Zbekiston xalqaro islom akademiyasi mumtoz sharq filalogiyasi fakulteti



Download 52,41 Kb.
bet4/11
Sana21.01.2022
Hajmi52,41 Kb.
#397193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mamlakat

Kurdlar 

Suriya (Rojava — Shimoliy Suriya Federatsiyasi) va Iroq hududidagi (Kurd Muxtoriyati) kurd davlat tuzilmalari mintaqadagi mustaqil kuchni tashkil qiladi. Rasman u yerlarda hech kim mustaqil davlatchilikni e’lon qilmaydi (birinchi galda zamonaviy dunyoda ularni hech kim tan olmasligi tayin bo‘lgani uchun), amalda esa Suriya va Iroqning federallashuvi u yerda mustaqil kurd davlatlarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Ushbu ikki kurd davlati o‘z hukumatiga, byurokratiyasiga, qurolli kuchlariga, parlamentiga ega.

Ikki kurd hukumati bir-biri bilan do‘stona munosabatda emas va hattoki qarama-qarshilikdadir. Gap shundaki, Suriyadagi Rojava “Kurdiston ishchi partiyasi” (Abdulla O‘jalan g‘oyalari tarafdorlari, o‘jalanchilar) nazorati ostidadir, ular Rojava qurolli kuchlari (50 ming kishilik YPG ko‘ngillilari) qo‘mondonligining asosini tashkil etadi. Iroq Kurdistonidagi rejim Arbil shahridagi hukumat nazoratidadir — bu “Kurdiston demokratik partiyasi” (Barzoniy tarafdorlari) hukumatidir. Ularning ixtiyorida 100 kishilik armiya (“Peshmerga”) mavjud. Biroq Iroq Kurdistonidagi rejim bir turli bo‘lmay, ayrim tumanlar boshqa kurd guruhlari qo‘lida hamdir.

Iroq Kurdistoni oddiy kapitalistik davlatdir. Rojavaga, ya’ni Suriya Kurdistoniga kelsak, G‘arbdagi anarxistlar bir paytlar “Kurdiston ishchi partiyasi” rejimini anarxistik yoki libertar-sotsialistik, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat demokratiyasi munosabatlariga qurilgan deb hisoblar edi. Lekin ular bu ta’kid haqiqatga mos kelmasligini sekin-asta tushunib bormoqda. DYP — Rojavaning hukmron partiyasi (“Kurdiston ishchi partiyasi”ning bo‘linmasi) o‘z maqsadi sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat demokratiyasi qurishni belgilamaydi, sinfiy kurashni inkor qiladi, yollanma mehnatga qarshi chiqmaydi, xususiy mulkni qo‘llab-quvvatlaydi. Rasman uning maqsadi dunyoviy demokratik davlat qurishdir. Rojava liberal konstitutsiyaga ega bo‘lib, u yerda yuqoridagilarning barchasi ifodalangan.

Shu bilan birga, “Kurdiston ishchi partiyasi” Rojavada mehnatkashlarning o‘z-o‘zini boshqarish iqtisodiyotining (kooperativlarning) va joylarda turmush tarzi masalalarini hal qila oladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiyaning rivojlanishini qo‘llaydi. Nazariy jihatdan, kelajakda bu sotsial inqilob uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ammo hozircha Rojavada sotsial inqilob yo‘q, nufuzli mahalliy hokimiyat organlari bor. Mahalliy kooperativlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiya institutlari (TEV-DEM) oddiy hukumatga, shuningdek, kurd ko‘ngilli qo‘shilmalari harbiy qo‘mondonligiga (u ham “Kurdiston ishchi partiyasi” nazorati ostida) bo‘ysunadi. Kurd ko‘ngilli armiyasining barcha qo‘mondonlari shu partiya a’zolaridir. Rojava hukumati deyarli soliq to‘plamaydi, balki neft qazib chiqarish va uni sotish hisobidan mavjuddir. Hukumat mablag‘ining 70 foizi qurolli armiyani moliyalashtirishga sarflanadi.

Rojava va Iroq Kurdistoni o‘zaro kelishmaydi, lekin ba’zan IShIDga qarshi qo‘shma operatsiyalar o‘tkazadi, negaki IShID ularning yerlariga da’vo qiladi. Kurdlarning Iroq va Suriyadagi hukumatlari hamda hukmron partiyalari AQShning mintaqadagi asosiy ittifoqchilaridir. Ular AQSh va NATO mamlakatlaridan harbiy ko‘mak oladi, shuningdek, IShIDga qarshi operatsiyalar chog‘ida ularning aviatsiyasi tomonidan havodan qo‘riqlanadi. Bu barcha tomonlar birinchi navbatda IShIDga qarshi ekanligi bilan tushuntiriladi.

Iroq kurdlari yirik neft zaxiralarini nazorat qiladi. Rojava rahbariyati nazorati ostida ham ko‘pgina neft konlari bor. Bu neftga ularning raqiblari — IShID, Asad va Suriya muxolifati ham da’vo qiladi. Rojava va Asadning munosabatlari ziddiyatlidir. Ba’zan bu — qurolli betaraflik, boshqa tomondan esa, tomonlar o‘rtasida ba’zan harbiy to‘qnashuvlar bo‘lib turadi.

Turkiya

Turkiya Suriyadagi jangovar harakatlarga faol tarzda aralashadi. U Asadga qarshi bo‘lgan sunniy muxolifatni qo‘llab-quvvatlaydi. Sunniy Turkiyaning maqsadi — Rojavadagi kurd davlatini kuchsizlantirish va unga qarshi kurash.

Kurdlar Turkiya aholisining uchdan yoki to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi (20-25 mln) va ushbu mamlakatda milliy muxtoriyat yaratishga intiladi. Turkiyada ularning haq-huquqlari poymol etiladi: mahalliy muxtoriyat yo‘q, kurd tilida davlat maktablari yo‘q. Kurdlarga mansub shahar hokimlari, saylangan bo‘lishiga qaramay, mansabdan chetlashtiriladi, hibsga olinadi, ularning o‘rniga Erdo‘g‘an hukumati bilan bog‘liq amaldorlar tayinlanadi.

Etno-madaniy va siyosiy jihatdan Turkiya kurdlari Iroq emas, Suriya kurdlariga yaqin turadi. Rojavani nazorat qilib turgan “Kurdiston ishchi partiyasi” bir paytning o‘zida Turkiyada Erdo‘g‘an hokimiyatiga qarshi harbiy harakatlar olib boradi. Bir so‘z bilan aytganda, Turkiyada hukumat va “Kurdiston ishchi partiyasi” partizanlari o‘rtasida og‘ir fuqarolik urushi davom etmoqda. Shu bois Erdo‘g‘an hukumati Suriya shimolida, o‘z chegarasi yaqinida amalda “Kurdiston ishchi partiyasi”ning davlati tuzilganidan xavotirda. U mazkur kuchni tiyib turishga urinadi, ba’zan hujum qiladi. Yaqinda Turkiya Suriya shimoliga o‘z qo‘shinlarini olib kirib, u yerning kattagina qismini zabt etdi va kurdlarni siqib chiqardi. “Frot qalqoni” nomini olgan ushbu operatsiya ikki sababga ko‘ra o‘tkazildi.

Birinchidan, Erdo‘g‘an kurdlarni kuchsizlantirib, Suriya shimolidagi anklavlarning o‘z chegarasidagi “Kurdiston ishchi partiyasi” uzluksiz qal’asiga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslikka urinmoqda. Ikkinchidan, Turkiya shimolda Suriya sunniy muxolifatining kuchayishiga ko‘maklashmoqda, buning natijasi o‘laroq muxolifat isyonchilar va Asad o‘rtasidagi jangning asosiy markazi — Alepga hujum qiladigan darajada kuchayishini kutmoqda. Suriya shimolidagi eng yirik sanoat va transport bog‘lamasi bo‘lmish Alep uchun jang Suriyadagi fuqarolik urushining taqdirini hal qilishi mumkin.


Download 52,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish