10.5. Makroiqtisodiy prognozlash modellari
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy prognozlarni tuzishda iqtisodiy – matematik
modellar keng qo‘llaniladi. Bularga bir va ko‘p omilli iqtisodiy o‘sish modellari,
MD ni taqsimlash modellari, tarkibiy tarmoq va asosiy fondlarni qayta tiklash
modellari, investitsion oqim xarajati modeli, turmush darajasi va iste’mol tarkibi
modellari, kengayib borayotgan eko siyosat modeli, ish xaqi va daromadlarni
taqsimlash modellari kiradi.
Xalq xo‘jaligi balansini prognozlashlashtirishni mukammalashtirishning
muxim yo‘nalishi iqtisodiy o‘sishning asosiy parametrlarini prognozlashtirishni
verifikatsion- statistik yondashish dinamik vaqt qatori ma’lumotlaridan maksimal
foydalanishga asoslangan xolda ularning xaqiqiy iqtisodiy jarayonlar bilan mosligini
va baxolanayotgan sharoitlar ma’nosini tekshirishni ko‘zda tutadi. Iqtisodiy
prognozlashtirish makroiqtisodiy modellar tizimida bu usuldan foydalanish xalq
xo‘jaligining balanslashtirilganligi, tarkibiy va omilli jixatlarini o‘rganish va
ularning optimallik prinsipi asosida sintezlash bilan bogliq.
Xalq xo‘jaligi balanslashtirilgan omili jixatidan mahsulotni chiqaruvchi ob’ekt
xamda ishlab chiqarish omillari xarajatlari (asosiy fondlar va mexnat
resurslari)orasidagi bogliqliqqa asoslanadi. U ishlab chiqarish omillari orasida
ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlab turuvchi proporsiyani
aniqlashga borib taqaladi.
Balanslashtirilganlik (vaqt oraligi) jihati ishlab chiqarish omillari sarflarini
vaqt bo‘yicha taqsimlash va ular o‘zaro bog‘liqligida erishiladigan samaraga
asoslanadi. Asosiy vaqt oralig‘i xususiyatlari asosiy fondlarni qayta tiklash bilan
bog‘liq. Vaqt oraligida balanslashishga erishish uslubi xarajatlar va ular keltiradigan
samaraning kechikib kelishini xisobga oladigan tenglamalardan foydalanishga
asoslangan xamda asosiy fondlarni, takror ishlab chiqarish jarayonini aniqlovchi
vaqt oralig‘iga bog‘liq ko‘rsatkichlarning o‘sish suratini xisobga olish bilan bog‘liq.
Ushbu usul asosiy fondlarning qayta ishlab chiqarish jarayonini, vaqt oralig‘i
xususiyatlarini ifodalovchi, narx indekslarini, kapital quyilmalar va asosiy
fondlarning tushish va chiqib ketish manbalari va miqdorini xisoblash va kechikish
usullari bilan farqlanuvchi modellar guruxini tuzish imkonini beradi.
Balanslashtirilganlikning tarkibiy jihatidan ijtimoiy qayta ishlab chiqarishni
birinchi va ikkinchi bo‘limlari orasidagi proporsiyalar xamda tarmoqlararo tarkibiy
modellar ishlab chiqarish fondlari, ishlab chiqarish qo‘yilmalari va mexnat
resurslarining tarmoq strukturasini prognozlash tizmidan keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |