2.2. Tijorat tadbirkorligi
Tovar birjalari. Tijorat tadbirkorligi faoliyati tovar birjalari yoki savdo tashkilotlari bilan bog‘liq.
Tovar birjasi – tovar namunalari haridor tomonidan oldindan kо‘zdan kechirilmagan va tovarlarni minimal partiyasi belgilangan ulgurji tovar bozorining turi. Tovar birjasida о‘zaro kelishilgan va rioya qilingan qoidalar asosida savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat vositalari va ularning xizmatchilari о‘z xohishlari bilan birlashadi. Ushbu birjaning maqsadi erkin raqobatning boshqarish mexanizmini tashkil qilish va shu orqali talab va taklifni hisobga olgan holda haqiqiy bozor narxlarini aniqlashdir. Tovar birjasi standartlar bо‘yicha sotiladigan tovarlar (don, kо‘mir, metall, neft, yog‘och)-ning doimo faoliyat kо‘rsatuvchi ulgurji savdo bozoridir. Shunga о‘xshash birjalar barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. Misol sifatida London (rangli metall), Liverpul (paxta), Singapur (kauchuk) va boshqa tovar birjalarini kо‘rsatish mumkin.
Tovar birjalarida tovar egalari bilan oddiy savdo qilishdan tashqari fyucher bitimlari ham tuziladi. Bu bitim bо‘yicha kon-traktda kо‘rsatilgan tovar uchun tо‘lovni ma’lum vaqtdan keyin amalga oshirish mumkin.
Tovar birjalari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
- savdo bitimlarni tuzishga vositachilik xizmati kо‘rsatadi;
- tovar savdosini tartibga soladi, savdo jarayonlarini boshqaradi va savdo mojarolarini hal qiladi;
- narxlar tо‘g‘risida, shuningdek ishlab chiqarish va narxlarga ta’-sir qiluvchi turli omillar haqida axborotlar yig‘adi va e’lon qiladi.
Tovar birjalari aylanmasining aksariyat qismi bor tovarlar (kassa bitimlari) bilan emas, balki kelajakdaagi tovar yoki tovar yetkazib berish bitimi asosida (vaqtli bitim) amalga oshiriladi. Tovar birjalari ochiq yoki yopiq shaklda bо‘ladi. Yopiq birjalardagi savdoda faqat brokerlar – sotuvchi va haridor о‘rtasidagi vositachilar ishtirok etadi. Ochiq birja-larda esa xohlagan kishi ishtirok etishi mumkin. Tovar birjalari birja operatsiyalari mazmuniga kо‘ra real tovar birjalari va fyuchers tovar birjalariga bо‘linadi.
Respublika tovar-xom ashyo birjasi 1994 yili ochiq hissadorlik jamiyati shaklida tashkil etildi. U sanoat, qishloq xо‘jaligi, oziq-ovqat tovarlari va xom ashyo mahsulotlarini erkin ulgurji savdosini uyushtiradi. Birja savdolarida brokerlar orqali harid qilingan mahsulotlar respublikadan tashqariga litsenziyasiz va bojxona tо‘lovisiz chiqariladi. Tovar-xom ashyo birjasining bо‘linmalari barcha viloyatlarda va Qoraqalpog‘is-ton Respublikasida tashkil etilgan.
Tovar-xom ashyo birjasi chet el davlatlari (Angliya, Polsha, Turkiya) hamda MDH mamlakatlari(Rossiya, Tojikiston, Turkma-niston)ning tovar xom ashyo birjalari bilan, Kiyev, Belarus uni-versal birjalari bilan birjalararo aloqalarni yо‘lga qо‘ygan.
«О‘zulgurjibirjasavdo» respublika tovar resurslari bozo-rini shakllantirishda zarur infratarkibni yaratish maqsadida 1994 yili О‘zbekiston shartnomalar va savdo bо‘yicha davlat aksiyadorlik uyushmasi negizida tashkil etilgan. Ilgari xalq xо‘jaligi ta’minotiga respublika moddiy-texnika ta’minoti idorasi rahbarlik qilgan. О‘zbekistonda о‘tkazilayotgan chuqur iqtisodiy islohotlar moddiy-texnika ta’minoti tizimini ham tubdan о‘zgartirdi. «О‘zulgurjibirjasavdo» xо‘jalik mexanizmini rejaviy moddiy-texnika ta’minoti tizimidan erkin xо‘jalik aloqalariga о‘tishini, davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berishni, ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzish yо‘li orqali amalga oshirishni ta’minlaydi. Moddiy-texnika ta’minoti va sotish bozor usullari bо‘yicha oldi-sotdi, ulgurji savdo, yarmarka, birja va kim oshdi savdolari yо‘li bilan amalga oshiriladi.
Yetkazib beruvchilar va iste’molchilar о‘rtasida tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri о‘zaro manfaatli aloqalar moddiy-texnika ta’minotining yetakchi shakli bо‘lib qoldi. «О‘zulgurjibirjasavdo» uyushmasi respublikada ishlab chiqarish vositalari bozorini vujudga keltirishga, tovar resurslarini oldi-sotdisini uyushtirishga, korxonalar, muassasalar va tadbirkorlarga xizmat kо‘rsatishni kengaytirish hamda rivojlantirishga kо‘maklashadi.
Uyushma tarkibida 13 ta respublika aksiyadorlik ulgurji vositachilik firmasi, «Sanoatanjomkartonsavdo» aksiyadorlik ishlab chiqarish savdo birlashmasi, respublika viloyatlari va Qoraqalpog‘istondagi 14 ta hududiy tijorat-vositachilik aksiya-dorlik kompaniyalari, aksiyadorlik transport ekspeditsiya agentligi, aksiyadorlik tovar xom ashyo birjasi, «Trastbank» aksiyadorlik birja banki, doimiy ishlaydigan yarmarka va kim oshdi bozorlari direksiyasi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |