Ўзбкистон республикаси



Download 2,55 Mb.
bet9/115
Sana18.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#559854
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   115
Bog'liq
6.маъруза матни

Birinchi yо‘nalish – ishlab chiqarish jarayonlari va tadbirkorlik tarkiblarini boshqarish. Tadbirkorlik faoliyatining ushbu yо‘nalishi menejment tamoyillarining turi sifatida mustaqil rivojlanadi. Tadbirkor menejmentning asosiy tamoyillarini yaxshi о‘zlashtirgan bо‘lishi va zamonaviy menejer bо‘lmog‘i lozim.
Ishlab chiqarishni boshqarish hech qachon tadbirkorning boshqa yо‘nalishlaridan ajratilgan holda olib borilishi mumkin emas: u ishlab chiqarishni faqat iste’molchilar uchun tashkil qiladi. Shuning uchun ham tadbirkor faoliyatining ikkinchi yо‘nalishi bozorni har tomonlama о‘rganishdir. Bozorda bо‘layotgan jarayon-larni tahlil qilmasdan turib tadbirkorlik faoliyatini samara-li olib borish mumkin emas.
Sheriklar bilan bо‘ladigan aloqalarni yaxshi yо‘lga qо‘yish tad-birkorlik faoliyatining uchinchi yо‘nalishidir. Bunda tadbirkor-likni yanada rivojlantirish yо‘lida sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga kо‘tarish va eski munosabatlardan voz kechish maq-sadga muvofiqdir.
Yuqorida zikr etilgan ilmiy asoslar, tamoyillar О‘zbekis-tonda tadbirkorlik, uning kichik biznes va xususiy tadbirkor-lik­ni rivojlantirish bilan bog‘liq bо‘lgan jarayonlarni tizimli tahlil qilish, bashoratlash hamda qaror qabul qilishga asos bо‘ladi.

1.4. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning

maqsadi va vazifalari


О‘zbekistonda keng kо‘lamli bozor о‘zgarishlarini amatga oshirish jarayonida mulkdor shaxslar doirasi kengayib bormoqda. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «... amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy, eng katta maqsadi, ustuvor yо‘nalishi О‘zbekistonda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir. Bizning qabul qilgan barcha farmonu qarorlarimiz, qonunlarimiz, hamma ishimiz ana shu maqsadga qaratilgandir. Bu vazifalarni hal yetmasdan kutilgan natijaga, xayotimizda, iqtisodiyotimizda istalgan о‘zgarishlarga erishib bо‘lmaydi»11. Bozor islohotlarining hozirgi bosqichidagi g‘oyat muhim vazifa, eng avvalo, ishlab chiqarish sohasidagi davlat korxonalarini xususiylashtirish va ular negizida vujudga kelayotgan tadbirkorlik tuzilmalarini aniq maqsad bilan qо‘llab-quvvatlash orqali mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir. Jamiyatimiz uchun yangi bо‘lgan mana shu ijtimoiy turni, uning faoliyat sohalari shakllarini о‘rganishni nazariya ehtiyojlarigina emas, balki amaliy zaruriyat ham shart qilib qо‘ymoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning qariyb 80 foizi, sanoat mahsulot-larining 78 foizidan ortig‘i, qishloq xо‘jaligi va chakana savdo aylanmasining deyarli barcha mahsulotlari nodavlat sektori ulushiga tо‘g‘ri kelmoqda.
О‘rta sinf davlatning asosi va jamiyatning eng barqaror qismidir. Bu sinfni vujudga keltirish vazifasini hal qilish, turmush darajasini oshirish va har bir insonning tadbirkorlik imkoniyatlarini ochish muammosini hal qilib beradi.
Ushbu masalaning iqtisodiy jihati shundan iboratki, mulkdorlar real, ularning faoliyati esa samarali bо‘lishi kerak. Umuman olganda, korxonaning barcha ishlovchilarini rasman aksiyadorlarga aylantirish uncha qiyin emas. Lekin ular haqiqatda boshqaruvda qatnashmasalar, dividendlar ololmasalar va hatto, о‘z aksiyalarini korxonadan tashqariga sota olmasalar, ularni real mulkdorlar deb bо‘lmaydi. Aholi mana shunday vaziyatni kо‘rar ekan, bunday korxonaning aksiyalarini erkin bozordan ham sotib olmaydi, chunki korxona bi­lan bevosita bog‘langan odamlar uning ishiga ta’sir kо‘rsata olmasalar va qonunga muvofiq о‘zlariga tegishli daromadni ololmasalar, bu ish tashqaridagi mayda investorlar uchun yanada mushkul kechadi. Xulosa aniq: mulkdorlar huquqlarini amalga oshirish va ularni himoya qilishning real mexanizmlari bо‘lmog‘i kerak. Busiz mulk nomigagina mavjud bо‘ladi. Bu mol-mulkning esa egasi bо‘lmaydi. Bunday vaziyat iqtisodiyot uchun ham juda xavflidir. Chunki bu hozirgi paytda mol-mulkdan amalda foydalanib turgan yoki xatto, undan foydalanish imkoniyatiga ega kishilarning qonunsiz ravishda boyishi uchun keng imkoniyat yaratib beradi.
Xaqiqiy mulkdor о‘z tabiatiga kо‘ra oqilona ish olib borishi va о‘ziga qarashli mulkni kо‘paytirishga harakat qilishi kerak. Bordi-yu, shunday bо‘lmasa, demak, mol-mulkni tasarruf qiluvchi subyekt yo о‘zini mulkdor deb hisoblamaydi, yoki о‘zining huquqlarini zarur kafolatlarga ega emas deb hisoblaydi, yoki mol-mulk yangi egasiga saqlash va kо‘paytirish tamoyillariga mutlaqo yordam bermaydigan shartlar bilan tekkan bо‘ladi. Shu sababli, mulk huquqi qonun bilan himoyalangan bо‘libgina qolmasdan, u jamiyatdagi barcha munosabatlar tizimi bilan amalda ta’minlangan bо‘lishi kerak. Faoliyati о‘ziga qarashli mulkni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga, ishlab chiqarishni rivojlantirishga va ana shu asosda yangi moddiy boy-liklar yaratishga qaratilgan shaxslarni har tomonlama rag‘batlan-tirish zarur. Mulkdorlar sinfi mavjud mol-mulk va daromadlar asosida, shu jumladan:

  • jamg‘armalarni qimmatli qog‘ozlarga solish, shuningdek, xususiy shaxslarga qarashli kо‘chmas mulkdan va boshqa mol-mulk-lardan foydalanish yо‘li bilan;

  • davlatga qarashli mol-mulkni (auksionlarda va tanlov asosida), shuningdek xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiya-larini sotib olish orqali mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida;

  • yuridik shaxs tashkil yetmagan holda va korxonalar ochmagan holda yakka tartibdagi mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali shakllantiriladi.

Mulkdorlar ixtiyoridagi barcha obyektlarni daromad olish maqsadida foydalanilmaydigan obyektlarga va ishlab chiqarish resurslariga ajratish mumkin.
Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • mehnat;

  • yer;

  • sarmoya:

a) moddiy aktivlar,
b) moliyaviy aktivlar, shu jumladan: pul mablag‘lari; qimmatli qog‘ozlar;
v) nomoddiy aktivlar – intellektual mulk obyektlari.
Ishlab chiqarish resurslaridan daromad olish va mulkni kо‘paytirish uchun foydalaniladi. Biron bir mol-mulkka ega shaxs mulkdordir.
Mulkdor – moddiy va intellektual mulk obyektlariga ega bо‘lgan, ularni tasarruf etish va ulardan о‘z xohishiga qaratib, shu jumladan daromad olish maqsadida foydalanish huquqiga ega jismoniy shaxsdir.
Mulkdorlar sinfi uch guruhdan iborat:

  • daromad keltirmaydigan va shaxsiy maqsadlarda foydala-nishga mо‘ljallangan mol-mulkka ega mulkdorlar;

  • shaxsiy iste’molga mо‘ljallangan mol-mulk bilan bir qatorda, qо‘shimcha tadbirkorlik daromadi yoki kiritilgan sar-moyadan daromad olish uchun foydalaniladigan aktivlar (sarmoya)ga ega о‘rta mulkdorlar;

  • yirik xususiy korxonalar, firmalarga ega va ularning faoliyatidan katta daromad oladigan yirik mulkdorlar.

Ushbu guruhlarning shakllanishiga qanday omillar ta’sir etadi? Birinchi navbatda, psixologik xususiyatlar ta’sir kо‘rsa-tadi. Odamni zо‘rlab mulkdorga aylantirib bо‘lmaydi. U bunga ruhan tayyor bо‘lishi kerak. Bu esa juda qiyin narsa. Chunki odamlarga xaddan tashqari uzoq vaqt mobaynida xususiy mulkni va uning sohiblarini boshqalarga qaraganda tashabbuskorroq va tadbirkorroq bо‘lganligi tufayli moddiy jihatdan yaxshiroq yashaganlarni yomon kо‘rish va ularga ishonmaslik xissi singdirib kelindi. Endi esa zamon о‘zgardi, xususiy mulkka bо‘lgan munosabat ham о‘zgarmoqda, lekin eski tasavvurlar hali ham mavjud. Kо‘pchilik davlatning g‘amxо‘rlik qilishiga umid bog‘lab о‘tirmasdan, о‘z farovonligi uchun mas’uliyatni о‘z zimmasiga olishga hali tayyor emas. Ijtimoiy passivlik mulkdorlar sinfini shakllantirish yо‘lidagi jiddiy tо‘siqdir.
О‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar jarayonida mulkdor­lar sinfini shakllantirish uchun bir qator obyektiv shart-sharoit-lar yaratildi. Buni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish kо‘rsatkichlaridan bilib olish mumkin. 1992-2004 yillar mobaynida 60630 ta davlat korxonasiga qarashli mulkning shakli о‘zgartirildi. Bu jarayon mahalliy, yengil, mebel, mashinasozlik va avtomobil sanoatida batamom tugallandi. Qariyb 95 mingta kichik va 55 mingtadan ortiq xususiy korxona tashkil etildi. Davlatga qarashli uy-joy batamom xususiylash-tirilib, uning natijasida 1,4 mln. ga yaqin kvartira о‘z egalarini topdi. 3 mln. oila tomorqa va yordamchi xо‘jaliklarga ega bо‘ldi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish transport, sog‘liqni saqlash va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida ham jadal rivojlanmoqda.
Mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosiy yо‘llaridan biri – bu tadbirkorlikni, uning kichik biznes shakli rivojini ta’minlash katta ahamiyatga ega. Aksiyalashtirish keng aholi ommasini mulkka egalik qilishga jalb etishning eng samarali vositasidir. Biroq, bu jarayon murakkab, kо‘p qirrali bо‘lib, u bozor iqtisodiyoti subyektlarining manfaatlariga daxldordir. Hozir respublika iqtisodiyotida ochiq turdagi aksiyadorlik ja-miyatlari juda keng yoyilgan.
Bu jamiyatlarning ustav sarmoyasini tashkil qilishda ishti-rok etuvchi ulushlar, odatda, quyidagicha taqsimlanadi:

  • davlat ulushi;

  • mehnat jamoasi ulushi;

  • xorijiy sherik ulushi;

  • fond birjalari va qimmatli qog‘ozlar bozorlarida, shu jumladan, chet elda ham erkin sotish uchun ajratilgan ulushi.

Davlat va mehnat jamoalariga qarashli akiiyalar paketlari hajmini Davlat mulk qо‘mitasi belgilaydi. Fuqarolar yoki yuri-dik shaxslar tomonidan sotib olingan yoki bepul olingan har qanday aksiyalar ularning mulkdorlari tomonidan qonun doirasida hech bir cheklovsiz sotilishi mumkin. Akiiyalarning qо‘shimcha (ikkilamchi) emissiyasi va ularni joylashtirish aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaldagi qonunlarga muvofiq olib boriladi.
Korxonani xususiylashtirishning yana bir shakli uni tanlov asosida yoki auksionda jismoniy yoki yuridik shaxslarga xususiy mulk qilib sotishdan iborat. Bunda haridor sotib olingan obyektlarga nisbatan ma’lum talablarni bajaradi. Tanlov shartlari О‘zbekiston Respublikasi mulkni davlat ta­sarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sohasidagi tartiblariga muvofiq belgilanadi va u quyidagi majburiy bandlarga ega bо‘ladi:

  • auksionda xususiylashtirilgan davlat korxonalarining mulkdorlariga aylangan jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu korxonalar tasarrufida bо‘lgan, sotib olin­gan mol-mulk tarki-biga kirmagan, turar joy bо‘lmagan dav­latga qarashli binolarni, inshootlarni, qurilishlarni ijaraga olish haqida uzoq muddatli (10 yilgacha) shartnomalar tuzish huquqi beriladi. Ijara shartlarini ilgari tuzilgan shartnomalarga nisbatan о‘zgarti-rishga (agar shartnomaning о‘zida boshqacha tartib belgilangan bо‘lmasa) faqat taraflarning kelishuviga muvofiq yо‘l qо‘yiladi. Xususiylashtirilgan savdo va xizmat kо‘rsatish sohasi obyektla-rining mulkdorlari shu korxonalar egallab turgan yer uchastkalarini mulk qilib sotib olish huquqiga egadirlar;

  • korxonalar va tashkilotlarning, shu jumladan, tugatilayotgan va tugatilgan korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki Respublika kо‘chmas mulk birjasi va uning filiallarida auksion savdoda Davlat mulk qо‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq sotiladi;

  • davlatga qarashli ishlab turgan korxona tashkilotlarning mol-mulki (aktivlari) faqat Davlat mulk qо‘mitasi ruxsati bilan va belgilangan tartibda sotiladi.

Respublikada mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish asta-sekin, biridan ikkinchisiga о‘tiladigan uch bosqichda amalga oshiriladi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bora-sida ijara korxonalari, kichik, xususiy korxona­lar, aksiyadorlik jamiyatlari, qо‘shma korxonalar, fermer xо‘jaliklari, kooperativlar va dehqon xо‘jaliklari kabi tashkiliy-huquqiy shakllari tashkil topdi.
Erishilgan natijalar bilan birga, jiddiy yondashish va tez hal etishni talab qiladigan bir qancha muammolar ham mavjud:

  • birinchidan, xususiylashtirishni amalga oshirishning past sur’atlari uning samaradorligini kamaytirmoqda. Jahon amaliyoti islohotlar bir vaqtda va muntazam amalga oshirilganida ijobiy samara berishini kо‘rsatmoqda. Xususiylashtirish sustlashsa, odamlarning mos ravishda fikr yuritish jarayoni sekinlashadi, iqtisodiy xulq-atvorning eski stereotiplari uzoqroq saqlanib turadi;

  • ikkinchidan, bir tarmoq. (yoki soha)da xususiylashtirish amalga oshirilib, u bilan bog‘liq bо‘lgan boshqa sohada davlat mulki yoki uning monopoliyasi saqlanib qolishi xususiylashtirilgan korxonalarning manfaatlarini kamsitadi. Bu hol, eng avvalo, turli tarmoqlardagi narxlarning pariteti buzilishida namoyon bо‘ladi. Masalan, agrar sektorda nisbatan tez amalga oshirilgan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish qishloq xо‘jaligi manfaatlariga zarar keltiradi. Chunki, qishloq xо‘jaligiga texnika, о‘g‘itlar, elektr energiyasi, yoqilg‘i yetkazib beruvchi korxonalar ancha kech xususiylashtirildi va ular monopolistlar (yoki oligopolistlar) mavqeini saqlab qolib, о‘z mahsulotlari narxini oshirdilar. Buning natijasida agrar sektor katta-katta iqtisodiy qiyinchilik-larga duch keldi;

  • uchinchidan, xususiylashtirishning pulli bо‘lishi xususiylash-tirilayotgan obyektlar bozoriga munosib baholanishini taqozo etadi. Biroq mol-mulkni baholashning ilmiy usullari va islohotlarning dastlabki bosqichida tegishli mutaxassislarning bо‘lmaganligi kо‘pdan-kо‘p tartibbuzarliklarni keltirib chiqaradi. Buning natijasida, mulk tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni istagan va shug‘ullana oladigan odamlar qо‘liga emas, balki tasodifiy odamlar qо‘liga о‘tib qoladi.

Umuman olganda, keltirilgan muammollar murakkab bо‘lishiga qaramasdan, О‘zbekistonda mulkdorlar sinfini shakllantirish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay vaziyat vujudga keldi. Hozirgi vaqtda jamiyatimiz tarkibida real mulkka ega bо‘lgan, uni qadrlayotgan va ularni о‘z moddiy farovonliklari uchun asos qilib olayotgan kishilarning katta guruhi shakllandi. Ushbu ijtimoiy qatlamni yanada mustahkamlash davlatning iqtisodiy qudrati oshishiga, uning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlanishiga, demokratik qadriyatlar qaror topishiga olib keladi.

1.5. О‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish


Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish