Ўзбекистон тарихи



Download 4,21 Mb.
bet4/8
Sana27.11.2022
Hajmi4,21 Mb.
#873477
1   2   3   4   5   6   7   8
Ilk poleolit davri odamlari jismoniy jixatdan xam, aqliy jixatdan xam xozirgi odamlardan farq qilishgan. Tabiat oldida ojiz bo‘lib, unda tayyor bo‘lgan maxsulotlarni o‘zlashtirganlar. Ular na diniy tushunchani, na dexqonchilikni va na chorvachilikni bilganlar. O‘zbekiston xududlaridagi eng qadimgi odamlarning manzilgoxlari Farg‘ona vodiydagi Selung‘ur, Toshkent viloyatidagi Ko‘lbuloq, Buxorodagi Uchtut makonlaridan topilgan. Bu davr odamlari toshlardan qo‘pol qurollar (chopperlar) yasab, termachilik va jamoa bo‘lib ov qilish bilan shug‘ullanishgan.
O‘rta paleolit davri makonlari Toshkent voxasidagi Obiraxmat, Xo‘jakent, Samarqanddagi Omonqo‘ton, Boysun tog‘laridagi Teshiktosh makonlaridan topilgan.
Obiraxmat makoni yoysimon shaklda bo‘lib, bu yerda 10 m qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlam aniqlangan. Topilmalar orasida nukleuslar, parrakchalar, o‘tkir uchli sihchalar, qirg‘ichlar uchraydi, shuningdek, turli xayvonlar suyaklari ham ko‘pchilikni tashkil etadi.
Yana bir mashxur yodgorlik Teshiktosh g‘or makoni bo‘lib bu yerdan turli-tuman qurollar va xayvon suyaklaridan tashqari, 9-10 yashar bolaning qabri qazib ochilgan. Qabrdagi murdaning yoniga turli tosh qurollar va arxar shoxi qadab qo‘yilgan. O‘rta paleolit davriga kelib ibtidoiy jamiyat odamlarining mehnat qurollari takomillashib turmushida yangi unsurlar paydo bo‘la boshlaydi. Eng muhimi, ibtidoiy to‘dadan urug‘chilik jamoasiga o‘tish boshlanadi. Shimoldan ulkan muzlik siljib kelishi natijasida olov kashf etiladi. Odamlar o‘choqlar atroflarida to‘planib ibtidoiy turar-joylarga asos soldilar. Jamoa bo‘lib ov qilish paydo bo‘ldi.
So‘ngi paleolit qadimgi tosh asrining so‘ngi bosqichidir. Bu davrga oid makonlar Ohongorondagi Ko‘lbuloq, Toshkentning g‘arbidagi Bo‘zsuv 1, hamda Samarqand shahridan topilgan. Ulardan topilgan topilmalar orasida qirg‘ichlar, kesgichlar, sihchalar, pichoqlar, boltalar kabi qurollar bor. Bu davrga kelib odamlar faqat tog‘li xududlarda emas, tekisliklarga ham tarqala boshlaydilar. Bu davrning eng katta yutug‘i urug‘chilik tuzumiga (matriarxat) o‘tilishidir.
Mezolit davri yodgorliklari Surxondaryodagi
Machoy g‘or - makonidan, Markaziy
Farg‘onaning ko‘pgina yodgorliklaridan topib o‘rganilgan. Bu davrga kelib muzlik yanada shimolga qaytadi. Hayvonot va o‘simlik dunyosida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Insoniyat o‘z tarixidagi dastlabki murakkab moslama - o‘q - yoyni kashf etadi.
Mezolit davri qurollari paleolitga nisbatan ihchamligi va sifatliligi bilan farq qiladi. Mezolit davri qabilalari asosan ovchilik va termachilik xo‘jaligini yuritganlar.Bu davrning oxirlariga kelib dastlabki uy chorvachiligi yoki xayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi.
Neolit davriga kelib qadimgi qabilalar xayotida katta - o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu davr odamlari aksariyat xollarda daryo sohillari va tarmoqlari yoqasida, ko‘llar bo‘ylarida yashab, tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqib, baliqchilik va ovchilik yoki dehqonchilik va chorvachilik xamda qisman xunarmandchilik bilan shug‘ullanganlar. Eng katta yutuqlardan biri - kulolchilikning paydo bo‘lishidir. Shuningdek, bu davrga kelib to‘qimachilik va qayiqsozlik ham paydo bo‘ladi. Neolit davri qabilalari xo‘jalik shakllariga qarab quyidagi madaniyatlarga bo‘linadi: Joytun madaniyati, Kaltaminor madaniyati, Hisor madaniyati.
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish