Zbekiston respubulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti bolalarning o‘qish va yozish malakalarini shakllantirish fanining



Download 0,84 Mb.
bet52/96
Sana05.07.2022
Hajmi0,84 Mb.
#740408
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   96
Bog'liq
ma\'ruza

Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan pedagogik talablar
Tarbiyachi uchun namunali nutqni egallash — bu uning o‘z kasb-koriga tayyorligini belgilovchi ko‘rsatkich hisoblanadi.Taniqli pedagog, bolalarni ona tiliga o‘rgatish uslub va uslubiyotlarini ishlab chiqqan uslubiyotchi, maktabgacha tarbiya bo‘yicha mashhur mutaxassis, professor Y.l.Tixeyeva tarbiyachi nutqiga yuksak baho berib, shunday degan edi: „Bog‘chada bolalar beixtiyor taqlid qiladigan namuna tarbiyachi (bog‘bon)ning tilidir, tarbiyachining tili bolalar tiliga g‘oyat samarali va nihoyatda kuchli ta’sir ko‘rsatadigan hamma narsalarni o‘zida birlashtiradigan bo‘lishi kerak. Bog‘bonning tili bekam-u ko‘st, adabiy talaffuzning har qanday nuqsonlaridan holi bo‘lishi lozim“ . Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, har bir tarbiyachi o‘z nutqidagi nuqsonlarni aks ettiruvchi daftar tutishi, unga kamchiliklarini belgilab borishi, so‘ngra ularni bartaraf etish bo‘yicha reja tuzib, ishni tashkil etishi kerak.Har bir tarbiyachi-pedagog nutqiga qo‘yilgan talablarni juda yaxshi bilgan holda o‘z nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etib borishi kerak.Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:
1. Nutq tovush tomonining to‘g'riligi. Agar tarbiyachining nutqi aniq bo‘lsa, jumlalarni, so‘zlarni va har bir tovushni aniq talaffuz etsa, bolalar ona tilining tovush tomonini mavaffaqiyatli o‘zlashtira oladilar.Ko‘p hollarda, ayrim tarbiyachilar tovushlarni noaniq talaffuz etadilar, so‘zning tarkibidagi ayrim tovushlarni tushirib ketadilar, tovushlar o‘rnini almashtiradilar.
2. Adabiy til normalariga muvofiq to‘g'ri talaffuz. Tarbiyachi adabiy til normalariga amal qilishi, o‘z nutqida turli mahalliy so‘zlarni ishlatmasligi, so‘z urg‘ularini to‘g‘ri ishlatishi lozim.
3. N u tq n in g in to n a ts io n - ifo d a v iy v o s ita la r id a n to‘g‘ri foydalanish. Nutqda fikrlar, his-tuyg‘ularni aniq ifoda etish lozim. Bunga faqat so‘zlar yordam idagina emas, balki nutqning intonatsion-ifodaviy vositalaridan: ovoz kuchi, temp, to‘xtam, ritm, urg‘u va hokazolardan foydalanish orqali erishiladi.Tarbiyachining she’r, ertak va hikoyalar okqib berayotganda ushbu vositalardan o‘rinli foydalanishi bolalar asar mazmunini yaxshi tushunib olishlari va ona tilining go‘zaIligini his etishlariga yordam beradi.Tarbiyachining bir xil ohangdagi nutqi kichkintoylami zeriktiradi, asar mazmuniga bo‘lgan qiziqishini susaytiradi. Bunday nutqni eshitishdan zerikkan bola boshqa narsalarga chalg‘iydi, so‘ngra tarbiyachining nutqiga butunlay quloq solmay qo‘yadi.
4. Tarbiyachi nuiqining jo‘shqin, intonatsiyaga boy bolishi.Shoshilib gapirish so‘zlar tarkibidagi tovushlarni noaniq talaffuz etilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bolalar bilan nutqiy muloqotda bolganda shoshilmasdan, rlacha tempda (tezlikda) gapirish kerak. Bunday tempda gapirish nutqning aniq boklishini ta ’minlaydi, aksincha, tez temp nutqning buzilishiga sabab bo‘ladi, uni idrok qilishni qiyinlashtiradi.Tarbiyachi ovozdan to‘g‘ri foydalanishi lozim. Haddan tashqari baland gapirish bolalarni charchatadi. Agar ovoz past va kuchsiz bo‘lsa, bolalar mashg'ulotda zerikadilar.
5. Tarbiyachi nutqining aniq, oddiy bo‘lishi, fik r la r izchiliik b ila n bir-b iriga bog'lanib , tushunarli ifodalanishi. Bolalar tarbiyachidan, kattalardan tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishni o‘rganibgina q olm asdan, balki tinglagan ertak va hikoyalarining mazmunini aniq, qiziqarli tarzda qayta hikoya qila olishga, tevarak-atrofni kuzatish natijasida olgan taassurotlarini so‘zlab berishga, o‘zfikrlarini ketma-ketlik bilan bayon etishga, xulosalar qilishga ham o‘rganadilar. Nutqda biidiriladigan mazmunni bolalarga tushunarli, qiziqarli, bog‘langan holda yetkaza olish tarbiyachi nutqining zaruriy xususiyatlaridan hisoblanadi. Tarbiyachi fiko‘rini ketma-ketlik bilan bayon etishi, o‘z nutqini tushunarsio‘z soko‘zlar, murakkab va uzun junilalar bilan qalashtirib tashlamasligi kerak. Agar tarbiyachining nutqi qisqa jumlalardan iborat boklsa, uni bolalar oson o‘zlashtiradilar. Aksincha, nutqdagi jumlalar uzundan uzoq boklsa, nutqning mazmunini tushunib olish juda qiyin bokladi.
6. Tarbiyachi lug'atining boy bo‘lish i. Tarbiyachi o‘znutqida soko‘zlami tg‘ri va aniq ishlata olsa, u holda uning nutqi bolalarga tushunarli bokIadi. 0’zbek tilining Iug‘ati juda ham boy, u doimo yangi so‘zlar bilan to‘ldirib boriladi, iste’moldan chiqqan sokzlar yo‘qolib boradi. Tarbiyachi bolalar bilan nutqiy muloqotda bo‘lganda, ularning yoshini hisobga olib, ona tilining lug‘at boyligidan keng foydalanmog‘i lozim.So‘zlarni to‘g‘ri tanlash tarbiyachi nutqini ifodali, mazmunli bo‘lishim ta ’minlaydi.
Yangi so‘z!arni ishlatishga juda ehtiyotlik bilan yondashish kerak. Bunda ushbulami hisobga olish lozim:
— birinchidan, bolaning yoshini hisobga olib so‘z tanlash;
— ikkinchidan, doimo yangi so‘zlami lug'atiga kiritish, lug‘atida bor
bo‘lgan so‘zlarni faollashtirish, ularning ahamiyatini tushuntirish.
Xulosa qilib aytganda, tarbiyachining hikoyasi to‘liq chiroyli, so‘zlari to‘g‘ri tanlab olingan, grammatik tomondan to‘g‘ri shakllangan, mazmunli va ifodali, mantiqan bog‘langan bo‘lishi kerak.
Tarbiyachi hikoya qilib berishda sinonimlardan, o‘xshatish va hikoya so‘zlardan foydalanishi zarur. Bu tarbiyachi nutqining ifodali, jozibali, mazmunan boy bolishini ta’minlaydi. Shuningdek, tarbiyachi o‘z nutqida xalq og‘zaki ijodidan (maqol, metal, tez aytish, topishmoq va h.k.), frazeologik so‘zlardan o‘rinli foydalanishi kerak.
7. Tarbiyachi nutqining samimiy bo‘lishi. Tarbiyachi bolalar bilan ishlash jarayonida nutqining quyidagi jihatlariga e ’tibor berishi lozim:
1. Ona tilidagi hamma tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishi, nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etishi.
2. Sof, aniq-ravshan nutqqa ega bolishi, ya’ni diksiyasi yaxshi bolishi.
3. Nutqida adabiy talaffuzdan (so‘zlardan) foydalanishi, ya’ni orfoepik normalarga rioya qilishi.
4. Bayon etiladigan fikrlarning mazmuniga qarab intonatsiya vositalaridan (ovoz kuchi, tempi, urg‘u, to‘xtam, ritm, temp, ohang) to‘g‘ri foydalanishga harakat qilishi.
5. Bolalar bilan nutqiy muloqotda bo‘lganda yengil, sekin tempdagi, o‘rtacha baland ovozdagi nutqdan foydalanishi.
6. Bolalarning yoshiga qarab hikoya matnining mazmunini bayon etishda sinonim, omonimlardan va kinoya so‘zlardan, xalq og‘zaki ijodiyotining namunalaridan foydalanishi.
7. Nutqning grammatik tomoniga e'tibor bergan holda fikrini izchillik bilan, bir-biriga bog‘lab bayon etishi.
8. Bolalar bilan so‘zlashganda baland tonda gapirmaslik, qo‘pol so‘zlardan (adabiy til normalariga to‘g‘ri kelmaydigan, mantiqsiz so‘zlardan) foydalanmaslik.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish