Zbekiston xalqaro islom akademiyasi islomshunoslik fakulteti


O’RTA OSIYO DAVLATLARIDA ARAB TILIGA BO’LGAN QIZIQISH



Download 60,14 Kb.
bet11/13
Sana01.02.2022
Hajmi60,14 Kb.
#423457
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
MANBASHUNOSLIK KURS ISHI

2.2. O’RTA OSIYO DAVLATLARIDA ARAB TILIGA BO’LGAN QIZIQISH
 Arab xalqlarining tili, tarixi, iqtisodiyoti va madaniyatini tadqiq etuvchi fanlar majmui. Arab tili asli arab boʻlmagan (mas, turkiy boʻlgan), lekin arab tilida ijod qilgan olimlarning madaniy meroslarini ham oʻrganadi. A. Gʻarbiy Yevro-pada 16-asr oxirida vujudga keldi. Rim, Pa-rij, Leyden uning asosiy markazlari boʻlgan. 19-asr – 20-asr boshlarida arab grammatikasi, leksikografiya va adabiyet-shunoslik boʻyicha Silvestr de Sasi, J. Belo (Fransiya), K. Kaspari (Norvegiya), U. Rayt, R. Nikolson (Buyuk Britaniya), G. Fleysher, T. Nyoldeke, K. Brokkel-man, G. Freytag, X. Ver (Germaniya), Ya. Goldus (Gollandiya), I. Goldsiyer (Ven-griya) ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar. Arab 591mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti muammolari bilan J. Sovaje, E. Levi-Provansal, K. Kazn (Fransiya), K. Bekker (Germaniya), D. Dennet, B. Lyu-is, G. A. R. Gibb (Angliya), K. A. Nallino, E. Rossi (Italiya), G. Kampfmeyer (Ger-maniya), Ch. Adame, J. Xeyvort-Denn, Sh. Issavi (AQSH), A. Xaurani, S. Longrigg (Buyuk Britaniya), J. Berk (Fransiya) va boshqa arab-shunoslar shugʻullanganlar.Hozirgi arab tili bilan Leyden, Parij, Oksford, Kembrij, Galle, Praga, Rim, Qohira, Damashq, Bayrut, Jazoir, Tunis, Rabot, Hartum, Haydarobod universitetlarida, shuningdek Arab mamlakatlari ligasi (Tu-nis) qoshidagi Arab oliy bilimlari instituti, Islomshunoslik instituti (Bagʻdod), Sharq va Afrika mamlakatlarini oʻrganish maktabi (London), Sharq tillari maktabi (Parij) va boshqa ilmiy markazlar shugʻullanadi.Rossiyada Sankt-Peterburg, Moskva, Ukrainada Harkov, Tataristonda Ko-zon universitetlarida arab tili oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan. Sankt-Peterburg A. markazi boʻlib qolgan (19-asr). Rossiyadagi arab tiliga nemis arabshunosi X. D. Fren, miyerlik Shayx Tantoviylar asos solgan. Akad. B. D. Dorn, professor V. V. Grigorev, professor V. F. Girgas, akademik V. R. Rozen kabi arabshu-nos olimlar arab tili, adabiyoti, dini va tarixiga oid koʻplab ilmiy asarlar yaratganlar.20-asr 20-yillar boshlarida Toshkent, Tbilisi va Bokuda A. maktablari vujudga keldi. V. V. Bartold, A. Ye. Krimskiy, I. Yu. Krachkovskiy, M. A Sale, A P. Ko-valevskiy, T. A. Shumovskiy, P. G. Bulga-kov, P. A. Gryaznevich, A. B. Xolidov va boshqa oʻrta asrlar arab yodgorliklarini tarji-ma qilib, nashr ettirdilar. 30 – 60-yillarda G. V. Sereteli va I. N. Vinnikovlar Oʻrta Osiyo arablarining tili haqida monografiyalar yezdi. 70 – 80-ylarda arab mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti, tilshu-nosligiga qizikish kuchayib, bu haqda koʻplab ilmiy asarlar yaratildi, eng muhim asarlar tarjima qilindi.Oʻrta Osiyo, jumladan, hozirgi Oʻzbekiston hududida arablar istilosi (8-asr)dan key-in arab tili din va ilm-fan tiliga ay-langach, mahalliy olimlar asarlarini arab tilida yoza boshlaganlar. Xoraz-miy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Koshgʻariy, Zamaxshariy, Sam’oniy va boshqalarning fanning turli sohalari – fal-safa, mantiq, geol., tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, arab tili, adabiyoti, fol-klori, tarixi, etnografiyasi, tarixiy geografiyasi va boshqalarga doir risolalari Sharq va Gʻarb arabshunoslari uchun hozirgi ham eng muhim tadqiqot manbai boʻlib qolmoqda. Islom dini, fiqh va Hadis ilmi sohasida ham Turkiston olimlari koʻplab asarlar yaratganlar. Bular jahon miqyosida (xususan arab olamida ham) yuqori baholanib, tan olingan. 19-asr 80 – 90-yillarida, ayniqsa, 20-asr boshlarida Turkistonda Rossiyaning mustam-lakachilik maqsadidan kelib chiqqib A. ilmiga birmuncha ahamiyat berildi. Toshkentda "Arxeologiya havaskorlarining Turkiston toʻgaragi" (1895), keyinroq Peterburg sharqshunoslik jamiyatining Toshkent boʻlimi vujudga keddi. Oʻzbek arabshunoslari tomonidan yaratilgan arab tili, fikx, tarix va boshqalarga oid asarlar, lugʻatlar, arabchadan oʻzbek tiliga qilingan tarjimalar nashr etildi.Fitrat A. sohasida birmuncha il-miy ishlar qildi. Arabshunos A. E. Shmidt arab tili, adabiyoti, islom ta-rixiga doir tadqiqotlar olib bordi. Xattot, manbashunos I. Odilov arabcha qoʻlyozmalarga tavsif yezdi, ularni qayta koʻchirdi. Sharq-shunos S. Mirzayev arab tilshunosligiga oid "Arab tili gram-matikasi" nomli ilmiy asar yezdi (1944). Oʻzbek arabshunoslari (U. I. Karimov, H. Hikmatullayev, Sh. Shoislomov, N. Ibrohimov, A. Irisov, A. Talabov va boshqalar) arab tilida ijod etgan olimlar asarlarini tadqiq etish va ularni oʻzbek tiliga tarjima qilishda katta ishlar olib bor-dilar. Ar-Roziyning "Sirr al-asror" ("Sirlar siri") nomli arabcha asarining yagona qoʻlyozmasi (rus tilida, 1957), Ibn Sinoning arabcha "Al-Qonun fittibb" 592("Tib qonunlari") asari (rus va oʻzbek tillarida, 1-nashri 1954–61 va 2-nashri 1979–83) tarjima qilinib, nashr etildi. Beruniyning arab tilidagi ilmiy va adabiy merosini oʻrganish borasida ham muhim ishlar kilindi. Uning tanlangan asarlari (5-jilddan iborat) Oʻzbek ti-liga tarjima qilindi. Muhammad ibn Muso Xorazmiyning arab tilida yozgan asarlari toʻplami "Tanlangan asarlar" (1983), "Astronomiyaga oid risola"si (1983) ham tarjima kilinib nashr etildi. Oʻzbek arabshunos olimlari arabcha qoʻlyozmalarni – "Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining sharq qoʻlyozmalari toʻplami"ni nashrdan chiqardilar (rus tilida, 11 jildli katalog, 1952–75).Hozirgi A. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot insti-tuti faoliyatida ustuvor yunalishlardan biri hisoblanadi, bundan tashqari za-monaviy Aarab tili ishiga Toshkent Islom universiteti ham salmoqli hissa qoʻshmoqda, Arab tili sohasi uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institu-ti shugʻullanadi.Ad.: Lunin B. V., Iz istorii russko-go vostokovedeniya i arxeologii v Tur-kestane, T., 1958; Irisov A., Toshkentda arabshunoslik, T., 1964; Oʻzbekiston sharqshunoslari, T., 1997.Ismatulla Abdumayev.3

Download 60,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish