Anker va tirgaklar. Ankerlar po’lattemirbeton to’sinning egilishi, hamda to’sin va plitalar harorati farqidan o’lchamlarining o’zgarishi, beton kirishishi va tob tashlashidan sodir bo’ladigan siljituvchi kuchlarni qabul qiladi. Ular to’sin belbog’lariga oddiy payvandlash yo’l bilan mahkamlanadi, bu esa, o’z navbatida, to’sin belbog’larida kutilmagan (keraksiz) kuchlanishlar konsentratsiyasi (to’plami)ni sodir qiladi.
Тemirbeton plitalarni po’lat to’sinlar bilan tirgaklar yordamida biriktirish plitadagi teshik (oyna)larni tez qotuvchi sementda tayyorlangan beton bilan to’ldirish orqali amalga oshiriladi, keyin esa gidroizolyatsiya va himoya qatlam yotqiziladi, bu esa, o’z navbatida, ayniqsa yilning sovuq oylarida, mehnattalablikni, qurish muddati va plitalarni to’singa mahkamlash narxini oshiradi.
Zamonaviy temir yo’l oraliq qurilmalarida temirbeton plitalar po’lat to’sinlarga po’lat quyma detallar yordamida yuqori mustahkamli (friksion) boltlar bilan mahkamlanadi. Bu usulni yilning xohlagan vaqtida bajarish mumkin, ammo u qo’shimcha po’latning sarfini talab etadi va plitani tayyorlashni murakkablashtiradi.
6.3-rasm. Тemirbeton plitani po’lat to’singa mahkamlash uchun tirgak va ankerlar:
a – elastik ilgakli anker; b – elastik ilmoqli anker; v – burchakli bikir tirgak; g – xuddi shunday tavrli; d – xuddi shunday aylanali; ye – xuddi shunday taqa ko’rinishida;
j – temirbeton plitani po’lat to’singa yuqori mustahkamli boltlar bilan mahkamlash uchun elastik anker va gorizontal listli qo’yilgan detal (tarxda ankerlar ko’rsatilmagan);
1 – po’lat to’sinning yuqori belbog’i; 2 – elastik ilgakli anker; 3 – tik list;
4 – gorizontal list; 5 – yuqori mustahkamli boltlar uchun teshik
Quyma detallar (6.3-rasm) diametri 22 mm li yuqori mustahkamli boltlar uchun teshigining diametri 28 mm bo’lgan gorizontal listlardan va plitaga mahkamlovchi detaldan iborat elastik ankerlardan tashkil topgan. Gorizontal list detali va to’sin ustki belbog’idagidagi teshiklar yagona shablon bo’yicha ochiladi. Har bir detal ortiga betonlashgacha plita qolipiga bittadan konturiktor o’rnatiladi.
Po’lattemirbeton oraliq qurilmalarning po’lat to’sinlari payvandlangan qo’shtavr kesimga ega. Тo’sinlarning balandligi hisobiy oraliqning 1/13..1/15 qismini tashkil etadi. Тo’sinlarning vertikal devorlari 12...14 mm qalinlikka ega va turg’unligini ta’minlash uchun ikki tomonlama vertikal bikirlik qovurg’alari bilan, oralig’i 45 m va undan katta bo’lganda esa, qo’shimcha ravishda, to’sin siqilgan zonasida bo’ylama bikirlik qovurg’alari bilan kuchaytirilgan. Тo’sinlarning ustki belbog’lari yuqori mustahkamli boltlar uchun doimiy kesimga ega bo’lgan teshikli gorizontal listlardan yoki temirbeton plitalarni mahkamlash uchun bikir tirgaklardan tashkil topgan.
Тo’sinlarning ostki belbog’lari belbog’lar kesimining yuzasini oraliq o’rtasidan tayanch tomon kichraytirib borish uchun bir yoki ikkita har xil qalinlik va enlikdagi listlardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |