Savol va topshiriqlar
1.Davlat talablarining yangi tahririni sharhlang?
2.Maktabgacha ta’limdagi davlat talablarining mazmun mohiyatini tushuntiring?
3.Davlat talablarida quyilgan bolalar yosh xususiyatlarini ayting?
4.5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga qanday yondashish lozim?
5.Davlat talablarining nechanchi bobida nutq nazariyasiga qaratilgan?
3-MA’RUZA: Bolalarning o‘qish va yozish malakalarini shakllantirish jarayoning bosqichlari. Savod o‘rgatishda tayyorlov davri, bu bosqichdagi o‘qishva yozuv darslarining mavzulari
REJA:
1.Savod o‘rgatishdagi analitik-sintetik tovush metodi va uning xususiyatlari.
2.Savod o‘rgatish jarayoni va uning davrlari.
3.Alifbogacha tayyorgarlik davri va bu davrda beriladigan bilimlar.
4.Alifbo davri, bu davrning maqsadi va vazifalari.
5.Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR: analitik-sintetik tovush metodi, alifbogacha tayyorgarlik davri, alifbo davri, bo‘g‘inlab o‘qish.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarga qo’yiladigan davlat talablari.-T.:Kvinta print. 2012-y.
2.“Bolajon” dasturi.- Toshkent: 2010-y.
3.Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T:. 2013.
4.G.Q. Jalolova ”Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash.”-T.: 2014
.
Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o‘rgatish jarayoni 4 oy davomi etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo‘linadi2:
a) alifbogacha tayyorgarlik davri (2 hafta);
b) alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi).
Alifbogacha tayyorgarlik davri. Bu davrning asosiy vazifasi o‘quvchilarni maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va o‘quv qurollari bilan tanishtirish, nutq o‘stirishga oid mashqlar o‘tkazib, fonematik eshitishni o‘stirishdan iboratdir.
Alifbogacha tayyorgarlik davri, o‘z navbatida, quyidagi 2 bosqichga bo‘linadi:
1. Harf o‘rganilmaydigan bosqich (1 hafta).
2. Unli tovush va harf o‘rganiladigan bosqich (1 hafta).
1-bosqichda o‘quvchilarga og‘zaki va yozma nutq haqida, gap so‘z, bo‘g‘in va tovushlar haqida, nutqning gaplardan, gaplarning so‘zlardan tuzilishi, so‘zlarning bo‘g‘inlarga bo‘linishi, bo‘g‘inlarning tovushlardan tashkil topishi haqida ma’lumot beriladi, tovushlarni unli va undosh tovushlarga ajratilishi o‘rgatiladi, ulardan amaliy foydalana bilish ko‘nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda maxsus nusxalar asosida o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga «Alifbe»da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari o‘zlari bilgan she’r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo‘shiqlar, latifalardan ayttiriladi.
Tayanch so‘zlar asosida gap tuzdirish, «Alifbe» sahifalaridagi so‘zlarning talaffuzi, o‘qilishi va ma’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi (Bu tarzdagi ishlar har bir darsda mavzularga bog‘liq ravishda izchil davom ettirib boriladi).
Bu bosqichdagi yozuv darslarida o‘quvchilar yozuv daftari va yozuv chiziqlari bilan tanishtirilib, harf elementlarini yozishga o‘rgatiladi, ularda namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash — o‘z-o‘zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish, chamalab yozish kabi ko‘nikmalar hosil qilinadi.
2-bosqichda unli tovush-harflar o‘rgatiladi. Bunda ularning quyidagi uch xususiyatini o‘quvchilar amaliy ravishda puxta egallashlariga erishish lozim:
a) talaffuzda (og‘izda) to‘siqqa uchramasligi;
b) cho‘zib aytilishi;
d) faqat ovozdan tashkil topishi.
Shuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o‘rgatish ko‘zda tutiladi. Ushbu bosqichdanoq tovush va harf o‘rtasidagi chegaraga qat’iy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi ma’lumotlar kitob ochtirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi harf ko‘rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid o‘ziga xos xususiyatlar (tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz; harflarni yozamiz, ko‘ramiz, o‘qiymiz) ham izchil ravishda o‘quvchilarning o‘zlashtirishlarini hisobga olgan holda sekin-asta tushuntirila boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |