Neftkimyo sanoati uchun kreking, piroliz va shu kabi jarayon gazlaridan toza olefinlarni ajratib olish o‘ta ahamiyatli hisoblanadi. Qator jarayonlar uchun yuqori darajali tozalikka ega bo‘lgan ole- finlar ishlatish talab qilinadi. Masalan, yuqori bosim polietilen olish uchun 99,9% konsentratsiyali etilen, etil spirtini olish uchun esa eti- lenning konsentratsiyasi 97% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Hozirgi vaqtda sanoatda gazlarni ajratishning quyidagi usullari ishlatiladi:
kompression usul;
Kompression usul bosim orttirilganda ko‘proq og‘ir komponent- larni suyulishi natijasida uglevodorod gazlari fraksiyalanib ajralishi- ga asoslangan bo‘ladi. Ushbu usul gaz benzinini ajratib olishda keng ishlatiladi, biroq gazlarni aniq fraksiyalarga ajralishini ta’minlay ol- maydi, shu sababli u boshqa usullar bilan birga kombinatsiyada ish- latiladi.
Sorbsion usul
Turli fraksiyadagi uglevodorod gazlarini ma’lum shart-sha- roitlarda suyuq, adsorbentlar (absorbsiya), qattiq adsorbentlar (ad- sorbsiya) da yutilishiga yoki ayrim uglevodorod gaz komponentlari- ning ma’lum kimyoviy birikmalar bilan ta’sirlashuvi (xemosorbsiya) ga asoslangan.
А) Аbsorbsion usul neftkimyo sanoatida keng ishlatiladi. Suyuq
erituvchilar sifatida turli neft distillatlari (yengil S4 – s5 uglevodo- rodlar, solyar–kerosin yoki ligroin fraksiyalari) ishlatiladi. Аbsorbent u yoki bu uglerod fraksiyasini ajratib olishni nazarda tutgan holda sharoitlar tanlab oladi va aynan shu yo‘l bilan gazni bir xil uglevodo-
rod atomli fraksiyalari (etan – etilan, propan–propilen va boshqalar) ga to‘la ajratish mumkin. Ushbu usul bilan fraksiya ichidagi uglevo- dorodlarni bir-biridan ajratish mumkin emas, shuning uchun boshqa usullar bilan birga olib boriladi.
B) Аdsorbsion usul – qattiq adsorbentda turli molekular og‘irlik- dagi uglevodorodlarni turlicha adsorbsiyalanishiga asoslangan. Ug- levodorod molekular og‘irligi qancha katta bo‘lsa, u shuncha oson adsorbsiyalanadi. Ko‘pincha adsorbent sifatida faollangan ko‘mir ishlatiladi. Ko‘mirga adsorbsiyalangan quyi molekular uglevodorod- lar kattaroq molekular og‘irlikka ega bo‘lgan uglevodorodlar bilan siqib chiqariladi, oxirgilari o‘z navbatida suv bug‘lari bilan siqib chiqarilishi mumkin.