ЎЗБЕКИСТОН ТАШҚИ САВДО МУНОСАБАТЛАРИ ГЕОГРАФИЯСИНИНГ СИФАТ ЖИҲАТИДАН ЎЗГАРИБ БОРИШИ.
Reja : 1. Tashqi savdo siyosati 2. Bojxona to`lovlari va ularning turlari 3. Bojxona siyosatining asosiy maqsadlari
Tashqi savdo
siyosati
Davlat boji tegishli harakatlar amalga oshirilguniga qadar naqd pul yoki pulsiz shaklda to`lanadi. Davlat boji tushumlari bo`yicha hisobot davlat bojini undiruvchi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o`zlari joylashgan yerdagi soliq organlariga yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning o`ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Davlat boji ayrim hollarda qisman yoki to`liq qaytarilishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasida davlat ichki va tashqi siyosatining tarkibiy qismi hisoblanadigan yagona bojxona siyosati amalga oshiriladi.
Bojxona siyosatining asosiy maqsadlari O`zbekiston Respublikasi bojxona hududida samarali bojxona nazoratini tashkil etish, tovar ayirboshlashni tartibga solishni ta’minlash, iqtisodiyotning rivojlanishini rag`batlantirish, ichki bozorni himoya qilish hisoblanadi. Bu maqsadlarni ro`yobga chiqarishda bojxona to`lovlari muhim rol o`ynaydi.
Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o`tishda va Bojxona kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojxona to`lovlari undiriladi:
-bojxona boji;
-qo`shilgan qiymat solig`i;
-aksiz solig`i;
-litsenziya berganlik uchun yig`im;
-bojxona rasmiylashtiruvi bo`yicha mutaxassis degan malaka attestati berganlik uchun yig`im;
-bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`im;
-dastlabki qaror qabul qilganlik uchun haq;
-tovarlarni bojxona kuzatuviga olganlik uchun yig`im;
-qonun hujjatlarida belgilangan boshqa to`lovlar..
Bojxona to`lovlari va ularning turlari, stavkalarini qo`llash va hisoblash tartibi O`zbekiston Respublikasining “Boj tarifi to`grisida”gi qonuni va Bojxona kodeksida belgilab berilgan. Boj tarifi-bojxona chegarasidan olib o`tiladigan tovarlarga nisbatan qo`llaniladigan boj stavkalari to`plamidir. Bojxona boji - O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan tovarlar olib o`tilayotganda bojxona organlari tomonidan undiriladigan to`lov. O`zbekistonda import boji, eksport boji, mavsumiy va alohida (maxsus, dempingga qarshi, kompensatsiya) bojlari qo`llaniladi.
Bojxona tarifini qo`llash va to`lovlarini hisoblab chiqarish asosida tovarlarning bojxona qiymati yotadi. Shuning uchun bojxona qiymatini aniqlash muhim jarayon hisoblanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning muhim shakllaridan biri —
tashqi savdo bo‘lib, uni to‘g‘ri rejalashtirish, tashkil etish,
boshqarish va amalga oshirish, aniqligiga erishish uchun
tasniflash lozim. Tasniflash deganda xalqaro tijorat kelishuvinioldi-sotdi va tovar almashish kelishuvlariga ajratishni tushunish
mumkin.
Tovarning bojxona qiymati-bu bojxona boji va bojxona boshqa to`lovlarini undirishda asos qilib olinadigan tovar qiymatidir. Bir tovar turli mamlakatlarda turlicha narxlarda sotiladi va sotib olinadi. Bojxona rasmiylashtiruvi va to`lovlari uchun narxlarni bir xillashtirish zarur bo`ladi.
Tovarlarni olib kirishda bojxona qiymatini aniqlash maqsadlari quyidagilar :
-bojxona boji va yig`imlari, jarimalar, soliqlar va boshqa to`lovlarni hisoblashda real, haqiqiy bazani (asosni) aniqlash;
-tovarlar qiymatini sun’iy kamaytirish yoki ko`paytirish hollarini bartaraf etish;
-bojxona statistikasini yuritish;
-valyuta nazoratini amalga oshirishda zarur ma’lumotlarni to`plash va tahlil qilish.
Jahonda tovarning bojxona qiymatini aniqlashga umumiy yondashuvni ta’minlash maqsadida tovarning bojxona qiymatini aniqlash xalqaro tizimi ishlab chiqilgan va 1950 yildan boshlab amal qilib kelmoqda.
O`zbekiston Respublikasida tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi “Boj tarifi to`grisida” gi qonunda belgilab berilgan.
Bojxona to`lovlari quyidagicha hisoblab chiqariladi:
Bt=(Tbq·Ts ):100,
buyerda: Bt-bojxona to`lovi summasi;
Tbq-tovarning bojxona qiymati;
Ts- to`lov stavkasi.
Misol.
O`zbekiston Respublikasi bojxona chegarasida Rossiyadan keltirilayotgan bir vagon gugurtni rasmiylashtirish kerak. Mazkur gugurtning kontraktga ko`rsatilgan umumiy qiymati 6150,0 ming so`mni, bojxona maskanida hisoblab chiqarilgan bojxona qiymati esa 6300,0 ming so`mni tashkil etadi. Gugurtni import qilish bilan bog`liq quyidagi bojxona to`lovlari aniqlanadi va undiriladi:
bojxona olib kirish boji-gugurt uchun uning stavkasi 20 foiz, summasi (6300,0∙20):100=1260,0 ming so`m;
aksiz solig`i – uning stavkasi (gugurt uchun) 30 foiz, summasi (6300,0∙30):100= 1890,0 ming so`m;
qo`shilgan qiymat solig`i – uning stavkasi (hamma tovarlar uchun) 20%, summasi (6300,0+1260,0+1890,0)∙20:100=1890,0 ming so`m;
bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`im-u eng kam ish haqining to`rt barobari miqdorida belgilangan.
Xulosa:
Xulosa:
Bojxona to`lovlari bojxona deklaratsiyasi qabul qilungunga qadar yoki qabul qilinishi bilan bir vaqtda deklarant tomonidan to`lanadi. Bojxona to`lovlari bojxona organiga, xalqaro pochta jo`natmalarida yuborilgan tovarlar uchun to`lovlar esa aloqa korxonalariga to`lanadi.
Adabiyotlar :
1. O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo’mitasi to’g’risidagi axborotnomasi 1997 y. 2-son 36-modda.
2.Davlat boji to’g’risida Qonun 1992 y. 9 dekabr.
3.Mirinskiy B.A. Raxmonqulov A.X. Chinniboev X.J. O’zbekiston Respublikasi xuquqini muxofaza organlari . Toshkent 2005 y.