–rasm. Banklarning vakillik hisobvaraqalarini yuritish bo’yicha turlari6
“Nostro”lotincha “Nostra”so’z bo’lib, “bizniki” degan ma’noni anglatadi. “Nostro” vakillik hisobraqamlari bankning boshqa banklarda ochgan vakillik hisobvaraqalari bo’lib, hisobi yuritilishi bankning bosh ofisidan amalga oshiriladi va ular ushbu bankning aktivlaridan joy oladi.
“Vostro” lotincha “Vostra” so’z bo’lib, “sizniki” degan ma’noni anglatadi. “Vostro” yoki “Loro” vakillik hisobvaraqlari – boshqa banklarning bankda ochilgan vakillik hisobraqamlaridir. Ushbu hisobraqamlarda mavjud mablag’lardan hisob-kitob jarayonida foydalanish va ularni boshqarish vakillik hisobraqami egalarining buyrug’iga binoan amalga oshiriladi.
“Vostro” va “Loro” hisobraqamlari mazmun jihatidan bir xil. “Loro” hisobraqami italyancha “Loroconto”so’ziga asoslangan bo’lib,“ularninghisobraqami” degan ma’noni anglatadi. Bunda vakil banklar bank-respodentgavakillik hisobraqamini ochganligini anglatadi. Vakil banklar norezident bankigavakillik hisobraqamini ochganda hisobraqami “Vostro”deb nomlanadi. Demak, “Vostro” vakil hisobraqamlari chet davlatlarining banklari uchun ochiladigan vakil hisobraqamlar hisoblansa, “Loro” vakil hisobraqamlari mamlakat ichidagi milliy banklariga ochilgan vakil hisobraqamlaridir. Bankning “Vostro” va “Loro” vakil hisobraqamlaridagi mavjud pullar uning passivi hisoblanadi.
2.Banklarda vakillik munosabatlarining iqtisodiy zaruriyati
Vakillik munosabatlari, vakillik hisobraqamlari bilan hisob-kitoblarning iqtisodiy ahamiyati ko’proq xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayonida namoyon bo’ladi. Nega deganda ichki tijorat banklararo olib boriladigan hisob- kitoblarni Markaziy bank HKMda amalga oshirishning qulayligi sababli rezident tijorat banklari o’zaro vakillik munosabatlaridan unchalik manfaatdor emaslar. Xalqaro hisob-kitoblarni Markaziy bank bilan chet davlatlari Markaziy (Milliy) banklari o’rtasida vakillik shartnomalarini yo’lga qo’ygan holda ham amalga oshirish mumkin. Shuningdek, har qanday rezident tijorat banki norezident tijorat bank bilan to’g’ridan-to’g’ri vakillik munosabatlarini o’rnatish imkoniyatiga ega.
Xalqaro hisob-kitoblar, o’z ichiga tashqi bitimlar bilan bog’liq operatsiyalarni olgan holda, mahalliy vakolatli banklarda mijozlarining topshiriqlariga asosan amalga oshiriladi. Xalqaro hisob-kitoblar bankda hisob-kitoblarning shartnomalarga muvofiq tartibiga asosan, mahalliy va chet el tijorat banklari bilan shakllantirilgan vakillik munosabatlariga ko’ra olib boriladi.
Iqtisodiy faoliyat davomida aniq hisob-kitoblarga asoslangan prognozlarga asosan kutilayotgan o’sish ko’rsatkichlari, valyuta, qimmatli qog’ozlar, qimmatbaho toshlar va metallar, strategik ahamiyatga ega bo’lgan foydali qazilmalar (neft, gaz, ko’mir)ning narxlarini ko’ra bilish, iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy islohotlarning bozorga ta’siri natijasida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan tebranishlarning iqtisodiyotga ta’siri bilvosita bank sektorini ham chetlab o’tmaydi. Quyida bunga bir nechta aniq misollar bilan to’xtalib o’tamiz.
2018-yilning 23-martidan boshlab AQSh Xitoy davlatidan import qilinuvchi po’latga 25%, alyuminiyga 15% qo’shimcha import bojini kiritdi. Bunga javoban, Xitoy Xalq Respublikasi Boeing samolyotlariga import bojini 15 %, alyuminiy lomlari va cho’chqa go’shti mahsulotlari uchun 25% gacha oshirdi. Vaziyat shu tahlit davom etayotgan vaqtda AQSh Xitoyning “Bank of Dangong” bankiga va raisiga bir qator sanksiyalar qo’lladi. Bu sanksiyalarga sabab qilib, XXRning Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga qurol oldi-sotdisida ko’maklashganida aynan shu
bankdan foydalanilgani ko’rsatildi. Bu sanksiyalar tufayli bankning chet ellardagi ba’zi, AQShning o’zidagi barcha hisobidagi depozitlari muzlatildi va vakillik hisobraqamlari bir tomonlama bekor qilindi.
Shu yilning iyul oyidan boshlab, AQShning endi Eron Islom Respublikasi mahsulotlariga import boykot qilinishini targ’ib qilishi ma’lum bo’ldi. Eron ham bunga javoban AQShning barcha korporatsiyalariga sanksiyalar joriy etdi.
2017-yilda Turkiyaning “Halkbank”ining Amerikadagi aktivlari muzlatilib, bank rahbarining o’rinbosari Reza Zarrab AQShning Eronga nisbatan joriy etgan sanksiyalarini buzganlikda gumonlanib hibsga olingan edi.
Bu harakatlar so’nggida 10-avgustdan boshlab, AQSh Turkiyadan keltiriladigan po’latga 50 %, alyuminiyga 20 % import bojlarini o’rnatdi. Bu oldingi stavkalardan ikki barobarga oshirilganligini ko’rsatdi.
Xalqaro iqtisodiyotning bunday kutilmagan to’siqlarga uchrashi natijasida banklarga, ularning ortidan mijozlarga ma’lum ma’noda moliyaviy zararlar keltiradi.
Vakillik munosabatlarida shartnoma tuzilayotgan vaqtda tanlanadigan valyuta ham ahamiyatga ega. Nozerident vakillik munosabatlari dunyo zaxira valyutalarida, ko’pincha AQSh dollari orqali hisob-kitoblarni tashkil etadi. Shunday vaziyatda u yoki bu valyutada qo’yilgan vakillik hisobraqamlaridagi depozitlar inflatsiya tufayli yo’qotishlarga uchrashi ehtimoldan holi emas. Buni oldini olish maqsadida vakillik hisobraqamlaridagi mablag’larni diversifitaksiyalash maqsadida barqaror valyutalarda saqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, tezkor hisob-kitoblar jarayonida valyuta yoki qimmatli qog’ozlarni sotib olish yoki sotish uchun norezident banklardagi vakillik hisobraqamlaridan foydalanish juda qo’l keladi.
Endi esa ichki tijorat banklari o’rtasida vakillik munosabatlarining qay darajada shakllanganligi va uning iqtisodiyotga ta’sirini ko’rib chiqamiz.
Yuqorida banklararo hisob-kitoblar Markaziy bankdagi HKMda amalga oshirilishi ko’rib o’tdik. Hisob-kitob markazi bu – O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki buhgalteriya hisobi va hisob-kitoblar boshqarmasining bo’limi bo’lib, uning funksiyasiga banklarning vakillik hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatish va banklararo hisob-kitoblarniing uzluksizligini ta’minlash kiradi.
Hisob-kitob markazi elektron to’lov tizimiga ulangan tijorat banklari bilan belgilangan vaqt davomida alohida tarmoq orqali axborot almashish tartibida ish olib boradi. Elektron to’lov tizimi bo’yicha ish kuni boshlanishidan banklarning ichki va tashqi vakillik hisobvaraqlarining qoldiqlari va oborotlari qiymatining mosligi tahlil qilingandan so’ng banklarga tizimda ishlashga ruxsat etiladi. Fayllarni qabul qilish, qayta ishlash va nazorat qilish, jo’natish avtomatik rejimda seanslar bo’yicha amalga oshiriladi.
Banklardan kelgan har bir elektron fayl bir daqiqa interval bilan qayta ishlab turiladi. Kelgan har bir fayl ichki nazoratdan o’tkaziladi. Tekshiruvdan muvaffaqqiyatli o’tgan fayl hisob-kitoblar markazida qayta ishlashga ruxsat etiladi. Kelib tushgan to’lov turiga qarab HKMda buhgalteriya provodkalari amalga oshiriladi. Lekin tekshiruv jarayonida biron bir xato chiqsa ham fayl to’lig’icha bankka qaytariladi.
Banklarda vakillik munosabatlari amalga oshirilar ekan, mijozlar tomonidan bankning vakil banklari bilan ham bank xizmatlaridan foydalanishlari imkoniyati yaratiladi. Aksariyat hollarda jismoniy shaxslar kredit olish jarayonlarida o’z banklaridan rad javobi olganlarida, boshqa tijorat bankiga murojaat qilish orqali masalani hal qilish imkoniyatiga egalar. Lekin yuridik shaxslar o’z banklaridan kredit bo’yicha rad javobini olganlarida ko’pincha asosiy talab qilib olinguncha hisobraqamlarini boshqa tijorat bankiga o’tkazishga qaror qilishlarini kuzatish mumkin. Bunday vaziyatda agarda kredit olmoqchi bo’lgan mijozning kredit olishga rag’bati bo’lgan holatda, lekin bankining moliyaviy resurslari bunga javob bermay qolgan taqdirda, bank vakil banklardan resurs jalb qilgan holda masalani ijobiy hal qilshi mumkin bo’ladi.
Vakillik hisobraqamlaridan foydalanish jarayonida har bir bank vakil banki bilan kelishgan holatda komission haqni belgilab oladilar. Bunda har bir pul o’tkazmalaridan ma’lum miqdorda haq olishga kelishib oladilar. Bu me’yor albatta vakillik shartnomasida belgilab qo’yiladi. Amaliyotni yakunlovchi bank sifatida benifitsiar deb nomlanishida xalqaro amaliyotda BEN deb yuritiladi. Vakil bankka xizmat ko’rsatish jarayonida bankning oladigan komissiyasi OUR deb nomlanadi.
Umumiy olinadiga komission haq esa ShA deb ataladi. Hisob-kitoblar jarayonida o’zaro hisobraqamlarda ma’lum miqdorda limit doirasida mablag’lar qolishiga kelishib olinadi. Yuqori hisob-kitob aylanmalariga ega bo’lgan banklar o’zaro kelishuv orqali mablag’lar etishmagan holatda overdraft shaklida hisobraqamlardan foydalanishga ruxsat etadilar. Bunda overdraftning shartiga ko’ra sarflangan manfiy mablag’ga nisbatan foiz to’lovi amalga oshiriladi.
Banklararo hisob-kitoblarning kengayishi ham umumiy bank aktivlarining yig’ilgan holatda o’zaro ayriboshlash va moliyalashtirish asnosida samarali bitimlarga erishish ham vakillik munosabatlarini rivojlanishiga turtki bo’ladi. Qisqa muddatda kreditlash evaziga yuqori daromad olishi kutilayotgan bitimning amalga oshirilishi bankning an’anaviy xizmatlaridan birmuncha farqli ravishda bilvosita hamkor banklar ishtirokida amalga oshirilishi ortidan, o’zaro aloqalar mustahkamlanadi, mijozlarning bankka jalb etadigan mablag’lari ortadi, hamda vaqtinchalik bo’sh turgan mablag’larning uzluksiz harakatlanishi evaziga qo’shimcha bank resurslari kelishini ta’minlashga imkon yaratiladi. Banklarda mijozlarning xorijiy bitimlarida ishtirok etishlarida ham ishtirok etishlari ortidan banklararo hisob-kitoblarning har bir bank uchun ishonchlilik darajasidan kelib chiqqan holda alohida bitimlarning tuzilishi, vakillik munosabatlarini shartnoma asosida yuritilishiga zamin yaratadi. Hozirgi kunda banklarning valyuta operatsiyalarida valyutalar kurslarini nafaqat Markaziy bank belgilagan kurs bo’yicha, unga qo’shimcha ravishda o’z bankida hukm surayotgan valyutaga bo’lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda o’rnatishlari, mijozlar va norezident banklar uchun keng tanlov imkoniyatini taqdim etmoqda. Eksport-import ko’lamining qay darajada yo’lga qo’yilganligi bilan ham banklarning vakillik munosabatlariga bo’lgan ehtiyojini keltirib chiqaradi.