MAVZU-10. MAKROIQTISODIY PROGNOZLASH MODELLARI
10.1. Iqtisodiy ijtimoiy prognozlash masalalarining mohiyati.
Ijtimoiy va iqtisodiy prognozlashda turli modellardan keng foydalaniladi.
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob’ektlarni matematik modellar yordamida
kuzatish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi. «Model» so‘zi lotincha
modulus so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi.
Iqtisodiy model-iqtisodiy ob’ektlarning soddalashtirilgan nuxasidir. Bunda
modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan ob’ektga aynan mos kelishi
muhim axamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o‘rganilayotgan ob’ektning
hamma tomonini aks ettirish mumkin emas. SHunda jarayonning eng xarakterli va
eng muxim belgilari aks ettiriladi.
Model iqtisodiy prognozlashni, o‘rganilayotgan jarayonni ilmiy anglashning
muxim vositasi bo‘lib xisoblanadi. Modellashtirish jarayoni, ob’ektni yoki jarayonni
boshlang‘ich o‘rganish, uning amalga oshadigan xususiyatlari va belgilarini ajratish,
modelning nazariy va tajribaviy taxlili, modellashtirish natijalarini ob’ekt xaqidagi
xaqiqiy ma’lumotlar bilan solishtirish, modelni korretirovkalash xamda
oydinlashtirish kabilar asosida model qo‘rishni tashkil etadi. Iqtisodiy-matematik
modellar va usullarning iqtisodiy tizimlarga tadbiq etuvchi tarmog‘i, murakkab
iqtisodiy tizimlarni boshqarish uslublarini nazariya, ya’ni umumkibernetik ishlab
chiqarish vositalari yordamida o‘rganadi. Bunday vositalarga, avvalo, ishlab
chiqarish jarayonlarini matematik modellashtirish va o‘zaro iqtisodiy aloqalarni
modellar yordamida tekshirish, murakkab tizimlarni oddiy tizimlarga keltirib tahlil
qilish, turli ob’ektlardagi o‘zaro bog‘lovchi axborot aloqalarini o‘rganish hamda
iqtisodiy tizimlarni rostlash uslublari kiradi. Kuzatilayotgan ob’ektlarni chuqur va
har tomonlama o‘rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro‘y beradigan
jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning uchun ob’ektlar hamda ularning
xossalari kuzatiladi va ular to‘g‘risida dastlabki tushunchalar xosil qilinib, turli xil
shakldagi modellar yaratiladi. Keng ma’noda model biror ob’ektni yoki ob’ektlar
sistemasini na’munasidir.
Modelning hayotiyligi uning modellashtiriladigan ob’ektga qanchalik mos
kelishiga bog‘liq. Bitta modelda ob’ektni hamma tomonini aks ettirish qiyin
bo‘lganligidan unda ob’ektning eng xarakterli va muhim belgilarigina aks ettiriladi.
SHuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, ortiqcha soddalashtirilgan model qo‘yilgan
talablarga yaxshi javob bera olmaydi, o‘ta murakkab model esa masalani echish
jarayonida qiyinchiliklar tug‘diradi.
Demak, modelning haqiqiyligi to‘plangan ma’lumotlar hajmiga, aniqlik
darajasiga, tadqiqotchining malakasiga va modellashtirish jarayoniga, aniqlanadigan
masalaning xarakteriga bog‘liq ekan.