Фойдаланилган адабиѐтлар
1.Тошматов М. Сув ресурсларини тежовчи технология. Тупроқ
унумдорлигини оширишнинг илмий ва амалий асослари 2-қисм, Т, 2007,
2.Методи агрофизических исследований почв Средней Азии
Союзнихи, Т. 1973
BALIQCHILIK XO‟JALIKLARIDA MAHSULDORLIKNI OSHIRISH
G.Nurabullaeva, A.Kaliknazarova
ToshDAU Nukus filiali «Zootexniya va veterinariya» kafedrasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6- apreldagi PK-3657-sonli
«Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risidagi» qarorning ijrosini va baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish uchun
89
sharoitlar yaratishda, baliqchilikni jadallashtirishda qo‘shimcha imtiyozlardan
maqsadga muvofiq ravishda foydalanish ularning mahsuldorligi biologiyasi,
miqdor kñrsatkichini oshirish va ixtiofaunalar turlarini yaxshilash,
havzalarning ichki ekologik sistemasiga antropogen ta‘siri kuzatilmoqda [V.A.
Murin,1984]. Turli xil baliqlar ñzining voyaga yetishi bilan ketma – ket sodir
bo‘ladigan jinsiy yetilishi bir necha bosqichdan o‘tish va bu ma‘lumotlar
baliqlarni jinsiy mahsuldorlik ko‘rsatkichining yetilishi to‘g‘risida umumiy
tushuncha beradi [G.V.Nikol`skiy,1984]. Nisbatan keng ko‘lamda baliqlar
yoshining ulg‘ayishi va voyaga yetishi ayniqsa o‘simlikxo‘r baliqlarning jinsiy
yetilishining uzayishi harorat darajasi va baliqlarning bosqichma – bosqich
jinsiy yetilishiga bog‘liqdir [P.S.Vovka,1986]. Hozirgi zamon baliqchilik
darajasi sun‘iy takror ishlab chiqarishsiz amalga oshmaydi, miya ostidagi
o‘sishga ta‘sir etuvchi ichki sekretsiyasini ineksiya qilish usuli ishlab chiqildi
[N.L.Gerbil`skiy,2002]. Adabiyotlarda keltirilishicha, Xitoyda Tanalo metodi
bo‘yicha 40 m
2
dan 8-9 tonna baliq olingan. Bu 1 m
2
ga 250 kg.dan to‘g‘ri keladi.
Yaponiya metodi bo‘yicha karp baliqlarini sadoklarda yetishtirish Ruminiya, Xitoy,
Germaniya va boshqa davlatlarda amalga oshirilmoqda.
A.Borisovning [1984] ta‘kidlashicha, lichinkalarni boqishda zooplanktondan
foydalanish 1 kg vaznga ega bo‘lgan baliqlarni parvarishlashda 3-4 kg dafniya
sarflanishi aytiladi. Chovoqlarni parvarishlashda ichki sadoklarning setkalari 5 mm
li katakli bo‘lib, 3-4 metr chuqurlikda joylashtiriladi.
Baliqchilik xo‘jaliklarida havuzlar foydalanish turiga qarab F.T.Martishovning
[1964] keltirilgan ma‘lumotlariga ko‘ra quyidagicha turlarga farqlanadi. Urchitish
havuzlari. 0,2 ga chuqurligi 0,65-0,8 m dan 1,5 gacha bo‘lib tang suvi doimiy
yaxshilab turish imkoni bo‘lgan joyda barpo etiladi. Lichinkalari chovoqlargacha
ya‘ni ikradan chiqqan lichinkalarni 20-30 kungacha boqish havuzlari. Ularning
maydoni 0,25-1-1,5 ga gacha bo‘lib chuqurligi 0,5 metrdan 0,7 metrgacha bo‘ladi.
Bu havuzlar turli xil kushandalar [qushlar, ilonlar, yirik qurbaqalar, yirtqich
baliqlar] dan himoya qilish oson bo‘lgan joylarda barpo etiladi.
Zooplaktonlar ya‘ni suvda yashovchi mayda tirik mavjudotlar: dafniya,
siklonlar, mokina, qisqichbaqasimonlar va fitoplaktonlar suvda yashovchi tuban
suv
o`simliklar
haqida
ma‘lumotlar
berilgan.
V.M.Kozlov
va
E.S.Abromovichlarning [1991] yozishicha o‘txo‘r baliqlar oq amur balig‘i 2
yoshida 300-1000 gr.gacha oziqlanganda 10m
2
joydagi o‘simliklardan tozalashi
mumkin. B.G.Komilov [2003] bergan ma‘lumotlariga ko‘ra respublikamiz
sharoitida karpsimon baliqlar juda yaxshi o‘sishi va ulardan yaxshi, yaxshi
maxsulot olish mumkinligi xususida takidlashadi. Karp balig‘i respublikamiz tabiiy
suv omborlarida 2-3 yoshida tanasining uzunligi 30-35 sm va og‘irligi 2 kg. ga
etadi. Muallifning yozishicha karp O‘zbekiston sharoitida oq amur va do‘ng
peshona balig‘i bilan birga polikultura asosida yetishtirish yaxshi natija beradi.
O`zbekistonning turli zonalarida mavjud suv omborlarida bir qancha olimlar ilmiy
ishlar va kuzatuvlar olib borishgan. A.X.Xasanov [1983] Qo‘yimozor va To‘dako‘l
suv omborlarining asosan ovlanishi ahamiyatiga ega bo‘lgan baliqlar ustida ilmiy
izlanishlar olib borgan. Amu-Buxoro kanali ishga tushirilishi natijasida
Qo‘yimozor va To‘dako‘l suv omborlariga Amudaryodan 9 tur baliqlar:
90
kattaamudaryo kurak buruni, oq amur, qora amur, cho`rtansimon oqqayroq, orol
oqqayrog`i, qilich baliq, oq do‘ngpeshona va chinor do‘ng peshona kabi
baliqlarning o‘tganligi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |