VI. Milliy g`ururga ega – ajdodlarimizning moddiy va ma`naviy merosini egallab, ular bilan faxrlanuvchi va ularni boyitishga hissa qo`shuvchi. Ushbu fazilat har bir insonni o`zining millatiga taalluqli ekanligidan rozi bo`lishida namoyon bo`lib, u kishi ijtimoiy faolligini oshiruvchi asosiy omil bo`lish barobarida uni ezgulikka, yaxshiliklar qilishga undaydi. Milliy g`ururni shakllantirish jamiyatning buyuk kelajak sari intiltiruvchi asosiy omil bo`lib xizmat qiladi.
Odamlarda milliy g`ururni shakllantirish uchun muayyan millatning tarixiy qahramonlari, olimu fozillari, avliyoyu anbiyolari to`g`risida to`liq ma`lumotga ega bo`lib, ularni dunyo ma`naviyati, ilm-fan va madaniyatiga qo`shgan hissalari haqida xabardor bo`lish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |