Adabiyotlar ro‟yxati
1.
Nabiev M.N.‖Shifobaxsh nematlar‖ Toshkent-1990, 8-9-betlar.
2.
Hasanov O‘ ―Madaniy o‘simliklarning kelib chiqishi‖ T. 1986 y.110-112 b.
3.
Internet materiallari.
TERMIZ SHAROITIDA XONA O‟SIMLIKLARINI
PARVIRISHLASH USULLARI
D.J.Qoraboyeva - TerDU o‟qituvchisi
D.K.Boymuxammedova - TerDU talabasi
Xona o‘simliklari – hayotimizning go‘zal hamrohlari hisoblanishadi. Biz
ularni uyimizda, maktab, kasalxona, bolalar bog‘chalarida jamoat binolarida ko‘p
uchratamiz. Ular asosan gultuvaklarda o‘stiriladi. Xona o‘simliklari turli
maqsadlarda, shu jumladan xushmanzara va dorivor o‘simik sifatida ko‘proq
ekiladi. Lekin bular orasida mevasi uchun ekiladigan limon, apelsin kabi
o‘simliklar ham kam emas. Xona o‘simliklaridan ayniqsa aloe bilan kolanxoe
dorivor o‘simlik sifatida juda keng tarqalgan. Faqat bugina emas, xona o‘simliklari
havoni tozalaydi va xonaga chiroy baxsh etadi. Xona o‘simliklari tashqi tuzilishi,
ekologik guruhlari, qaysi sistematik guruhga mansubligi, ziynatliligi va hayotiy
shakllari jihatidan juda xilma-xil bo‘lib, ular orasida lianalar, daraxtlar, buta va
yarim butalardan tortib bir, ikki va ko‘p yillik o‘t o‘simliklarni ham uchratish
mumkin. Xona o‘simliklari poyasining balandligiga, barglari va generativ organlari
(guli va mevasiga) qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi. Xonadonlarimizga bahoriy
tarovat bag‘ishlab turadigan gullarni o‘stirish birmuncha qiyin ish. Ayniqsa,
alohida e‘tibor va parvarishni talab etadigan xona gullari injiq va go‘dakdek nozik
bo‘lganligi uchun ham, ularni o‘stirish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi.
Lekin ko‘pchiligimiz qishda ham yozda ham uyimizda yashnab turgan gullar
bo‘lishini juda hohlaymiz. Xona sharoitida gullarni o‘stirish qachon va qanday
boshlanganini aytish qiyin. Shunday bo‘lsada yashash joyi va uning atrofi har doim
bahordagidek ko‘m-ko‘k bo‘lishini istagan, qolaversa, hayotdan go‘zallik izlagan
kishilar niyatidan boshlangan deyish mumkin.
Ayrim manbalarda qayd etilishicha,
43
xalqimiz qadim zamonlardanoq xona o‘simliklarini bilishga va o‘stirishga harakat
qilganlar. Buxoro, Samarqand va Urganch kabi ko‘hna shaharlardagi yirik
binolarning ichki devorlarida Alisher Navoiyning ―Xamsa‖siga va Zahriddin
Muhammad Boburning asarlariga gultuvaklarda o‘simlik o‘sib turgandek qilib
chizilgan tasviriy o‘simliklarni ko‘rish mumkin.
Abu Rayhon Beruniyning ―Kitob As-Saydana fit-tib‖ asarida xonalarda
o‘sadigan ba‘zi o‘simliklarning dorivorlik xususiyati haqida ma‘lumotlar berilgan.
Yangi geografik maskanlarning ochilishi tabiat, o‘simlik dunyosini o‘rganish
ularning dunyo bo‘ylab keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Demak, savdo-sotiq bilan
shug‘ullangan xalq chet el safaridan qaytganda olib kelgan.Yer sharining barcha
hududlaridan keltirilgan turli manzarali gullar madaniylashtirilib, xonadonlarda
o‘stirilib parvarish qilina boshlangan. Bunday safarlar ayniqsa Buyuk ipak yo‘li
bo‘ylab keng amalga oshirilgan. Shuningdek ziyorat uchun Makkaga piyoda va
ulovda borib kelishda olib kelingan. Lekin xona o‘simliklarining aksariyat qismi
davlat tasarrufidagi Botanika bog‘lari orqali ommalashtirilgan. Yer sharining
barcha hududlaridan keltirilgan turli
manzarali gullar
madaniylashtirib
xonadonlarda o`stirilmoqda. Ular quydagilar aloe , amarilles, balzamin, begoniya,
geran, giatsint, gortenziya, drosena, kaktus, xitoy atirguli, xonaki limon, mirt,
oleandr, palma, pirmula, atirgul, tradeskansiya, binafsha gullar(fialka) , siklamen,
sinerariya, sperus, azaliya, asparagus, aspidistra, jasmin, ligustrum, monstera,
paporotnik, fatsiya, fikus va boshqalar shular jumlasidandir. Tabiat mo`jizasi
bo`lgan gullarning turlari va xillari juda ko`p. Xonadonlarda gul parvaish
qilmoqchi kishilar ularning qanday sharoitda o`sganligidan habordor bo`lishi
uchun ham uning qayerdan keltirilganligi-Vatanini bilish lozim . O`simlik haqidagi
ma`lumotlar bilimlar asosida esa ularning umumiy parvarishi to`g`ri yo`lga
qo`yilgan, kerak vaqtda kerakli miqdorda sug`oriladi, issiq- sovuqqa, chidamli-
chidamsiz ekaniga qarab ma`lum ajratilgan xonaga joylashtiriladi. Gulning
tabiatiga
muvofiq
keladigan
tuproqli
aralashmalar
tayorlanadi.
Xona
o‘simliklarining inson hayotidagi ahamiyati juda katta bo‘lib, ular mana ming
yillarki insoniyatga estetik zavq bag‘ishlab kelishmoqda. Bundan tashqari sanitar-
gigiyenik jihatdan ularning ahamiyati juda kattadir, chunki ular xona havosidan
changni o‘ziga yutadi, xonani karbonat angidriddan tozalaydi, havoni namlantirib
turadi, xonadagi haroratni bir xilda ushlab turushga xizmat qiladi, ko‘plab kasallik
tarqatuvchi patogen mikroorganizmlarni fitonsidlar ajratib chiqarishi tufayli
yo‘qotadi.
Xona o‘simliklarining juda ko‘pchiligi Osiyo, Afrika va Amerika
qit‘asida joylashgan tropik va subtropik mamlakatlardan olib kelingan. Bu
o‘simliklarning ko‘pchiligi o‘z vatanida ochiq havoda o‘sadi. Masalan, kaktuslar
fikuslar, palmalar va boshqalar. Yana bir muhim tomoni shundaki, vatanida daraxt
yoki yirik buta bo‘lib o‘sadigan o‘simliklar bizning sharoitda past bo‘yli buta
shaklida o‘sadi.Xonalarda o‘sadigan manzarali o‘simliklarning ko‘pchiligini ko‘p
yillik ildizpoyali, tugunakli va piyozboshli o‘simliklar tashkil etadi. Olib boriJgan
izlanishlar natijasida O‘zbekistonda tarqalgan o‘simliklarning 80 dan ortiq oila, 160
dan ziyod turkumga mansub 300 ga yaqin turlari borligi aniqlandi. Bular
O‘zbekistonda iqlim va tuproq sharoitiga qarab har xil tarqalgan. Toshkent,
Farg‘ona, Namangan va Surxondaryo viloyatlari turlarga boyligi jihatidan oldingi
44
o‘rinda turadi. Xonadonlarda tarqalishiga ko‘ra kaktuslar birinchi o‘rindadir.
Begoniya, sarsabil, qirqquloq, paporotnik, fikus, binafsha, aloe kabi turkumlarning
vakillari boshqalariga qaraganda nihoyatda keng tarqalgan. Xona o‘simliklari turli
yo‘llar bilan ko‘paytiriladi; begoniya, yorongul, fikus, kameliya, oleandr
qalamchalari, aloe, sansevera, tradeskansiya tupini bo‘lib, lola va liliyalar esa
piyozboshidan ko‘paytiriladi. Shuni ham aytish kerakki, xona o‘simliklarining
ko‘pchilik qismi urug‘idan ko‘paytiriladi. Xona o‘simliklarining yana bir muhim
xususiyati shundaki, ular misolida boshqa davlat va qit‘alarda qanday o‘simliklar
tarqalganligini bilib olish mumkin.Ziynatliligiga qarab xona o‘simliklarl bargi
ziynatli, osilib turuvchi (ampel), chirmashuvchi, shox-shabbasi va mevasi ziynatli
o‘simliklarga bo‘linadi. Xona o‘simliklarini ekishda, ularni ko‘paytirishda ehtiyot
bolishi lozim. Chunki, ular orasida zaharlilari (masalan, oleandr) ham bo‘lishi
mumkin.
Hozirgi vaqtga kelib xona o‘simliklari xonadonlarning ajralmas jonli
burchagiga aylangan, go‘zal bir san‘atga aylangan desak xato bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |