Ziyamuhamedova


Plastmassalar ishlab chiqarish



Download 1,57 Mb.
bet85/109
Sana02.06.2022
Hajmi1,57 Mb.
#630412
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   109
Bog'liq
B Àbidov, Î G‘ Àzimov, U À Ziyamuhamedova neft gaz sintezi

Plastmassalar ishlab chiqarish


Plastmassalar turli-tuman ishlatiladi. Hozirgi vaqtda xalq xo‘ja- ligining hech bir sohasi yo‘qki, u yerda plastmassalar ishlatilmagan bo‘lsa, samolyotsozlik va raketa yasashdan tortib, to maishiy bu- yumlar va tibbiyot sohasini ham o‘z ichiga oladi.
Plastmassalar o‘ziga xos xossalari tufayli ishlab chiqarishdan an’anaviy materiallar hisoblangan qora va rangli metallarni, yog‘och va tabiiy tola hosil qiluvchi materiallar va shu kabilarni tobora siqib chiqarayapti. Bunday almashinish nafaqat yangi xususiyatli buyum- larni olish, balki anchagina iqtisodiy afzalliklarga ham ega bo‘lishga olib keladi. Plastmassalar uchun xomashyo olish va plastmassalar- ning o‘zini ham ishlab chiqarish anchagina kam mehnat sarflanishi bilan bog‘liq.
Plastmassalar olishni, kimyoviy reaksiyalarni ketish xarakteriga bog‘liq ravishda, ikki ko‘rinishga bo‘lish mumkin:

  1. Polimerizatsiya yo‘li bilan olinadigan plastmassalar, ya’ni po- limerizatsion plastmassalar.

  2. Kondensatsiya yo‘li bilan olinadigan plastmassalar, ya’ni kon- densatsion plastmassalar.

Polimerizatsion plastmassalar ulushiga umumiy plastmassa ish- lab chiqarishning 60% to‘g‘ri kelib, unga poliolefinlar, polistirollar, polixlorvinil va shu kabilar kiradi. Kondensatsion polimerlarga esa
ulushning qolgan 40% to‘g‘ri kelib, ularga fenolformaldegid, poliefir va shu kabi plastmassalar kiradi.
    1. Polistirol


Stirolni polimerlab yoki u asosda olingan plastmassalar ishlab chiqarish umumiy hajmining taxminan 18% ini tashkil etadi.
Stirol asosida polimerlar ishlab chiqarishni ko‘rib chiqishdan av- val monomerning o‘zini olish haqida qisqacha ma’lumot beramiz.
Stirol olishda ilk xomashyo sifatida etilbenzol xizmat qiladi, u benzolni etilen bilan alkillab olinadi. Etilbenzolni degidrirlash yangi katalizatorda 560–580ºC haroratda, 600ºC da esa biroz ishlatilgan katalizatorda amalga oshiriladi.
Katalizator sifatida magniy yoki temir asosidagi oksidlar bosh- qa qo‘shimcha oksid (CuO, ZnO, CaO va boshqa)lar bilan birga oksidli birikmalar holida ishlatiladi. Katalizatorga oz miqdorda kaliy karbonat ham qo‘shimcha qilinadi. Jarayon suv bug‘i ishti- rokida boradi, kaliy birikmasi katalizatorni o‘z-o‘zidan regene- ratsiyalanishiga yordam qiladi. Bu jarayonni 10–12 oygacha ka- talizatorni regeneratsiya qilmay olib borishga imkon beradi. Etil- benzol degidrirlanganda hosil bo‘lgan stirolning salmog‘i 70– 80% ga yetadi. Аsosiy reaksiya – etilbenzolni degidrirlash:

bilan bir qatorda reaksiya mahsulotlarida benzol, toluol va murak- kabroq mahsulotlar hosil qiluvchi yonaki reaksiyalar ham ketadi.


Stirol ajratib olish qiyinligi nafaqat etilbenzol va stirollarni qay- nash haroratlarini yaqinligidan, stirolni uni rektifikatsiya qilinayot- ganda polimerlanishga moyilligida. Shuning uchun stirolni ajratib olish uchun 30 mm simob ustunida vakuumda stirol polimerizatsi- yasini oldini oluvchi ingibitor – gidroxinon qo‘shib, rektifikatsiya qilinadi.
Izopropilbenzolni a–metilstirolga degidrirlash xuddi yuqorida-
gidek yo‘sinda amalga oshiriladi. Degidrirlangan izopropilbenzol- ga nisbatan a–metilstirolning salmog‘i 92% ni tashkil qiladi. Izop- ropilbenzol biroz pastroq haroratda degidrirlanadi, a–metilstirol esa stirolga nisbatan kamroq polimerizatsiyaga uchraydi, bu esa a–metilstirolni ajratish va saqlashda ingibitor qo‘shilmasligini ta’- minlaydi.
Sanoatda stirolni polimerizatsiyasi bir necha usullarda amalga oshiriladi:

  1. blokli termik polimerizatsiya;

  2. peroksid birikmalar bilan initsirlangan emulsion yoki suspen- zion polimerizatsiya;

  3. erituvchida initsirlangan polimerizatsiya;

  4. kompleks metalloorganik katalizatorlar ishtirokida polimeri- zatsiya.

Polistirol olishning eng keng tarqalgan usuli termik polimerizat- siya bo‘lib, unda eng toza va eng yaxshi dielektrik xossali polistirol olish imkoniyatini beradi. Temperatura ortishi bilan polimerizatsiya tezligi ham ortadi, molekular og‘irlik esa pasayadi.
Stirolni emulsion va suspenzion polimerizatsiyasi suvli muhitda olib boriladi. Emulsion polimerizatsiyada initsiator sifatida 70–90ºC haroratda radikal polimerizatsiya jarayonini boshlab beruvchi radi- kallarga yengil parchalanuvchi kaliy persulfat xizmat qiladi. Sus- penzion polimerizatsiyada initsiatorlar–organik peroksidlar. Emul- sion va suspenzion polimerizatsiya jarayoni 70–90ºC haroratlarda ketganligi bois, polimer molekular og‘irligi (200–400 ming) termik polimerizatsiyanikiga (100 ming) nisbatan ancha yuqoridir.
Emulsion polistirolga nisbatan suspenzion polistirol birmuncha yaxshiroq dielektrik xossalarga egadir.
Polistirol sovutkich korpusidan tortib, to plyonkalargacha bo‘l- gan turli-tuman buyumlar tayyorlashda keng ishlatiladi. Polistirol- dan penopolistirol ham tayyorlanib, u polistirolni ko‘pirtirib hosil qilinadi.
Stirol turli sopolimerizatsiya reaksiyalariga oson kirishadi va shu asosda stirolni turli sopolimerlarini ishlab chiqarish tashkil qilin- gan. Masalan, stirolni butadien bilan sopolimerlab sintetik kauchuk- larni boshqa tiplari ichida hozirgi vaqtda asosiy o‘rinni egallagan butaditen-stirol deb nomlangan kauchuk olish imkoniyatini berdi.

    1. Download 1,57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish