Butandan butadien olish eng keng tarqalgan usuldir. Hamdo‘stlik mamlakatlarida etil spirtidan butadien olish usulidagi mos ko‘rsatkichlarga nisbatan butanni ikki bosqichli degidrirlash jarayoni orqali olingan butadienning tannarxi 8% ga, nisbiy kapital xarajatlar 70% ga pastdir. Sanoatda butadien C4 uglevodorodlaridan olishning 2 usuli ishlatiladi:
Butanni ikki bosqichli degidrirlash.
Butanni bir bosqichli degidrirlash (Gudri usuli) xorijda keng ishlatiladi.
Butanni ikki bosqichli degidrirlash
Butanni ikki bosqichli degidrirlash yo‘li bilan butadien olish qu- yidagi ikki bosqichdan iborat bo‘ladi:
n – Butanni degidrirlab n–butilenlarni olish.
n – Butilenlarni degidrirlab butadien olish.
Butanni degidrirlab n-butilenlarni olish
n – butanni degidrirlash reaksiyasi quyidagi chizma bo‘yicha ke- tadi:
Reaksiyani issiqlik yutilishi va hajmni ortishi bilan borishi sabab- li, degidrirlash jarayoni uchun yuqori harorat (550–580ºC) va quyi bosim (atmosfera) juda ma’qul keladi.
Katalizator sifatida quyidagi tarkibli yoyuvchi aluminiy oksidida- gi xrom oksidi ishlatiladi: 40% CrO3, 10% BeO va 50% Al2O3.
Uglevodorodlarni parchalanish va zichlanish jarayonlari yuqori
haroratda katalizator ishtirokida borib, katalizator yuzasida uglerodli moddalar koks yig‘ilishiga olib keladi. Bu esa faollikni pasayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun katalizator davriy ravishda regenerat- siya qilinib, yuzasidagi ko‘mir moddalar yoqiladi.
n–butanni konversiyasi (parchalangan xomashyoni reaktordan o‘tkazilgan miqdoriga nisbati) 35% dan oshmaydi. n–butilenlarni salmog‘i xomashyoni ko‘p marta retsirkulatsiya qilingandan keyin parchalangan butanga nisbatan 80% ga yaqindir. Degidrirlash nati- jasida gazlar tarkibida 25–30% butilenlar mavjud bo‘lib, ular butan– butilen fraksiyasidan suvli atseton yordamida ekstrfaol haydash bilan ajratib olinadi. Bunda butilenlar miqdori 77% gacha ortadi.
Butanni degidrirlash jarayoni quvurchali reaktorlar (384 quvur- cha, Ø50 mm, l = 3m, 27% xromli po‘latdan tayyorlangan)da stat- sionar katalizatorlarda amalga oshiriladi. Yarim reaktorlar degidrir- lashda, qolgan yarmisi esa regeneratsiyada ishlaydi.
Usulning kamchiliklari sifatida jarayonni davriyligi, metall sar- fining ko‘pligi, kichik ishlab chiqarish quvvati, katalizatorni yetarli bo‘lmagan bir tekis isishini (ayrim yerlarda katalizatorni isib ketishi- ga olib keladi) sanab o‘tish mumkin. Rossiyada butanni degidrirlash jarayoni «qaynar» qavatli katalizatorda birinchi bo‘lib amalga oshi- rildi. Degidrirlash va regeneratsiya jarayoni alohida apparatlarda olib boriladi. Reaktor va regeneratorlar parallel joylashgan (3-chizma).
Reaktor seksiyalashtirilgan. Reaktorning seksiyalashtiriluvchi – katalizator qattiq zarrachalarini intensiv aralashishini kamayishiga, bu esa n–butilenlar salmog‘ining oshishiga olib keladi.
Reaktorning texnik xarakteristikasi.
Аpparatning yuqori qismidagi ortiqcha bosim – 0,3 kgs/sm2.
Аpparatning quyi qismidagi ortiqcha bosim – 1,35 kgs/sm2.
Muhit – kuchli eroziyali, kuchsiz korroziyali.
Korpus materiali – uglerodli po‘lat.
Ichki futerovka materiali – o‘tga chidamli g‘isht.