VII. Vatanparvar – Vatani uchun, xalqi uchun fidokorona mehnat qiluvchi va zarur bo`lsa, ular uchun jonini ham fido qiluvchi. Vatanparvarlik xislati milliy g`urur va boshqa ijobiy xislatlar natijasida ro`yobga chiqadi. O`z millatining tarixini, madaniyati va ma`naviyatini yaxshi bilgan odamda milliy g`urur paydo bo`ladi. O`z navbatida milliy g`urur takomillasha borib, kishida vatani uchun jon fido qilish his-tuyg`usi paydo bo`ladi. Shu bois bunday xislatga ega bo`lganlar insoniy kamolotga yetgan hisoblanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |