I bob bo’yicha xulosalar
Bu bobda Oliy ta’lim muassasalarining elektron ta’lim jarayonini
tashkillashtirish va boshqarishning nazariy-uslubiy asoslari amalga oshirish tartibi,
va me’zonlari hamda elektron ta’limni tashkil qilish usullari haqida fikr yuritilgan.
Elektron ta’lim muammosi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarni o’rganish
va tahlil qilish natijasida oliy ta’lim muassasalarining elektron ta’lim jarayonini
shakllantirish va takomillashtirish zarur degan xulosaga kelindi. Shuning uchun
talabalarning elektron ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning
uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg’ulotlarida talabalarni
o’qitish bilan bir qatorda, bilim olish yo’llarini ko’rsatish, mustaqil ta’lim olish
uchun yo’llanma berish, oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri
xisoblanadi.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |