3-chizma. Savdo firmasida marketing faoliyatining model-dasturi
Agar bozorning dastlabki tahlili va bashorati tijorat bitimini tuzish foydasiga hal bо‘layotgan bо‘lsa, tijoratchi shu bitim aks etilgan biznes-rejani va bо‘lajak xarajat va kutilayotgan natijalarni ishlab chiqishi lozim.
Har bir tijorat bitimi umumiy holatda quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
- savdo-vositachi xizmatlarni bajarish uchun ishchilarni yollash (tovarni sotib olish, tashish, sotish, reklama ishini olib borish, kerakli xizmatlarni rasmiylashtirish);
- tovarni caqlash va sotish uchun kerak bо‘lgan omborxona, baza, savdo dо‘konlarini sotib olish yoki ijaraga olish;
- tovarni keyinchalik sotish uchun sotib olish;
- amalga oshiriladigan ishni moliyalashtirish uchun pul mab-lag‘larini kreditga olish va keyinchalik kredit va uning foizini qaytarish;
- vositachilik faoliyati kо‘rsatayotgan boshqa tashkilot yoki shaxslar-ning xizmatlaridan foydalanish va ularga pul tо‘lash;
- bitimda kо‘rsatilgan ishni rejalashtirish, rasmiylash-tirish va tartiblashtirish uchun kerak bо‘lgan axborotni tо‘plash yoki sotib olish;
- tovarni haridorga sotish;
- bitimni rasmiylashtirish, barcha soliq va tо‘lovlarni tо‘lash.
Tijorat bitimining barcha muhim tadbirlari bir-biri bilan muddat jihatdan bog‘liqdir. Yakunida biznes-reja va harakat-larning yiriklashtirilgan muvofiqlashtiruvchi rejasi ishlab chiqiladi. Agar bitim yirik bо‘lib, kо‘p muddatga chо‘zilsa, ishni bajarish reja jadvalini tuzish tavsiya etiladi.
2.3. Moliyaviy tadbirkorlik
Tijorat banklari va fond birjalari moliyaviy tadbirkorlik uchun faoliyat kо‘rsatuvchi maqom bо‘lib xizmat qiladi. Ushbu bozor institutlarining mohiyati nimada?
Tijorat banki – aksiyador turdagi moliyaviy-kredit muassasasi bо‘lib, asosan pul omonatlarini (depozitlarni) qabul qiluvchi va mijoz kо‘rsatmasi bilan boshqa hisob-kitob operatsiya-larni amalga oshiruvchi tijorat tashkilotlariga pulli xizmat kо‘rsatadi. Tijorat banklarining daromad manbai depozit (jalb etilgan) va ssuda mablag‘lari о‘rtasidagi farqlardan shakllanadi.
Tijorat banklari operatsiyalari passiv (mablag‘larni jalb etish), aktiv (mablag‘larni joylashtirish), komission-vositachi (komission tо‘lovlari bо‘lgan mijozlarning topshiriqlarini bajarish) kabi uch guruhga bо‘linadi.
Tijorat banklari mablag‘larni katta muddatga olib, kichik muddatga qarzga beradi. Bu banklar kreditorlarga oldindan belgilangan foizlarni tо‘lash bilan bog‘liq tijorat tavakkaliga mubtalo bо‘ladi. Shu sababli bank berilgan qarzlari turli sabablarga kо‘ra о‘z vaqtida qaytmasligini hisobga olib, ma’lum pul zaxirasiga ega bо‘lishi kerak.
1996 yil 25 aprelda qabul qilingan О‘zbekistan Respub-likasining «Banklar va bank faoliyati tо‘g‘risida»gi qonunida tijorat banklari faoliyatining barcha huquqiy asoslari aniq belgilab berilgan. 1996 yilning birinchi choragida tijorat bank-lari vakillik hisob raqamlarini Markaziy bank hisob-kitoblar markaziga о‘tkazish tо‘liq tugallandi va kliring markazlari tugatildi. Bu hudud ichidagi banklar о‘rtasida operatsiyalarning sanoqli soatlarda о‘tkazilishiga imkon beradi.
Hozirgi kunda О‘zbekiston Respublikasida bir qancha tijorat aksionerlik banklari faoliyat kо‘rsatmoqda. Tijorat banklari milliy iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlari, korxona va tashkilotlari, xо‘jalik va tadbirkorlik subyektlarini kredit-lash, moliyalash va ularga hisob-kitob xizmati kо‘rsatishni amalga oshiradi. Banklar faoliyati tо‘la mustaqildir. О‘z resurslari yetmay qolganda ular boshqa banklardan yoki Markaziy bankdan kredit olishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |