Yuk tashishdan olinadigan daromadlarni prognoz qilish. Daromadlarning umumiy hajmi quyidagacha prognoz qilinadi:
mahaliy va xalqaro qatnovlarda aloxida tonna-kilometr miqdori va 10 t-kmga o’rtacha daromad stavkasi bo’yicha yuk tashish;
xalqaro qatnovda prognoz qilinadigan yuk ortish va yuk tushirish tonnasi miqdori bo’yicha dastlabki - yakuniy operatsiyalar;
yuk ortish, yuk tushirish tonnalarining miqdori, mayda va konteyner tashish ishlarini yangilash bo’yicha ko`shimcha yig`imlar
«O’TY»AJni rivojlantirish konsepsiyasida tashish xajmini oshirishda asosiy kriteriyalardan biri moliya-iqtisodiy siyosatini takomillashtirishdir.
Bu bilan quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutiladi:
- tashish va xizmat ko’rsatish sifatiga qarab, yuklab jo`natilgan tovar va tashish yo’nalishi qiymatida transport xarajatlari ulushini xisobga olgan xolda yuklar turiga qarab tariflar xilma-xilligi orqali erkin narxlashni ta’minlash;
- bir xildagi yuklar uchun maxaliy va uzoq qatnovlarda ta`riflar darajasida disproporsiyani yo`qotish;
- ijtimoiy axamiyatga ega bo’lgan yo’lovchi tashishlarda ta`riflarning davlat tomonidan tartibga solib turilishi. ushbu tashishlarda yuzaga keladigan kamomadlar davlat tomonidan qoplanishi lozim;
- inflyatsiya mavjud bo’lgan holda tariflarni indeksatsiya qilish;
- Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida transport ta`rif koridorlarini o’rnatish;
- tashish tannarxini kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar qo`llash va ta`riflarni kamaytirish bo’yicha sharoitlar yaratish va boshqalar. «O’TY»AJning ta`rif siyosati tovar ishlab chiqaruvchilar va yuk jo`natuvchilar uchun qulay bo’lgan sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan. Ushbu maqsadlar uchun yuklarni tashish bo’yicha chegirmalar qo`llaniladi, ushbu chegirmalar nafakat O’zbekiston Respublikasi hududida, balki O’zbekiston Respublikasidan ma’lum bir turdagi tovar olib kirayotgan davlatlar hududida ham qo`llaniladi. Rossiya va Qozog`iston temir yo’llari ma’muriyatlari va davlat organlari bilan kelishuvlar asosida oziq-ovqat mahsulotlari, paxta tolasi va boshqa tovarlarni tashish bo’yicha chegirmalarni qo`llash amalda qabul qilingan. Bir vaqtning o’zida kompaniya tranzit yuklarni jalb qilish maqsadida Qozog`istondan bug`doy, metall prokatlarini tashish bo’yicha ham chegirmalar qo`llaniladi.
Ta`rif siyosati ko’rib chiqadiki, «O’TY»AJ tashkilotlar bilan shartnoma tuzayotganda, iqtisodiy manfaatlardan kelib chiqqan holda shartnomaviy chegirmalar miqdorini belgilaydi va bajarilmagan majburiyatlar uchun moliyaviy javobgarlik mexanizmini ko`rib chiqadi.
Daromad olish manbalarini aniqlash bo’yicha korxonaning barcha ishlari quyidagilarga ajratilishi lozim:
- Asosiy faoliyat, tashish va qo’shimcha faoliyatga bo`lingan holda. - Moliyaviy faoliyat.
Qo’shimcha faoliyat.
Asosiy faoliyatdan va qo`shimcha faoliyatdan olinadigan daromad ulushini aniq bilish lozim. Chunki asosiy bo`lmagan faoliyatdan olinadigan daromad doimiy hioblanmaydi.