variatsiyasi bo‘yicha tasniflashga mos keladi. Quyidagi uch xil iqtisodiy
Birinchi xil variatsiyani davrlar oralig‘i izchilligida, iqtisodiy ko‘satkichlar
fazasida ma’lum ob’ekt holatining o‘zgarishi sifatida tasavvur qilish mumkin.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlardan birinchi modellashtirayotgan vaqtda, makon tekislikka
Variatsiyaning ikkinchi turi vaqt oralig‘ida ma’lum vaziyatda belgilangan
nurli ob’ektlarga, ya’ni fazoda perpendikulyar vaqtdan qo‘llashga mos keladigan
nuqtalar joylashishiga o‘xshash bo‘ladi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri
Variatsiyaning uchinchi umumiy turi oldingi ikki shaxsiy turlarning
qo‘shilgan variatsiyasi bo‘lib, diskret tasodifiy jarayon sifatida talqin qilinishi
mumkin.
Ko‘rsatkich umumiy variatsiyalarining shakllanishini quyidagi ikki xil usul
bilan ifodalash mumkin:
- majmuaga kiradigai ob’ektlar ko‘rsatkichi vaqtli qatorlarning umumiyligi
sifatida;
- majmuaga kiradigan ob’ektlar ko‘rsatkichi taqsimot qatorlarining xarakati
sifatida.
Korxonalar ko‘rsatkichlarini iqtisodiy modellashtirish jarayonida, odatda,
dinamik qatorlar qisqa, ob’ektlar soni majmuida vaqtli qatorlar sonidan birmuncha
ortiq bo‘lganda tavsiflashning ikkinchi turi maqsadga muvofiq xisoblanadi.
Variatsiyaning yuqorida qayd etilgan turlariga muvofiq ravishda iqtisodiy
ko‘rsatkichlarning uchta statistik modellarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Xususiy dinamik model. Ayrim korxonalarning xususiy dinamik modeli
makonda iqtisodiy ko‘rsatkichlar ma’lum nuqtasi vaqtli harakatini makonda mazkur
ob’ektning ishlab chiqarish omillari bilan bog‘laydi. Bunday model ko‘pchilik
xollarda korxona ichki tahlili, normallashtirish va boshqarish uchun qo‘llaniladi.
Xususiy dinamik model. Xususiy dinamik model iqtisodiy ko‘rsatkichlari
xususiy fazoviy modeli korxonalar iqtisodiy ko‘rsatkichlarining fazodagi turli
holatini tushuntiradi. Odatda bu model korxonalar (sexlar) darajasi uchun
qo‘llaniladi hamda yanada yuqoriroq darajada (vazirlikda) analitik maqsadlar uchun
foylaniladi.
3. Umumiy dinamik model. Ob’ektlar majmui iqtisodiy ko‘rsatkichlar
nazariyasining umumiy dinamik modellari ixtiyoriy o‘zgaruvchan iqtisodiy
ko‘rsatkichlarga ishlab chiqarish omillarining ta’sirini baholaydi. Mazkur
modellardan o‘rganilayotgan ob’ektlar guruhini tahlil va prognoz qilish hamda
qarorlar qabul qilishda foydalaniladi.
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘rganishda uch xil masala mavjud. Bu
masalalarni echishda statistik modellashtirish usullarini muvaffaqiyatli qo‘llash
mumkin.
iqtisodiy jarayon tarkibini o‘rganish;
iqtisodiy hodisalar dinamikasini o‘rganish;
iqtisodiy hodisalar o‘rtasidagi aloqa va bog‘lanishlarni o‘rganish.
Iqtisodiy jarayonlar tarkibini o‘rganishda quyidagilarga e’tibor berish
kerak:
a) tarkibni baholash va ularning qismlarini o‘zaro taqqoslash;
b) bir xil turdagi turli tarkiblarni taqqoslash;
c) amaldagi tarkibni iormallashtirilgan tarkib bilan taksoslash va chetlanish
sabablarini aniqlash;
d) mazkur tarkibning eng muvofiq ekanligini baholash;
e) makon va vaqtning konkret sharoiti uchun eng qulay tarkibni
loyihalashtirish.
Hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishni ifoda etuvchi statistik modellarni tuzish
vaqtida korrelyasion va regression tahlil usuliga katta e’tibor beriladi. Mazkur
usullar turli statistik mezonlar yordamida o‘rganilayotgan ko‘rsatkichga har bir
omilning ta’sir darajasini aniqlash va baholash imkonini beradi. Agar tuzilgan model
real tizimni to‘g‘ri tavsiflasa, bu holda u bir tomondan modellashtirilayotgan ob’ekt
ko‘rsatkichlar miqdor xarakteristikasini, ular dinamikasining o‘zgarishini aniqlaydi,
ikkinchi tomondan, jarayonni maqsadga muvofiq boshqarish imkonini beradi. Agar
o‘rganilayotgan tizimning tavsiflanayotgan holatlar omili guruhidan boshqarish
omillari ajratilsa, shu omillarga faol tagsir etish jarayonini boshqarish va qo‘yilgan
maqsadga erishish bo‘yicha asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni modellashtirish masalasi faqat bog‘lanish
shakllarini va uning intensivligini aniqlash bilan chegaralanmay, balki mana shu
bog‘lanishlarni vujudga keltiradigan omillarning joylashishini ham taxmin qiladi.
Bu masalaning echilishi o‘lchab bo‘lmaydigan, ya’ni miqdoriy ifoda etib
bo‘lmaydigan hamda tarkib korrelyasion matritsalarni o‘rganishga qaratilgan
omillar ta’sirini baholash bilan bog‘liqdir. Bunda so‘z omillar tahlili, uning ko‘p
o‘lchovli statistik tahlil yo‘nalishlaridan biri ekanligi ustida bormoqda. Ma’lumki,
omillar tahlili tufayli umumiy kuzatilmaydigan omillarning mavjud alomatlari
o‘rtasidagi korrelyasion tushuntirish imkoni vujudga keladi.
Korrelyasion matritsalar tarkibini tahlil qilishda ikki usul, ya’ni K.Rirson
tomonidan ishlab chiqilgan bosh komponentalar usuli va Ch.Spirmen tadqiqotlarida
vujudga kelgan omillar taxlili usuli eng ko‘p tarqalgan usul hisoblanadi.
Korrelyasion usul yordamida quyidagi imkoniyatlar vujudga keladi:
a) alomatlar o‘rtasidagi bog‘lanishning analitik shakllarini topish;
b) bog‘lanish zichligini, ya’ni o‘rganilayotgan omillar variatsiyasi qay
darajada natijoli alomat variatsiyasi kelib chiqishiga ta’sir etishini aniqlash.
Korrelyasion tahlil usulini nazariy jihatdan qo‘llash sabablari quyidagilardir:
a) kuzatish natijalari tasodifiy qiymatlarga ega bo‘lib, normal taqsimot qonuni
bilan majmuadan tanlab olingan;
b) ayrim kuzatishlar stoxastik ravishda mustaqil bo‘lsa;
c) omilli alomat o‘zgarishida shartli dispersiyaning o‘zgarmasligi;
d) omilning ma’lum qiymatida natijali alomatni matematik qutilishiga
nisbatan parametrlar chiziqli funksiya ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin.
Korrelyasion tahlilni to‘g‘ri qo‘llashning muhim shartlaridan biri,
beriilayotgan majmuaning bir tekisligidir.
Korrelyasion taxlilning asosini o‘rtachalash usuli tashkil etib, o‘rtacha qiymat
faqat majmuaning bir jinsli doirasida ba’zi bir umumiy xususiyatlarni aks ettiradi.
O‘rganish ob’ekti sifatida majmuaning bir jinsliligi ishlab chiqarilayotgan mahsulot
xarakteri, qo‘llanilayotgan asbob-uskunalar turlari, texnologik jarayonning xarakteri
va boshqalar bilan izoxlanadi.
Har bir alomat bo‘yicha majmuaning bir jinsliligi variatsiyalar koeffitsienti
bo‘yicha baholanishi mumkin. Variatsiya koeffitsientlari qiymatini normal
taqsimlaganda, tengligi 33% bo‘lsa, alomatlarning bir jinsliligi yoki bir jinsli
emasligi o‘rtasidagi chegara hisoblaiadi.
Berilgan alomat ma’lumotlari bo‘yicha variatsiya koeffitsienti 33% dan
oshmasa, majmua bir jiisli bo‘ladi. Variatsiya koeffitsienti 33% dan oshib ketgan
hollarda, majmuaga korrelyasion tahlilni qo‘llash mumkin bo‘lgan bir jinsli
qismlarini ajratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: