Ўзбкистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


 Jahon moliyaviy–iqtisodiy Inqirozi sharoitida O‘zbekistondagi



Download 316,39 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana01.02.2022
Hajmi316,39 Kb.
#423607
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
4-mavzu

4.6 Jahon moliyaviy–iqtisodiy Inqirozi sharoitida O‘zbekistondagi 
to‘lov balansi holati tahlili. 
U yoki bu davlatning eksport hajmi o‘sha davlatda ishlab chiqariladigan 
tovarlarning chet elga etkazib berish qobiliyati, ya’ni eksportni taklif qilishga, 
shuningdek, chet elliklarning shu tovarni sotib olishga bo‘lgan ishtiyoqi, eksportga 
bo‘lgan talabiga bog‘liq. 
Qishloq xo‘jaligining dastlabki mahsulotlaridek eksport moddalari haqida gap 
ketganda har qanday davlat, odatda, jahon bozorida aniqlanadigan, belgilanadigan 
narx bo‘yicha tovarlarni etkazib berish imkoniyatiga ega bo‘lgan hajmdagi 
tovarlarni sotishi mumkin. Bu, birinchi navbatda, qurilgan kichkina davlat 
gipotezasiga to‘g‘ri keladi. Bu holda eksport hajmini davlat ichida shunday xabarlar 
taklifini aniqlovchi ishlar asosida prognozlashtirish kerak. Umuman, olganda tahlilni 
2 bosqichga bo‘lish mumkin: 
1. Davlat ichida ishlab chiqarishni aniqlovchi omillar tahlili; 


2. Ishlab chiqarishning umumiy hajmi eksportga ketishini aniqlash. Ikkala 
bosqichda ham asosiy rolni narx stimullari o‘ynaydi. Ishlab chiqarishga ta’sir 
etuvchi narxlar stimuli, ushbu holatda ichki vakolatdagi mahsulotlar narxi va ishlab 
chiqarishda ko‘rilgan zarar nisbati hisoblanadi Ishlab chiqarish umumiy hajmining 
qanday qismi eksportga ketishi ichki narx va o‘sha tovarning chet elda sotilishi 
mumkin bo‘lgan narxi orasidagi nisbat bilan aniqlanadi. 
Eksport taklifining empirik formulasi quyidagi soddalashtirilgan tenglamaga 
asoslangan bo‘lishi mumkin; 
𝑋
𝑃
𝑋
= 𝑓 [
𝑃
𝑋
𝑃
𝑌
, 𝑌
𝑝 
, 𝐺𝐴𝑃 ]
+ + - 
Bu yerda: 
X – eksportning milliy valyutadagi qiymati; 
Rx – eksportning milliy valyutadagi narxi; 
Py – milliy valyutadagi ichki narxlar; 
Yp – eksport sektorining ishlab chiqarish quvvati; 
GAP - qondirilgan ichki talab. 
Nisbiy narxning o‘zgarish almashish kurslari, eksport soliqlari yoki 
subsidiyalar va ichki zararlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Almashish kursining 
pasayishi eksport narxining milliy valyutadagi qiymatlari o‘sishiga olib keladi va 
buning natijasida mahsulotni davlat ichkarisida sotilgan qiymatga nisbatan eksport 
foydaliligi o‘sadi. SHuningdek, eksport subsidiyalari ham ayni ta’sirini ko‘rsatadi. 
Eksport sektorining mavjud ishlab chiqarish quvvati eksport hajmining 
o‘sishini cheklashi mumkin. Amaliyotda ushbu vaziyatni empirik baholash 
mashg‘ul. Agar eksport mahsuloti shuningdek, ichki bozorda ham sotilsa, unda 
eksport hajmiga ushbu davlatdagi talabning ortiqchaligi ta’sir qilishi mumkin. Ishlab 
chiqarish quvvatining mavjud darajali davrida talab ortiqchaligining pasayishi ishlab 
chiqaruvchilar uchun ishlab chiqarish rentabelligini ushlab turishda eksportga 
ketadigan mahsulot sotilishining o‘stirishiga imkon yaratdi. 
Eksportning ba’zi kategoriyalari uchun eksport hajmini talab omillari asosida 
prognozlashtirish maqsadga muvofiqdir. Bu holda u yoki bu davlatning eksport 
mahsulotiga bo‘lgan talabiga o‘sha davlatning yirik savdo hamkorlari hisoblanuvchi 
davlatlardagi daromad darajasi, shuningdek ushbu davlat eksportining narxi va 
eksport bozorlariga davlat eksportining narxi o‘rtasidagi nisbat va ular to‘g‘risidagi 
omildan foydalaniladi. Eksportga bo‘lgan talab funksiyasini quyidagicha yozish 
mumkin: 
Bu yerda: 
X – eksportning milliy valyutadagi narxi; 
WD – milliy valyutada ifodalangan jahon talabi


Rx – eksportning milliy valyutadagi narxi; 
Pw – milliy valyutadagi jahon narxlari; 
Pn – milliy valyutada ifodalangan eksport raqobatlari va import o‘rnini 
bosuvchi talablar narxi. 
Yuqorida keltirilgan tenglamada shu narsa ko‘rinib turibdiki, eksportga 
bo‘lgan talab qisman o‘sha davlat mahsulotiga bo‘lgan jahon talabi bilan aniqlanadi. 
Shuningdek, bu o‘sha davlat eksport mahsulotining qay darajada sotilishi va o‘sha 
bozordagi raqobatchilarning eksport narxining o‘rtacha tortilganligi o‘rtasidagi 
nisbatga ham bog‘liq. Bu o‘rtacha tortilgan narx, shuningdek, hamkor davlatlarda 
import o‘rnini bosuvchi tovarning ichki narxlarini ham o‘z ichiga olinishi kerak. 
Talab va nisbiy narxlarning o‘zgarishi to‘g‘risidagi modelni tuzish uchun ma’lum 
usullar yordamida savdo bo‘yicha hamkor davlatlarda daromadlar va narxlar 
to‘g‘risidagi ma’lumot kerak bo‘ladi. 

Download 316,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish