29.1-rasm. Geytga simsiz ulanish tarmoq adapterini o‘rnatish.
Geytga dasturlash tilidan foydalangan xolda dastur yoziladi. Ushbu ishda JavaScript dasturlash tilida quyidagi kod yoziladi.
var port = 1234;
var socket;
var count = 0;
function setup(){
socket = new UDPSocket();
socket.onReceive = function(ip,port,data){
Serial.println("received from" + ip + ":" + port + ":\n\t" + data);
};
Serial.println(socket.begin(port));
}
function loop(){
delay (10000);
}
Dastur ishga tushirilgach, ko‘rishimiz mumkinki (4.5-rasm) avtomobil yaqinlashishi natijasida aqilli ko‘cha chirog‘ining M belgisi yashil ranga kirdi va chiroq yondi.
29.2-rasm.
Har bir talaba mustaqil ravishda ushbu amaliy mashg‘ulotni Cisco Packet tracer dasturi yordamida ishlab chiqadi. Qo‘shimcha ravishda ushbu loyixada Uglerod oksidi detektori (29.3-rasm) ni ham qo‘llaydi.
29.3-rasm. Uglerod oksidi detektori.
SHuningdek nazorat savollariga javob beradi.
Nazorat savollari
Aqlli shaharning xususiyatlari qanday?
Aqlli shahar loyixasida qanday datchiklar ishlatiladi?
Aqlli shahar loyichasida qanday aktuatorlar qo‘llaniladi?
30-amaliy mashg’ulot. Aqlli ishlab chiqarishni loyihalash.
Ishdan maqsad: Cisco Packet tracer dasturi yordamida aqlli ishlab chiqarish elementlaridan foydalanishni o‘rganish.
Ishning bajarilishi.
Aqilli ishlab chiqarish bu industriya soxasidagi navbattagi revolyusiyadir. Bunday ishlab chiqarish tizimlarida jarayon maksimal darajada inson ishtirokisiz, avtomatlashgan xolda amalg oshiriladi. Buning uchun ishlab chiqarish avbob-uskunalar o‘zaro xamokrlikda avtomatlashtirilgan xolda ishlaydilar.
Aqilli ishla chiqarish tizimi yoki aqilli industriya deyilganda ishlab chiqarish jarayonida internet buyumlarini qo‘llash asosida jarayonni avtomatlashtirish va masofadan IP tarmoq orqali boshqarish imkoniyatiga ega tizim tushuniladi.
Cisco packet tracer dasturida aqilli industriya loyixasini ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Buning uchun ushbu dasturda aqilli industriyada qo‘llaniluvchi ko‘plab elementlar mavjud.
Ushbu elementlarning vazifalari quyidagicha:
1-Xavo konditsioneri. Vazifasi: Registratsiya serveri bilan hamkorlikda ishlaydi. Xona xaroratini soatiga -10 ° C gacha pasaytira oladi. Nisbiy namlikni soatiga 2% gacha kamaytiradi.
Qo‘llanilishi: D0 raqamli portini termostatning D2 portiga ulanadi. Maxalliy boshqarish usuli: Ini ishga tushirish uchun D0 portiga DigitalWrite HIGH signal beriladi. O‘chirish uchun esa LOW signali beriladi.
Masofadan boshqarish usuli: bu qurilmani registratsiya serveriga Config vkladkasi orqali ulanadi.
Uzatiladigan ma’ulmot turi: Xabar formati: [xolat(status)], status: 0 = AC o‘chirilgan, 1 = AC ishga tushirilgan. Qo‘llanilish misoli: SHuningdek qurilmani komutatorga ham qo‘lda masofdan o‘chirish va yoqish uchun ulash mumkin.
2 –Elektr batareya;
3 – Korbonad angidrid gaz detektori;
4 - Ugar gaz detektori;
5 - YOng‘in monitori;
6 - Yong'inga qarshi vosita
7 - Isitish pechi;
8 - Xona nisbiy namligini taminlash qurilmasi;
9 - Xona nisbiy namligini monitori;
10 - Liniyadagi quvvat monitori;
11 - RFID karta;
12 - RFID o‘qish qurilmasi;
13 – Signal generatori;
14 – Aqilli LED;
15 – Quyosh paneli;
16 – Xarorat monitori;
17 – Termostat;
18 – Lazerli xarakat sensori - bu lazer nurlari bo'ylab harakatlanishni aniqlaydigan harakat detektorining bir turi;
19 – Xonada suv to‘planganda uni oqib chiqib ketishini ta’minlovchi qurilma. O‘rtacha bitta xonada soatiga 0.5sm balandlikdagi suvni oqib chiqshini ta’minlaydi.
20 - SHamol detektori;
21 – SHamoldan tok olishni ta’minlovchi shamol generatori.
Endi ushbu elementlardan foydalangan xolda aqilli ishlab chiqarish tizimini kichik loyixasini ishlab chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |