1.5.1. Paxtani g’aramlarga va yopiq omborlarga joylash hamda saqlashning texnik sharoitlari
Paxta tayyorlash punktlari va paxta tozalash korxonalarida paxta selektsion, sanoat navlari hamda terish uslublari bo’yicha alohida qabul qilinadi va saqlanadi.
Paxta to’dalarini jamlash, ularni saqlash va qayta ishlash tolaning tipi bo’yicha, uning sifat ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda «Paxta terish va tayyorlash bo’yicha yo’riqnoma» ga amal qilgan holda har qaysi xo’jalikniki alohida amalga oshiriladi.
Urug’lik paxta texnik paxtadan alohida to’dalarga qabul qilinadi va jamlanadi.
Har xil zararkunandalar va kasalliklar («qora shira», gommoz, makrosporioz va h.k.), bilan zararlangan paxta alohida qabul qilinadi, jamlanadi, saqlanadi va qayta ishlashga jo’natiladi.
Paxtani yaxshirok saqlash, uzoq muddat saqlashni to’g’ri tashkil etish maqsadida paxtani jamlashni uning namligini hisobga olgan holda tabaqalab bajarish kerak. Namligi 14 foizgacha bo’lgan paxtani tozalash bo’limi hududiga, namligi 14 foiz va undan yuqori bo’lgan paxtani esa quritish tozalash tsexi hududiga joylashtirish kerak. Namligi 20 foizdan yuqori bo’lgan paxtani quritish tozalash tsexiga yaqin bo’lgan joyga jamlash kerak, chunki uni tezda quritish va qayta ishlash lozim bo’ladi.
Paxtani saqlash uchun yopiq omborlar, yarimochiq yoki to’rt tomoni ochiq ombor (ayvonlar) va ochiq maxsus tayyorlangan maydonchalardan foydalaniladi.
Paxtani shibbalangan shag’al bilan yoki asfalьt bilan qoplangan maydonlarga jamlashga ruxsat etiladi.
G’aram maydonlarining o’lchamlari 25×14 m, balandligi yer sathidan 0,4 m bo’lishi va yog’in-sochin suvlarini chiqib ketishini ta’minlash uchun o’rtasini 0,05-0,07 m ga ko’tarish kerak.
Paxta g’aramlarga jamlanganda (cho’kishdan avval) balandligi quyida keltirilgan ko’rsatkichlardan oshib ketmasligi kerak (1.17-jadval).
1.17-jadval
Paxta g’aramlarining tayyorlov davrida ruxsat etilgan
balandliklari
Paxta
navi
|
Paxta namligi,
foiz
|
SHakllangan g’aramning balandligi, mgacha
|
Maydoncha-
dagi paxta xom ashyosining taxminiy massasi, t
|
havo so’rishni qo’llamaganda
|
havo so’rishni qo’llaganda
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
I
|
9 gacha
9,1-12,0
12,1-14,0
14 dan yuqori
|
8
–
–
–
|
–
8
7
6
|
400
350
300
250
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
II
|
10 gacha
10,1-13,0
13,1-16,0
16 dan yuqori
|
8
–
–
–
|
–
8
7
6
|
370
300
250
200
|
III
|
11 gacha
11,1-15,0
15,1-18,0
18 dan yuqori
|
7
–
–
–
|
–
7
6
6
|
350
300
230
200
|
IV
|
13 gacha
13,1-17,0
17,1-20,0
|
6
–
–
|
–
5
4
|
270
200
190
|
V
|
20,1 dan yuqori
|
–
|
4
|
*
|
Eslatma:* Past navli, iflosligi va namligi yuqori bo’lgan paxta maxsus kichkina g’aramga joylanadi. Bunday g’aramning uzunligi 14 m, kengligi 7 m, balandligi 4,0 – 4,5 m (tug’ri to’rtburchak qismi 3,1 m, gumbazsimon qismining balandligi 1,5 m) qilib jamlanadi. Bitta 14 x 25 m standart g’aram maydoniga bunday g’aramlardan uchtasi joylashtiriladi.
Paxtani g’aramlarda va yopiq omborlarda saqlangandagi, transport vositalarida tashilgandagi hajmiy zichligi 1.18- jadvalda keltirilgan.
1.18-jadval
Paxtani saqlangandagi va tashilgandagi o’rtacha hisobiy hajmiy zichligi
Saqlash va tashish
|
Paxta zichligi, kg/m3
|
I-IInavlar
|
III-V navlar
|
o’rta
tolali
|
uzun
tolali
|
o’rta
tolali
|
uzun
tolali
|
Yopiq omborlarda
|
160-180
|
180-200
|
150-160
|
160-170
|
G’aramlarda
|
185-220
|
190-250
|
170-190
|
180-190
|
Traktor aravalarida zichlangan holda tashish
|
150-160
|
160-170
|
160-180
|
170-190
|
Zichlanmay erkin holda tashish
|
50-60
|
70-80
|
50-60
|
70-80
|
PAXTA, UNI QABUL QILISH VA SAQLASHNI
TASHKIL ETISH
1.1 Paxta haqida umumiy ma’lumotlar
Paxta donli o’simliklar bilan bir qatorda sayyoramizdagi qadimgi madaniy ekinlardan biri hisoblanadi. Hind vodiysida eramizdan 3 ming yil avval paxta ipidan foydalanganlar.
Paxta xo’jalik ehtiyojlari uchun Markaziy Osiyoda eramizdan 5 asr ilgari ekila boshlangan.
G’o’za – Gossipium avlodi Malьva oilasidagi o’simlik bo’lib, bir yillik yoki ko’p yillik bo’lishi mumkin bo’lgan katta bo’lmagan daraxt shaklidagi o’simlikdir. SHoxlarining balandligi 0,7-1,5 m bo’lgan past bo’yli bir yillik o’simlik g’o’zani madaniylashgan turi hisoblanadi. Xo’jalikda foydaliligi jihatdan g’o’zaning xindi-xitoy (Gossipium arboreum), Afrika-Osiyoning (Gossipium xerbatseum) Meksikaning (Gossipium xirzutum) va Peruning (Gossipium barbadenze) turlari ma’lum. Markaziy Osiyo mamlakatlarida g’o’zaning oxirgi ikki turi mavjud, shu jumladan Gossipium barbadenze faqat Turkmaniston, Tojikiston va O’zbekistonda ekiladi.
G’o’zaning madaniylashgan turlari bir qancha selektsion navlardan iborat. Selektsion nav – bu bir ko’rinishdagi avlodiy bir turdagi morfologik va xo’jalik belgilar hamda xususiyatlarga ega bo’lgan madaniylashgan turdagi klassifikatsiya birligiga ega bo’lgan o’simliklar majmuasidir.
G’o’zaning morfologik belgilari – o’simlik tuzilishining farqlanuvchi xususiyatlari (tup tuzilishi, shoxlari, barglari, guli, ko’sagi, chigiti va h.k.).
Ho’jalik belgilariga uning mahsulotini inson ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan, aniqrog’i olinadigan hosilning miqdori va sifatini belgilaydigan ko’rsatkichlari kiradi.
G’o’za uchun asosiy ko’rsatkich undan olinadigan tolaning miqdori va sifati hisoblanadi.
Tolasining sifatiga qarab g’o’za uzun va o’rta tolali navlarga bo’linadi. Uzun tolali g’o’za navi tolasining uzunligi 36-42 mm bo’ladi.
Uzun tolali navlar, asosan, Gossipium barbadenze turiga kiradi.
O’rta tolali g’o’za uzunligi 25-35 mm ga teng va nisbatan dag’al tolaga ega bo’lib, asosan Gossipium xirzutum turiga yoki tur oralig’idagi gibridlarga kiradi.
G’o’za o’zining hayotiy xususiyatlarini bir necha yil davomida saqlay oladigan chigitlar tufayli ko’payadi.
CHigit unib chiqishi uchun, tuproqda namlik va atrof muhitda harorat bo’yicha zaruriy sharoitlar kerak. G’o’zaning me’yoriy o’sib chiqishi chigitning namligi 60 foiz va undan yuqori bo’lganda boshlanadi. SHu sababli o’sib chiqishini tezlashtirish uchun tukli chigit ekishdan avval namlanadi.
CHigit harorat tuproqda 14-16 °S va havoda 15-20 °S bo’lganda 5-7 kunda unib chiqa boshlaydi.
CHigit o’simtasi ildiz olgandan keyin o’sishning vegetativ fazasi boshlanadi, birinchi chin barg g’o’za unib chiqqandan yetti – o’n kundan keyin paydo bo’ladi, yana 4-5 kundan keyin ikkinchi barg hosil bo’ladi va shu tarzda g’o’za poyasi o’sa boshlaydi. 5-7 va undan ko’p barglar shakllangandan keyin hosil shoxlari (simpodial) rivojlana boshlaydi.
G’o’za unib chiqqandan taxminan bir oydan keyin birinchi shona shakllanadi va yana 25-30 kundan so’ng gul ochiladi. SHonalar vertikal bo’yicha (asosiy poya bo’yicha pastdan yuqoriga) har uch kunda va gorizontal bo’yicha (hosil poyalarida) yetti kunda shakllanadi va gullaydi (1.1-jadval).
Ko’sak deb ataladigan hosil o’rta tolali navlarda 4-5 qovachog’lar bilan chegaralangan pallachalardan iborat bo’ladi.
Uzun tolali navlarda ko’sak 3-4 pallachaga ega. Pallachalar ichida 5-9 va undan ortiq tolali chigit bo’lib, ularning har qaysisi ma’lum bir uzunlikka (25 dan 45 mm gacha) ega bo’lgan tola va (uzunligi 20 mm dan oz bo’lgan) kalta momiq bilan qoplangan.
1.1.- jadval
G’o’za rivojlanishining optimal davrlari
Rivojlanish davrlari
|
Muddati, kunlar
hisobida
|
Kerakli va samarali harorat miqdori*, °S
|
Unib chiqishi
1-barg paydo bo’lishi
2-barg paydo bo’lishi
3-barg paydo bo’lishi
6-barg paydo bo’lishi
SHonalash boshlanishi
Gullashning boshlanishi
Ko’saklarning ochilishi:
Tezpishar navlar
O’rtapishar navlar
Kechpishar navlar
|
Ekilgandan 5-7 kun
keyin
Unib chiqqandan 7-10
kun keyin
1-barg paydo bo’lgandan 4-5 kun keyin
2-barg paydo bo’lgandan 2-3 kun keyin
3-barg paydo bo’lgandan 7-8 kun keyin
Unib chiqqandan 30kun keyin
SHonalash boshlangandan
25-30kun keyin
Gullashdan 50-60kun keyin — : —
— : —
|
84-100
175
220
295
485
485
970-1000
1720 atrofida
1850-1880
2120-2200
|
Paxta va tolaning xo’jalik hamda texnologik ko’rsatkichlari nuqtai nazaridan bir ko’sakdagi paxtaning va 1000 dona chigitning vazni, tola chiqishi, uzunligi, ingichkaligi, nisbiy uzilish kuchi, pishib yetilganligi, mikroneyr ko’rsatgichi, tolaning bir tekisliligi va tashqi ko’rinishi muhim ahamiyatga ega.
1.2-jadvalda «PaxtatozalashIIChB» OAJning ma’lumotlari bo’yicha paxtaning ko’p tarqalgan selektsion navlarining ayrim morfologik belgilari keltirilgan. Jadvalda keltirilgan morfologik belgilarning fizik qiymatlari paxtani qayta ishlash texnologik jarayonida o’z aksini topgan.
G’o’zaning yaxshi o’sishi, rivojlanishi va hosil tashkil qilishi uchun zarur bo’lgan harorat samarali harorat deb ataladi. Bu harorat bir kunlik havoning o’rtacha harorati bilan biologik minimum sifatida qabul qilingan (g’o’za uchun 10 °S) harorat orasidagi farqga teng.
1.2- jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |