2016 1998 Улучшить и запустить стратегию набора новых профессиональных медработников.
НАШИ КЛЮЧЕВЫЕ СТРАТЕГИИ НА ЭТОТ ГОД
Asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi: • undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar. penyalar, vaqtida to’lanmagan qarzlar va xo`jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek, temir yo’l transportiga yetkazilgan zararlarni undirish bo’yicha daromadlar (temir yo’l kompaniyasi tomonidan yuk junatuvchiga tashish moslamalarini buzilganligi yoki yo`qotilganligi uchun jarima; temir yo’l kompaniyasining vagonlariga. konteynerlariga ziyon yetkizganlik uchun jarima);
• hisobot yilida aniqlangan o`tgan yillardagi foyda;
• yuk va yo’lovchi tashish bilan bevosita bog’liq bo`lmagan temir yo’l transportining boshqa daromadlari (temir yo’l kompaniyasining xo’jalik yurituvchi subyektlari oshxonalaridan olingan tushumlar. gul, sabzavot va mevalar sotish uchun vokzal oldi maydonlarida ajratilgan joylardan va boshqa tushumlar);
• temir yo’l kompaniyasining asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar;
• da’vo bildirish muddati o`tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan temir yo’l kompaniyasi tomonidan olingan daromadlari;
• temir yo’l kompaniyasi tovar-moddiy boyliklarini baholash;
• temir yo’l kompaniyasiga berilgan davlat subsidiyalaridan daromadlar (soliq solishda yalpi daromadga qo`shilmaydi);
• temir yo’l kompaniyasiga xolisona moliyaviy yordam;
• temir yo’l transportining xo’jalik yurituvchi subyektlarining boshqa operatsion daromadlari.
2016 yilda «O’TY»AJning asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlari kompaniya daromadlarining umumiy summasida 9 foizni, 2017 yilda — 4,5 foizni tashkil etdi. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi: - kompaniya tomonidan olingan royaltilar va sarmoya transferti;
- O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulush qo`shgan holda qatnashishdan temir yo’l kompaniyasi tomonidan olingan daromad;
- aksiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda temir yo’l kompaniyasiga tegishli qimmatli qog`ozlar bo’yicha daromadlar;
- temir yo’l kompaniyasiga tegishli mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar;
- temir yo’l kompaniyasi valyuta schyotlari, shuningdek, chet el valyutalaridagi operatsiyalar bo’yicha ijobiy kurs tafovutlari;
- temir yo’l transnorti tomonidan qimmatli qo`yilgan mablag’larni qayta baholashdan olingan daromadlar;
temir yo’l transportining moliyaviy faoliyatidan olingan boshqa daromadlar.
Bozor munosabatlarini rivojlanishi sharoitida kompaniyaning moliyaviy faoliyatidan olingan daromadlari katta ahamiyat kasb et- moqda. Masalan, 2017 yilda ular «O’TY»AJning umumiy daromadlari- da 9,5 foizni tashkil etdi. Oxirgi vaqtlarda moliyaviy faoliyat bo’yicha daromadlarda aksariyat qismini valyuta kurs tafovutlari tashkil etdi. 2016 yilda u kompaniyaning moliyaviy faoliyati bo’yicha daromadlarda 54 foizni. 2017 yilda esa - 74.3 foizni tashkil etdi.