Bog'liq B Àbidov, Î G‘ Àzimov, U À Ziyamuhamedova neft gaz sintezi
Polipropilen va boshqa poliolefinlar ishlab chiqarish
Sigler katalizator sistemasi ishtirokida anionli polimerizatsiyani ochilishi oqibatida yuqori molekular birikmalar va boshqa olefinlar- ni olish amalga oshirildi. Хususan, mashhur Italiya kimyogari Natt mehnatlari evaziga 1956–1957-yillarda turli xil propilenlar olindi. Polipropilen ishlab chiqarish jarayoni quyi bosimda etilenni poli- merizatsiyasi bilan ko‘p umumiylikka ega, biroq ayrim o‘ziga xos joylari ham bor.
Ishlatiladigan katalitik sistemaga bog‘liq holida ko‘proq yoki kamroq kristallik darajali, regular yoki noregular tuzilishli polimer- lar hosil bo‘lishi mumkin.
Propilenni Al(C2h5)3va TiCl4sistemasi bilan polimerlaganda juda quyi kristallik daraja (40–50%)li polimerlar olingan.
TiCl4 ni TiCl3 bilan almashtirish (ushbu xizmat Nattga taalluqli) kristallik darajasi 80–90% bo‘lgan polimerlar olish imkoniyatini berdi. Shuning uchun propilenni polimerlashni farqlovchi o‘ziga xos xususiyati sifatida Al(C2h5)3va TiCl3lardan tarkib topgan katalitik
sistemani qo‘llanilishidir; so‘nggi komponent TiCl4 ni vodorod bilan
650ºC da qaytarib olinadi.
Propilen etilenga nisbatan katta qiyinchilik bilan polimerlangani sababli, jarayon katalizator komponentlari Al(C2h5)3: TiCl3 ni 2¸3:1 nisbatda olib boriladi. Erituvchi sifatida, odatda, geptan ishlatiladi, boshqa yengil qaynovchi uglevodorodlar yoki to‘yingan xarakterda- gi uglevodorod fraksiyalari ham qo‘llanilishi mumkin. Propilenning polimerizatsiyasini 65–70 ºC haroratda va 10–12 atmosfera bosimi- da olib boradi. Хomashyo sifatida yuqori konsentrlangan propilen (99%) yoki Rossiyada taklif etilgan propan-propilen fraksiyasi (30% propilen) ishlatilishi mumkin. So‘nggi holida erituvchi sifatida pro-
pan xizmat qiladi. Propilenni polimerizatsiyasida etilennikiga (872 kkal/kg) nisbatan ancha kamroq miqdorda issiqlik (285 kkal/kg) aj- ralib chiqadi, bundan tashqari, propilen kamroq adgeziya qobiliyati- ga egadir. Ushbu omillar issiqlikni faqat «ko‘ylak» orqali olib chiqib ketish bilan chegaralanishga imkon beradi, issiqlik bir qismi erituv- chini bug‘lanishi, uni kondensatlanishi va jarayonga qaytarilishi yo‘li bilan olib chiqib ketilishi ham mumkin.
Katalizator kompleksini erituvchidagi konsentratsiyasi 0,1–0,2%
atrofida, katalizator sarfi esa 4% gacha yetadi. Bir o‘tishda propilen- ning 98% i polimerga aylanadi. Propilenni polimerlash jarayonini boshqa ko‘rsatkichlari Sigler katalizatorida etilenni polimerlash jara- yonidagi kabidir.
Polimerizatsiya natijasida quyidagi sifatdagi polipropilen olinadi. Molekular og‘irligi 40–700 ming (texnik–200 ming).
Erish harorati, ºC 164–170. Zichlik, g/sm3 0,90–0,92.
Uzilishga mustahkamlik chegarasi, kg/sm2 330–360.
Polipropilenning molekular og‘irligini sistemaga regulatorlar deb ataluvchi harakatchan vodorod atomli birikmalar hisoblangan aminlar, merkaptanlar yoki vodorod yodid yoki vodorodning o‘zini qo‘shish bilan ham ko‘paytirish yoki kamaytirish mumkin.