Ўзини ўзи англаш муаммосининг психологик талқини



Download 94,5 Kb.
bet3/4
Sana28.05.2022
Hajmi94,5 Kb.
#612728
1   2   3   4
Bog'liq
Уз-узини англаш МЕН

Biz ijro etadigan rollar- Biz yangi ijtimoiy rolni (institut talabasi, ota-ona yoki sotuvchi) bajarishga o‘tganimizda o‘zimizni “yaxshi” his qilamiz. Lekin, asta-sekinlik bilan bizning o‘zimiz haqimizdagi tasavvurlarimiz ushbu rollarni o‘ziga singdiradi. Bu yolg‘onlikni reallikka aylantiradi.
Ijtimoiy identivlik- Bizdagi o‘zimizni anglash sohasi - bu o‘zimiz haqimizdagi tasavvurlar nafaqat personal identivlikni (o‘z shaxsiy sifatlarimiz haqidagi tasavvurlarimiz), balki ijtimoiy identivlikni ham o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy “Men” tushunchasi – irqiy, diniy, jinsiy, kasbiy va h.k.mansubliliklarni, shu bilan birga “Biz” degan tushunchani ham bildiradi. Ya’ni, ma’lum davraga mansub “Biz” bor va unga kirmaydigan “Ular” mavjud.
Qandaydir bir katta guruhning tarkibiga kiruvchi kichik guruhning vakili bo‘lsak, biz o‘z ijtimoiy identivligimizni aniqroq anglaymiz; bizning guruhimiz ko‘pchilikdan tashkil topganida, biz bu haqda o‘ylamaymiz ham. Erkaklar guruhidagi yagona ayol ham, yevropaliklar orasidagi yagona kanadalik ham o‘z unikalligini anglaydi. Yotoqxonadagi bittagina qora tanli talaba, xuddi shunday qora tanli do‘stlari orasidagi bitta yagona oq tanli o‘zini irqiy identivligini chuqur sezib, shunga yarasha reaksiya bildiradi (Kalin & Berry, 1995).
Ijtimoiy qiyoslar- Qanday qilib o‘zimizni boy, aqlli yoki past bo‘yli deb hisoblashga qaror qilamiz? Bunday usullardan biri ijtimoiy taqqoslashdir (Festinger, 1954). Atrofdagi odamlar bizga ma’lum standartlar ishlab chiqishimizga turtki berishadi, bu standartlar yordamida biz o‘zimizni boy yoki kambag‘al, aqlli va aqlsiz, baland yoki past bo‘yli deb aniqlaymiz. Atrofdagilar bilan o‘zimizni qiyoslab, ulardan nimamiz bilan farq qilishimizni aniqlaymiz. O‘rta maktabni yuqori ko‘rsatkichlar bilan va o‘z akademik qobiliyatlariga ishongan holda bitirgan ko‘pgina bitiruvchilar yaxshi oliy o‘quv yurtlariga kirib, unda o‘ziga o‘xshagan a’lochilarni ko‘rib, o‘zlarini endi oldingidek hurmat etmayotganlarini his etishadi.(Marsh et al.., 2000)
Muvafaqqiyat va omadsizliklar- O‘z o‘zimizni anglashda nafaqat bizning ijtimoiy rollarimiz va atrofdagilar bilan taqqoslashlarimizning natijalari xizmat qiladi, balki oddiy turmush tarzimizning ham o‘zimizni anglashdagi ahamiyati katta. Oldimizga qiyin, lekin amalga oshirsa bo‘ladigan maqsadlarni qo‘yib va uni uddasidan chiqish, bu o‘zini qobiliyatlarini his etishdir. O‘zini bo‘lishi mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatsizliklardan himoyalash malakasini egallagan shaxs, o‘zini kamroq zaif his etadi va vaziyatni ko‘proq boshqara oladi (Ozer & Bandura, 1990). Ilmiy ishlardagi muvaffaqiyatlar talabani ilmiy faoliyatdagi yaroqligiga nisbatan o‘ziga bahoni oshiradi, bu o‘z navbatida uni undan ham ko‘proq ishlashga undab yanada taassurotli muvaffaqiyatlarga erishishga stimullashtiradi (Felson, 1984; Marsh & Young, 1997). Oldinga qo‘yilgan maqsadlarni erishish yo‘lida maksimum imkoniyatni qilish va unga erishish-o‘ziga yanada ishongan va qobiliyatli his etishni bildiradi.
Atrofdagilar fikrlari – Erishilgan muvaffaqiyatlarning boshqalar tomonidan tan olinishi shaxsning o‘zini o‘zi anglashiga ijobiy ta’sir etadi, chunki biz atrofdagilarni bizni ijobiy baholayotganligini ko‘ramiz. Bizga o‘zimiz haqimizda yaxshi o‘ylash osonroq, agar atrofdagilar ham xuddi shunday o‘ylasa. Qobiliyatliroq, mehnatsevarroq yoki yordamga kelishga tayyor deb hisoblangan bolalar, bu sifatlarni o‘z “Men” konsepsiyalari va xulq-atvori tarkibiga “olishadi”. Agar etnik kamchilik vakillari bo‘lmish talabalar, ularning intellektual qobiliyatlari haqidagi stereotipli tasavvurlardan kelib chiqadigan xavfni sezishsa yoki ayollar ulardan na aniq fanlar, na tabiiy fanlar doirasida katta yutuqlarni kutishmayotganligini anglashsa, natijada ular shu kutuvlarga mos ravishda o‘zlarini tutishadi. Ular bu fikrlarni inkor etishdan ko‘ra, o‘zlarini boshqa sohada imkoniyatlarini amalga oshirishga kirishadilar (Steele, 1997).
Bizning atrofdagilarni o‘zimizni qabul etish vositasi bo‘lmish ko‘zgu sifatida ishlatish odatimizni, sotsiolog olim Charlz Kuli “Men aksi” deb atadi (Colley, 1902). Keyinchlik sotsiolog Djordj Gerbert Mid Kuli konsepsiyasini aniqlashtirib, bizning o‘z o‘zimizni anglashimiz uchun atrofdagi odamlarning biz haqimizdagi fikrlari emas, balki ularning fikrlari haqidagi o‘zimizdagi tasavvurlarimiz muhimroq deydi. Bizga atrofdagilarni tanqid etishdan ko‘ra maqtash xos, bunday ortiqcha maqtovlar asosida qilingan o‘ziga baho, yuqori bo‘lishi mumkin.

Shubxasiz, predmetsiz faoliyat va mulokotsiz «Men» obrazi shakllanmaydi, uz-uzini anglashni shakllantirmasdan inson shaxs sifatida taraqqiy eta olmaydi. Bular, faoliyat, muloqot, o‘z-o‘zini anglash xisoblanadi.





Download 94,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish