Ўзини ўзи англаш муаммосининг психологик талқини



Download 94,5 Kb.
bet1/4
Sana28.05.2022
Hajmi94,5 Kb.
#612728
  1   2   3   4
Bog'liq
Уз-узини англаш МЕН


O‘ZINI O‘ZI ANGLASh MUAMMOSINING PSIXOLOGIK TALQINI
O‘zini-o‘zi anglash sof ijtimoiy hodisa bo‘lib, uning mazmun-mohiyati shaxsni o‘rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Keng ma’nodagi yirik ijtimoiy jamoalar etalon rolini o‘ynashi oqibatida shakllanadigan o‘zini-o‘zi anglash - o‘z-o‘zini baholashning yuksak darajasi hisoblanadi.
O‘zini-o‘zi anglashning shakllanishi jamiyatning ongli a’zosini tarbiyalashning zarur shartlaridan biridir.
O‘zini-o‘zi anglash sohasi, ya’ni, «Men» obrazining yil sayin o‘zgarib borishi jarayoni bo‘lib, avval o‘zini boshqalardan farqliligini, o‘zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglash, so‘ngra esa, o‘z-o‘zini baholash, anglash nazorat qilish xususiyatlari rivojlanadiki, ular xam faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismlari sanaladi. O‘zini-o‘zi anglash – individning o‘zi haqida nisbatan barqaror anglangan tasuvvurlari tizimi bo‘lib, uning asosida individ odamlar bilan o‘zaro munosabatini o‘rganadi.
O‘z o‘zini anglash - bu birinchi navbatda inson o‘zini o‘zi anglashiga turtki bo‘luvchi jarayonlar tizimidir. Shuningdek, o‘zlikni anlashni o‘zlik haqida tasavvurlar, “Men obrazi” yoki “Men konsepsiyasi” deb ham atash mumkin. Inson ong yordamida o‘z o‘zini anglaydi va bu jarayonda bir qator ichki vositalar tizimi (tasavvurlar, obrazlar, tushunchalar va h.k.)dan foydalanadi. Bular orasida insonning o‘z o‘zi haqidagi tasavvurlari – o‘z shaxsiy sifatlari, qobiliyatlari va motivlari katta ahamiyatga ega. O‘zlik haqidagi tassavvurlar bir tomondan o‘zlikni anglash jarayonining mahsuli, ikkinchi tomondan esa bu jarayonning kechishi uchun zarur sharoit, vosita hisoblanadi.
“Men obrazining” ikki tomoni (aspekti) mavjud bo‘lib, bular: o‘z o‘zini bilish (anglash) va o‘z o‘ziga munosabat bildirish (o‘z o‘ziga baho berish)dir. Inson o‘z hayoti davomida o‘zi haqidagi bilimlarga, turli xil ma’lumotlarga ega bo‘lib boradi. Shu bilimlar uning o‘z-o‘zi haqidagi tasavvurlari ya’ni “Men konsepsiyasi”ning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Biroq o‘z o‘zi haqidagi bilimlar, tabiiyki, unga befarq emas: bilimlarda namoyon bo‘luvchi emotsiyalar, baholar va shu kabilar o‘z o‘ziga munosabatning baland yoki past bo‘lishini taminlab beradi. Insonning o‘zi haqidagi bilimlari va o‘z o‘ziga munosabati har doim ham ongli ravishda mavjud bo‘lmasligi mumkin. “Men obrazining” ba’zi qismlari ong osti sohasida bo‘lib, inson buni to‘liq ongli ravishda anglamasligi ham mumkin.
O‘z o‘zini anglashning shakllanishidagi bu ikki jihat ya’ni o‘z o‘zini bilish va o‘z o‘ziga munosabat bildirish hamda ularning onglilik yoki ongsizlik darajasi bu boradagi bir qancha tadqiqotlarning metodologik muammolarini yechishga yordam beradi. (Yadov V.A. 1975.)
Ijtimoiy individ darajasida insonning aktivligi boshqa ehtiyoj ya’ni jamiyatning bir qismi bo‘lish istagi, jamiyat tomonidan tan olinish hissi bilan bog‘liqdir. Bu aktivlik individ tomonidan o‘zlashtirilgan ijtimoiy normalar, qoidalar, an’analar va h.k.lar orqali boshqarilib turiladi. O‘zini o‘zi anglash insonga bu aktivliklar qatorida mo‘ljal olishga yordam beradi ( o‘zida birlashgan jinsiy, yosh, etnik, fuqarolik, ijtimoiy-rolli identiklikni shakllanishi hisobiga). Bu farqlar hisobiga sub’ekt o‘zini etalonlar bilan, bu etalonlar orqali esa o‘zini boshqa odamlar bilan solishtirishga harakat qiladi. Inson uchun zarur bo‘lgan -jamiyatda tan olinish hissi uning o‘z o‘ziga bo‘lgan munosabatida aks etadi ya’ni bu o‘zgalarning shu shaxsga bo‘lgan munosabatlarini (boshqalar tomonidan tan olinish yoki rad etilish) shaxs ichki olamiga ko‘chishidir
Shaxs darajasida subektning aktivligi birinchi navbatda o‘z imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish ehtiyoji (mehnatda, sevgida, sportda va h.k.) va o‘z shaxsiy qobiliyatlari, imkoniyatlari, motivlarini ro‘yobga chiqarish orqali namoyon bo‘ladi. Shuning uchun o‘z o‘zini anglashda yetakchi o‘rinni diferensiallashgan, shakllanayotgan “Men konsepsiyasi” egallay boshlaydi. O‘z o‘ziga munosabat bildirishning asosi o‘z o‘zini takomillashtirish ehtiyoji bo‘lib qoladi; o‘z o‘zini anglash o‘zining shaxsiy sifatlari va xislatlari hamda o‘z imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish hissi bilan asoslanuvchi motivlarga nisbatan baholana boshlaydi.
Faktorli analiz natijalariga ko‘ra o‘z o‘ziga munosabat bildirish juda murakkab jarayon bo‘lib u o‘ziga nisbatan va o‘ziga qarshi bo‘lgan dolzarb umumiy hislar, yoki bundan ham xususiy jihatlar: o‘zi haqida qiziqish yoki o‘z o‘ziga qiziqish, o‘z o‘ziga yaqinlik, o‘zgalar munosabati kutilmasidan iboratdir.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki o‘z o‘zini anglash muammosi har bir zamon va har bir yo‘nalish uchun o‘ziga xos murakkab va qiziqarili mavzudir. Shu sababli bu mavzuni o‘rganish muhim va dolzarblik kasb etishi aniqdir.

2. O‘ZINI O‘ZI ANGLASh VA IJTIMOIYLAShUV JARAYoNINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI.


Har birimizning jamiyatdagi o‘rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo‘lgani, jamiyatga qo‘shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari jarayoni psixologiyada ijtimoiylashuv deb yuritiladi.
Demak, ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv - har bir shaxsning jamiyatga qo‘shilishi, uning normalari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida uni ko‘rsatishi va kerak bo‘lsa, shu ijtimoiy tajribasi bilan o‘z navbatida o‘zgalarga ta’sirini o‘tkaza olishi jarayonidir.
Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli faoliyatni amalga oshirish jarayonini nazarda tutadi. Tashqaridan shaxsga ko‘rsatilayotgan ta’sir oddiy, mexanik tarzda o‘zlashtirilmay, u har bir shaxsning ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtai nazaridan turlicha sub’ektiv tarzda idrok etiladi. Shuning uchun ham bir xil ijtimoiy muhit va bir xil ta’sirlar odamlar tomonidan turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi.

Download 94,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish