Zbekiston xalqaro islom akademiyasi mumtoz sharq filologiyasi fakulteti



Download 147 Kb.
bet5/8
Sana03.04.2023
Hajmi147 Kb.
#924308
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi adabiyot

II BOB. IROQ ADABIYOTI.

    1. Iroq adabiyoti (Iroq she’riyati).

Bu davrni ikkiga bo‘lish mumkin:
1. Mo‘g‘ullar istilosi davri - bu Bog‘dodni Xulaguxon qo‘lga olishidan bosqinchi Salimning Suriya va Misrni bosib olishi bilan tugaydi.
2. Usmonli turklarning bosib kelishidan boshlab (1516-1798\ 922-1213) - Napolyonning Misrga yurishi bilan tugaydi. Abbosiylar Xalifaligining inkirozga yuz tutishidan foydalangan mo‘g‘ul bosqinchilari Xorazm, Xuroson, Eron davlatlarini bosib olgandan so‘ng to‘ppa to‘g‘ri Bog‘dodga bostirib keldi. Chingizxondan so‘ng Xokimiyat uning nabirasi Xulagaxonga o‘tdi. 1258 yili (656) Bog‘dodni avval qamal qilib, barcha suv inshootlarini qo‘lga oldi. So‘ngra shaharga kirib kelib, avvalo xalifa va uning vazirlarini osishni buyurdi. Abbosiylar poytaxtida qirq kungacha o‘ldirishlar, osishlar davom etdi. Necha yuz yillardan beri yig‘ilgan kitob xazinalari Dajla daryosi baliqlariga yem bo‘ldi. Ma’naviy va madaniy va me’moriy obidalar shavfqatsizlarcha yoqildi. Boyliklar talon-taroj qilindi. Buyuk allomalar o‘ldirildi. Bir vaqtlar olamga mashhur bo‘lgan “Xikmat uyi” - “Bayt-ul Xikmat” xizmatida bo‘lgan olimlar qilichdan o‘tkazildilar. Usmoniy turklar bostirib kelishi bilan davlat tili ham, davlat idoralaridagi Xujjatlar ham turk tilida olib boriladigan bo‘ldi.
O‘sha vaqtdagi siyosiy ahvol tufayli shoirlar o‘zlarini hunarmandchilikka urdilar. Bu davr shoirlari ko‘proq shaklga e’tiborni kuchaytirdilar. Tashbih istioralar chuqur mazmuni susaydi. Shuning bo‘lsa kerak bu davr she’riyatining uzoq kasalidan so‘ng tuzalgan kishiga o‘xshatishadi. Ka’b ibn Zuhayrning “Qasida burda” asariga taklid juda kuchayib, qator asarlar yaratildi.
XIX asr boshlarida Iroq Usmoniylar imperiyasi qo‘li ostida edi. O‘sha davrda Misr va Suriyada boshlangan ma’rifatparvarlik harakati Iroqqa XIX asrning 60-yillarida ham kirib kelmagan edi. Iroqda an’anaviy she’riyat, tarixiy solnomalar, Kur’onga sharhlar yozish xali ham davom etardi. She’riyatda madh ko‘proq rivojlangan edi. XIX asrning 2-yarmiga kelib Iroq adabiyotida ma’rifatparvarlikning birinchi kurtaklari ko‘rina boshladi. Iroq adiblari o‘z asarlarida nafaqat jabr-zulm va feodal jamiyat, balki xalqning hayotini yaxshilash, ilmiy salohiyatini oshirishga harakat qilardilar. XX asrning boshlariga kelib Iroq adiblari boshqa xalqlarning madaniyati bilan aloqalarning rivojlanishiga qaramasdan ko‘proq arab-musulmon madaniyatining meroslariga tayanishardi.Iroq adabiyotida she’riyat eng rivojlangan janrlardan biri xisoblanadi. XIX asrning oxirigacha adabiyotda she’riyat ustunlikni qo‘ldan bermaydi. Bu she’riyat esa lirikaning an’analariga mos va islom ruhini o‘zida mujassamlashtirgan edi. XX asrning boshlariga kelib esa siyosiy voqea-hodisalar Jamil Sidqi az-Zahavi, Ma’ruf ar-Rusafi, Abu al-Muxsin al-Kozimi, Muhammad Solih Baxr al-Ulum, Muhammad Xabib al-Ubeydi, Muhammad Rizo ash-Shabibi, Ali ash-Sharqi va boshqalar ijodida yoritila boshlandi. Mazkur shoirlarning ijodini gullab-yashnagan davri XX asrning 20-30 yillarga to‘g‘ri keladi. Mana shu yillari ingliz mustamlakachilariga va feodal tuzumga qarshi kurash ketayotgan edi. XX asrning 20-yillarida Iroq jamiyatining saviyasini ko‘tarilishi, rivojlanishi ko‘zga tashlanadi: xalqning ongini o‘sishi, qoloqlikdan chiqish va boshqalar. Bu holat, ko‘proq Iroq shaharlarida yuz beradi. Iroq qishloqlarida xali hanuz fedalizmning jabrzulmi, monarxiya, adolatsizlik kuchayib ketgan edi. Dehqonlar nihoyat jabr-zulmga qarshi qo‘zg‘olonlar, g‘alayonlar, ommaviy mitinglar uyushtirdilar. Bunday vaziyat Iroq xalqida yangi maqsad va vazifalarni keltirib chiqardi.
Iroq XIX asr boshlarida Yaqin Sharqning eng ko‘p qullik asoratiga tushgan mamlakatlaridan edi. Bu mamlakat Usmonli turklar saltanatining chet o‘lkasi, odamlar surgun qilinadigan joy hisoblarnadi. Misr va Suriyada arab islohotchilarini junbushga keltirilgan liberal g‘oyalari XIX asrning 60-yillarigacha Iroqqa kirib bormadi, jamiyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatmadi. Iroqning ziyoli doiralarida an’anaviy she’riy asarlar, yilnomalar, maqomatlar, Qur’on tafsirlari o‘qilar, madhiya she’rlar yozish keng rivojlangan edi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Iroq adabiyotiga ma’rifatparvarlik tafakkurining ilk to‘lqinlari kirib kela boshladi (arab adabiyotshunoslari bu davrni adabiy yuksalish - "annahda al-adabiya" deb atashadi) Bu davrda bir qator Iroq adiblari ijodida nafaqat xorijliklar zulmiga, balki feodal voqelikka nisbatan o‘ta salbiy munosabat shakllandi. Ular baholi qudrat bilim egallash, xalq hayotini yaxshilashga da’vat etib asarlar yoza boshladilar.
Iroq adabiyotida vorislik zanjiri hech qachon uzilmagan va adabiyot maydoniga har doim yangi-yangi buyuk ijodkorlar kirib kelgan bo‘lsalar ham, unda g‘oyalar va obrazlar evolyusiyasi sekinlik bilan kechdi. Asr boshida boshqa madaniyatlar vakillari bilan aloqa qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan Iroq adiblari ko‘proq o‘zlarining arabiy-islomiy meroslariga murojaat qilar edilar.
Poeziya Iroq adabiyotining eng rivojlangan sohasi bo‘lib, aksar shaharlar uning rivojlanish markazlari bo‘lib xizmat qildilar. Cho‘l etagida, giyoh o‘smaydigan tekislikda joylashgan mo‘jazgina Najaf shahri bu manzillarning eng muhimi edi. Najaf avloddan avlodga o‘tib kelayotgan arablarning jonli tarixini saqlovchi bir xazinadir.
Iroq jamiyatida XX asr 20-yillarning oxiriga kelib, har jihatdan rivojlanish nishonalari ko‘rina boshladi, jamiyatda tabaqalanish kuchaydi, xalq ommasining ongi o‘sdi, shaharlar sur’at bilan rivojlandi, sanoat korxonalari vujudga keldi, ular xonavayron bo‘lgan hunarmandlar va kasanachilarni o‘z bag‘riga oldi. Bu omillar ishchilar sinfining maydonga kelishi, uning o‘zini anglash jarayonining tezlashuviga olib keldi. Bu davrda o‘rta burjua tabaqalari ham anchagina mustahkam mavqega ega bo‘ldi.
Iroq qishloqlarida feodallar zulmi, monarxiya tuzumini qo‘llab-quvvatlagan hukmron doiralar istibdodi kuchaydi. Buning oqibatida mamlakatda ish tashlashlar, ommaviy mitinglar, namoyishlar, ayovsiz ekspluatatsiya qilinayotgan dehqonlarning qurolli qo‘zg‘olonlari yuzaga kelaboshladi. Bunday hol Iroq xalqi oldiga yangi maqsad va vazifalar qo‘ydi.
Iroq xalqining shiddatli kurashi adabiy hayotda jonlanishga olib keldi, bir qator ijtimoiysiyosiy va adabiy jurnallar ta’sis etildi.
Iroqning vatanparvar shoirlari miting va yig‘ilishlarda xalq oldiga chiqib o‘z asarlarini o‘qishar, odamlarni ruhlantirib, faol siyosiy kurashga chorlar edilar. Vatanparvar shoirlar inglizlar siyosatiga qarshi oppozision partiyalar, gazetalar atrofiga birlashar, klublarda faoliyat ko‘rsatishar edi.
Iroq shoirlarining xalq hayoti, kurashiga faol aralashuvi Iroq poeziyasiga barakali ta’sir ko‘rsatdi, tilning tushunarliligi, uslubning soddaligi bu davr poeziyasining o‘ziga xos xususiyatiga aylandi. Yangi davr Iroq shoirlari asarlari endilikda o‘rta asr arab poeziyasiga xos balandparvozlik, murakkab ifodalardan xoli edi. Eski shakllarni saqlab qolgan holda shoirlar xalq hayoti, uning kurashini o‘z asarlari mazmuni qilib oldilar va bu bilan adabiyotga yangi poetik shakllarning kirib kelishiga zamin hozirladilar. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng esa, ular badiiy adabiyotdan o‘rin egalladi.
Mazkur davrda novella, drama kabi boshqa adabiy janrlar badiiy adabiyotga kirib kelgan bo‘lsa ham, Iroq adabiyotidagi rivojlanish aynan poeziya, ayniqsa, siyosiy poeziya bilan bog‘liq edi. Bu hol, birinchi navbatda, Iroq poeziyasi boshqa adabiy shakllarga nisbatan xalqqa yaqin bo‘lganligi, tushunarliroq, ifodaliroq bo‘lgani bilan izohlanadi. Ikkinchidan, qisqa va ta’sirchan she’r odamlar ongiga tez ta’sir qilar, miting qatnashchilari she’rlarni jo‘r bo‘lib takrorlashar, kuylashar, qo‘lda ko‘chirib tarqatishar, bu esa she’riyatga qiziqishni ham kuchaytirardi.
Uchinchidan, shoirlar ishtirokida o‘tgan ommaviy miting va namoyishlar xalqqa o‘z ta’sir kuchini ko‘rsatar, uni kurashga chorlar edi.
Tabiiyki, shoirlar siyosiy voqealarni ifodalashda turli adabiy vosita va uslublardan foydalanar va bu narsa har bir ijodkorning salohiyati, iste’dodi, ro‘y berayotgan voqealar mohiyatini tushunib, haqqoniy ifodalash qobiliyatiga bog‘liq edi.
Bu davrda adiblar xalq hayoti muammolarini chuqurroq anglay boshladilar. Vatanparvar shoirlar ijodida kurashchan xalq obrazi muhim o‘rin egalladi. Bunday mualliflarning ko‘pchilik asarlari xalq turmushi, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy ahvoli tasviriga bag‘ishlangan. Ularda xalq ommasi kayfiyati, ularning tuyg‘ulari, baxtga intilishlari va hokazolar o‘z aksini topgan.
Iroq vatanparvar shoirlari asarlari xalq qudratini tashqi va ichki reaksiyaga qarshi birlashtirishda katta rol o‘ynadi. Poeziya xalq ongini o‘stirish, uni ma’rifatli qilish, tevarak-atrofdagi xatarlardan ogoh etishga xizmat qilardi. Badiiy ijod ozodlik yo‘lidagi kurashda xalq qo‘lidagi qurolga aylandi.
Bu ijodkorlarning xalqqa bo‘lgan ishonchi, ular taqdirining xalq taqdiri bilan birlashib ketishi, o‘z ijodlarini xalq xizmatiga bo‘ysindirishlari ular merosini xalqchil adabiyot sifatida baholash imkonini beradi. Mazkur davr Iroq adabiyotining ulkan shoirlaridan biri Jamil Sidqi az-Zaxovi edi.



    1. Download 147 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish