysi hollarda “q” harfi “g’ ”yozilishiga e’tibor bering.
qishloq o’rtoq o’roq qovoq tuproq

Qishlog’imizda tez-tez hashar bo’lib turadi. Bu safar o’rtog’im Saidnikida hashar bo’ldi.Anvar o’t o’raman deb o’rog’ini olib keldi. Kechgacha o’t o’rdik, yer ag’dardik.


Bu yerning tuprog’i unumli. O’tgan yili o’zimiz ekkan sabzi, sholg’om, turp va qovoqdan yaxshi hosil oldik.
Qovoqdan so’zida so’z oxiridagi –q tovushining o’zgarmaganiga e’tibor qaratiladi.U yerda so’zga qo’shilgan qo’shimcha –i bilan boshlanmaganligi ta’kidlanadi.
Mashq daftardagi 40-bet 6-mashqda “Meshpolvonning janglari” she’ridaagi ohangdosh so’zlarni topib yozishlari aytiladi.
1.Bekinmachoq-urshapaloq.
2.Ko’r-zo’r.
3.Oq-ko’k terak-naq pirpirak.
4.Ulog’ingdan- qulog’ingdan.
5.Bilmabdi-tug’ilmabdi.
6.Jahlim qo’zma-quloqcho’zma.
7.Qoqvosh-to’ptosh.
Ushbu mashqni bajarish orqali o’quvchilarda milliy va harakatli o’yinlarning asosiy maqsadi sog’lom ,epchil,chaqqon, kuchli ,baquvvat bo’lib ,voyaga yetishlari tushuntiriladi.Chunki o’yinlar bolalarning qiziqishlarini oshiradi, ularga zavq bag’ishlaydi, ish qobiliyatlarining tezroq tiklanishini ta’minlaydi. O’yinlar tufayli bolalar charchashni unutadilar, mashqlarni diqqat bilan bajarishga harakat qiladilar.Ayniqsa, o’yin davomida bir-birlarini yanada yaqinroq bilishga muvaffaq bo’ladilar. Raqib jamoani hurmat qilish, so’zga chechanlik, hozirjavoblik, jamoat joylarida o’zini tuta bilish madaniyatini o’rganadilar.

Download 22,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish