«Ўзбекистон темир йўллари» датк


Тayanch qismlarining turlari



Download 2 Mb.
bet76/91
Sana18.02.2022
Hajmi2 Mb.
#450895
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   91
Bog'liq
«O’zbekiston temir yO’llari» datk Тoshkent temir yo’l muhandisla

Тayanch qismlarining turlari. Тayanch qismlar har xil materiallardan tayyorlanadi: po’lat, temirbeton, rezina va boshqa materiallardan. Zamonaviy tayanch qismlarda ishqalanish kuchini kamaytirish uchun ftoroplast va boshqa sintetik materiallar keng foydalaniladi.
Тayanch qismlarning buralish burchagi, oraliq qurilmalarning bo’ylama deformatsiyalari va tayanch reaksiyalari oraliq qurilmalarning bikirligi, oraliq uzunligi va harakatdagi yukka bog’liq. Shuning uchun uncha uzun bo’lmagan oraliq qurilmalar (9 m va ungacha) uchun uncha qimmat bo’lmagan, tayyorlash va foydalanish qilish oson bo’lgan qalinligi 20 mm dan katta po’lat listlardan tayyorlangan oddiy tayanch qismlarni qurish ruxsat etiladi.
Oralig’i 918 m li oraliq qurilmalar uchun tangensial ko’rinishidagi po’lat tayanch qismlardan foydalaniladi (7.3-rasm). Bu tipdagi tayanch qismlarda po’lat listlar qalinligii odatda 50 mm dan katta qabu qilinadi. Ostki listga aylana egriligi bo’ylab ishlov beriladi. Ustki balansirni fiksatsiya qilish, tekis tayanch qismlardagi kabi, ostki balansirga siqib mahkamlangan po’lat shtirlar yordamida ta’minlanadi. Po’lat tayanch qismlar ikki tipda ishlab chiqiladi: quyma va payvandli.

7.3-rasm. Тangensial ko’rinishidagi tayanch qismlar: a – ko’zg’almas tayanch qismning fasadi; b – ko’zg’aluvchan tayanch qismning fasadi; V – ko’zg’almas va ko’zg’aluvchan tayanch qismning ko’prik ko’ndalang kesimidagi ko’rinishi


Uzunligi 18 m dan katta temirbeton va uzunligi 25 m dan katta po’lat oraliq qurilmalarning tayanishi uchun katokli tayanch qismlardan foydalaniladi. Тayanch reaksiyalariga bog’liq holda katoklar soni birdan to’rtgacha o’zgarishi mumkin. Ko’p katokli tayanch qismlarda balansirlar o’lchamlarini kamaytirish maqsadida kesilgan katoklar qo’llaniladi.


Qo’zg’aluvchan tayanch qismlar sektorli ham bo’lishi mumkin (7.4-rasm). Bu tipdagi tayanch qismlarda buralish burchagi – sharnir, bo’ylama siljish esa sektor yordamida ta’minlanadi.
Katta uzunlikdagi oraliq qurilmalar uchun, odatda sharnir-katokli (7.4,b-rasm) yoki stakan tipidagi (7.4,v-rasm) qo’zg’aluvchan tayanch qismlar qo’llaniladi. Stakan tipidagi tayanch qismlarda buralish burchagi rezinali vkladish deformatsiyasi bilan, bo’ylama siljishlar esa ishqalanish koeffitsiyenti kichik bo’lgan ftoroplastli prokladka bilan ta’minlanadi. Qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas tayanch qismlar har xil balandlikka ega bo’lishi mumkin. Bunday holatlarda bitta tayanchning ferma osti maydonchasi har xil balandlikda (otmetkada) joylashtiriladi, bu esa tayanch uchini betonlashda qo’shimcha qiyinchilik to’g’diradi. Qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas tayanch qismlarning balandligini bir xil belgilab, bundan qutulish mumkin.

7.4-rasm. O’rta va katta oraliqli oraliq qurilmalar ostidagi tayanch qismlar: 1sektor balansiri; 2sharnir; 3ustki balansir; 4ostki balansir; 5qirqilgan katok; 6elastomer (elastikrezinali material); 7ftoroplastikli prokladka; 8 kauchuk qatlami; 9yupqa listli po’lat; 10antifriksionli prokladka; 11po’latli balansirlar; 12rezinali prokladka


Hozirgi vaqtda an’anaviy metall tayanch qismlar bilan birgalikda ko’proq polimer materiallardan tayyorlangan tayanch qismlar ham qo’llaniladi. Konstruktiv tuzilishiga (oformleniye) ko’ra polimerli tayanch qismlar deformatsiyalanadigan, siljiydigan va qo’shma (kombinatsiyalangan) bo’lishi mumkin. Polimerli tayanch qismlar po’lat tayanch qismlarga nisbatan katta imkoniyatlarga ega. Masalan, hamma yo’nalishda chiziqli va burchakli siljishlarni yengil ta’minlaydi, chunki burchakli siljishlar tayanch qismi – rezina elastik materiali shaklining o’zgarishi tufayli amalga oshiriladi. Тayanch qism materiallarining mustahkamligini oshirish uchun ular har 5...25 mm da vulkanizatsiya qilingan ingichka po’lat listlar (0,8...2 mm ) bilan armaturalanadi (7.4,g-rasm).


Siljuvchi tayanch qismlar ftoroplastdan tayyorlangan antifriksion prokladkaga ega (7.4,d-rasm). Kombinatsiyalangan tayanch qismlar ftoroplastli prokladka qo’shilgan rezina va po’lat elementlardan tayyorlanadi (7.4,ye-rasm). Rezinametalli tayanch qismlar ko’p yutuqlari bilan birgalikda katta bir kamchilikka ega – rezinaning elastik va mustahkamlik tavsiflari atrofmuhit haroratiga bog’liq bo’ladi. Bu kamchilik ular ishining ishonchliligini manfiy haroratda kamaytiradi. Shuning uchun temir yo’l ko’priklarida qoidaga muvofiq, ko’proq ishonchga ega bo’lgan po’lat tayanch qismlar qo’llaniladi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish