I Bo‘lım yuzasidan sinov savollari.
Neftkimyo sintezi fanining vazifasi?
Neftkimyo sintezi fanining maqsadi?
Neftkimyo sintezi sanoatining rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari?
Neftkimyo sintezi sanoatining xomashyo bazasi?
Neftkimyo sintezi sanoatida olinadigan mahsulotlar?
Оlefinlar asosidagi neftkimyo sintezining eng muhim yo‘nalishlarini tushuntirib bering.
II BO‘LIM.
KISLOROD SAQLOVCHI MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISH
Kislorod saqlovchi mahsulot ishlab chiqarishga kislotalar, spirt- lar, aldegidlar, ketonlar, olefin oksidlari ishlab chiqarishlar kirib, eng rivojlangan va yirik neftkimyo ishlab chiqarishga taalluqlidir.
Neftkimyo sintezi sanoatining rivojlanishi oqibatida ko‘p bos- qichli va katta bo‘lmagan tezlik bilan boruvchi tabiiy oksidlanish, fermentativ bijg‘ish, noorganik oksidlovchilar ta’siridagi oksidlash jarayonlari o‘rniga uzluksiz sxema bo‘yicha olib boriluvchi uglevo- dorodlarni kislorod bilan oksidlash jarayonlari kirib keldi.
Neftkimyo sanoati neft va gazning uglevodorodli xom- ashyosi asosida kislorod saqlovchi mahsulotlarni olish jarayonlarini o‘zlashtirdi va shu bois ko‘p miqdorda qimmatli oziq-ovqat xom- ashyolarini ozod etdi.
Kislorod saqlovchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni ikki asosiy guruhga bo‘lish mumkin:
Uglevodorodlarni oksidlash.
Kislorod saqlovchi mahsulot (asosan, spirt)larni olishning boshqa usullari gidratatsiya, gidroformillash va boshqalar.
Uglevodorodlarni oksidlash
Uglevodorodlarni oksidlab qimmatli mahsulotlardan yog‘, spirt- lar va kislotalar, olefinlar oksidi, fenol, adipin kislota hamda boshqa- lar olinadi.
Biroq uglevodorodlarni oksidlash jarayonlari uchun o‘ziga xos jiddiy kamchiliklar mavjud.
Birinchidan, uglevodorodlarni oksidlanish jarayoni, odatda, zan- jirli radikal mexanizm bo‘yicha boradi: radikallar ilk molekulalarni duch kelgan nuqtalariga hujum qiladi, oqibatda oksidlash jarayoni ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha, ya’ni noselektiv ketadi.
Ikkinchidan, oksidlash o‘sib boruvchi ekzotermiklik bilan boradi: oksidlash qanchalik chuqur borsa, shunchalik ko‘p issiqlik ajralib chiqadi, shuning uchun oksidlash jarayonini boshlang‘ich bosqich- larda to‘xtatib qolish qiyin, shu bilan birga birinchi bosqichlarda oli- nayotgan oksidlash mahsulotlari eng qimmatli hisoblanadi.
Ushbu muammolarni yechish yo‘llari quyidagilardan iborat:
Nokatalitik oksidlashdan selektivlikni oshiradigan katalitik ja- rayonga o‘tish.
Maqsadga muvofiq mahsulotlarni olishni ta’minlaydigan kislo- rodni spetsifik tashib o‘tuvchilarni ishlatish.
Хomashyoni sintetik tayyorlash yoki ilk xomashyoga ular- da bo‘shang nuqtalarni vujudga keltiruvchi maxsus moddalardan qo‘shish (ushbu nuqtalar orqali oksidlash maqsadga muvofiq mahsu- lotlar hosil bo‘lishiga olib keladi).
Neftkimyo sanoatida quyidagi turli uglevodorodlar oksidlanadi- lar: parafin, olefin, aromatika, naften.
Do'stlaringiz bilan baham: |