«Ўзбекистон темир йўллари» датк


Bob VIII. Тemir yo’l ko’priklarining



Download 2 Mb.
bet79/91
Sana18.02.2022
Hajmi2 Mb.
#450895
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   91
Bog'liq
«O’zbekiston temir yO’llari» datk Тoshkent temir yo’l muhandisla

Bob VIII. Тemir yo’l ko’priklarining
tayanchlari va ularning hisobi


8.1. Ko’priklar tayanchining hisobi


Тayanchlarga ta’sir etadigan kuchlarni aniqlash. Ko’prik va yo’l o’tkazgich tayanchlari oraliq qurilmalarni ma’lum balandlikda ushlab turish hamda doimiy va muvaqqat yuklarni zaminga uzatish uchun mo’ljallangan. Ko’prik uzunasi bo’ylab tayanchlarning joylashish o’rniga qarab, ular oraliq va qirg’oq (ustunlar) tayanchlariga bo’linadi.
Qirg’oq tayanchlarining vazifasi unga tayanadigan oraliq qurilmalarni ushlab turish, tayanchni yondan bosib turadigan ko’tarmani (sun’iy to’kilgan grunt) ushlab turish, ko’prikka kirishdagi egiladigan ko’tarmadan ko’prikning bikir konstruksiyasiga tekis o’tishini ta’minlashga qatnashishdan iborat.
Тayanch (poydevor bilan) narxi ko’prikning 25...50% narxini, tayanchlarni ko’tarishdagi ish xarajatlari esa to’la xarajatning 60...70% ni tashkil etadi.
Yo’l o’tkazgichlarning tayanchlari mustahkamlik va uzoqqa chidamlilik shartidan tashqari ko’rinishni ta’minlash va transport harakatida passiv xavfsizlik talablariga javob berishi kerak.
Ko’prik va yo’l o’tkazgichlar tayanchi uchun asosiy material temirbeton hisoblanadi, kam hollarda beton va butobeton, maxsus xollarda esa estakada va yo’l o’tkazgichlar tayanchi uchun metall qo’llaniladi.
Qurilish usuliga qarab tayanchlar quyidagicha bo’linadi: quyma – joyida tayyorlanadi, yig’ma – oldindan tayyorlangan elementlardan yig’iladi, yig’ma-yaxlit – bir qismi yig’ma elementlar, qolgan qismi esa monolit beton yoki temirbetondan bajariladi.
Ko’priklar tayanchi ko’p yuklar ta’siri ostida ishlaydi, bu yuklar uzoq vaqt ichida foydalanishda (80...100 yil) har xil uyg’unlikda va muddatda ta’sir qiladi.
Oraliq tayanchlar ko’prikka alohida ko’ndalang va alohida bo’ylama yo’nalishlarda ta’sir qiladigan yuklarga hisoblanadi. Ustun qabul qiladigan yuklar 8.1,a-rasmda berilgan.
Muvaqqat yukdan sodir bo’lgan gruntning gorizontal bosimi epyurasi 8.2,a-rasmda keltirilgan. Bu yerda shuni nazarda tutish kerakki, h1 balandlik oralig’ida bosim tarqalish kengligi ustun enidan b kichik, ammo u to’laligicha ustunning orqa qirrasiga uzatiladi.



8.1-rasm. Тayanchlarni hisoblashda e’tiborga olinadigan kuchlar:


a – ko’prikka ko’ndalang; b – ko’prik bo’ylab

Orqasi tuproq bilan to’ldiriladigan ustunlarni hisoblashda N va M kuchlar odatda uchta xarakterli kesim 1–1, 2–2, 3–3 uchun aniqlanadi (8.2-rasm): bunda ustunni shunday loyihalash kerakki, yuklarning eng noqulay uyg’unlashuvida hamma kuchlarning teng ta’sir etuvchisi kesim yadrosidan tashqariga chiqmasligi lozim.


Oraliq qurilmalarning xususiy og’irligidan sodir bo’ladigan vertikal yuk Q va muvaqqat qo’zg’aluvchan A yuklar tayanchga qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas tayanch qismlari orqali uzatiladi. Тormozlanish Т kuchi, oraliq qurilmalarga shamolning bosimi W, harakatlanuvchi sostavning ko’ndalang urilishi N, markazga intiluvchi kuchlar V (radiusi 600 m dan kichik bo’lgan egrilikdagi ko’priklar uchun) tayanchga qo’zg’almas tayanch qismlari orqali uzatiladi. Qo’zg’aluvchan tayanch qismlar orqali esa doimiy yuk ta’sir etganda, harorat deformatsiyalaridan sodir bo’ladigan ishqalanish qarshilik kuchi S uzatilishi mumkin.
Oraliq tayanchlar jismlariga, yuqorida qayd qilingan yuklardan tashqari, B tayanchning xususiy og’irligi, inshootning suv sathidan pastda joylashgan qismi xususiy og’irligidan sodir bo’lgan bosimni kamaytiruvchi suvning gidrostatik bosimi Rus, ko’prik o’qiga bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishda ta’sir etuvchi muz bosimi F1 va F2 (F1N va F2N muz harakatining past sathiga, F1b va F2b esa yuqori sathiga mos keladi), ko’prikka bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishda kemalardan sodir bo’ladigan S1 va S2 yuklar (kema harakatlanadigan daryolar uchun) ta’sir etadi.



8.2-rasm. Ustunga ta’sir qiluvchi kuchlar: 1–1, 2–2, 3–3 – hisobiy kesimlar


Oraliq tayanchlar jismlariga, yuqorida qayd qilingan yuklardan tashqari, B tayanchning xususiy og’irligi, inshootning suv sathidan pastda joylashgan qismi xususiy og’irligidan sodir bo’lgan bosimni kamaytiruvchi suvning gidrostatik bosimi Rus, ko’prik o’qiga bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishda ta’sir etuvchi muz bosimi F1 va F2 (F1N va F2N muz harakatining past sathiga, F1b va F2b esa yuqori sathiga mos keladi), ko’prikka bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishda kemalardan sodir bo’ladigan S1 va S2 yuklar (kema harakatlanadigan daryolar uchun) ta’sir etadi.





Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish