Masalan: 215 + 78 + 85 = 215 + 85 + 78 = 300 + 78 = 378
Shundan keyin o‟quvchilarni bir necha sonni qo‟shishda qo‟shiluvchilarni
gruppalash usuli bilan tanishtiriladi.
23 + 17 + 48 + 52 = 140
(23 + 17) + (48 + 52) = 40 + 100 = 140
23 + ( 17 + 48 + 52) = 23 + 117 = 140
O‟quvchilar bu yozuvni bunday tushuntiradilar: birinchi satrda sonlar qanday
tartibda yozilgan bo‟lsa, shu tartibda qo‟shiladi. Ikkinchi satrda shu sonlarning o‟zi
ikkitadan qo‟shiluvchi qilib gruppalarga ajratilgan. Yig‟indilarni hisoblab va ularni
qo‟shib yana 140 ni hosil qilamiz. Uchinchi satrda oxirgi uchta qo‟shiluvchi
gruppaga birlashtirilgan, ularning yig‟indisi hisoblanib, uni 23 soniga qo‟shildi, 140
chiqdi. Uchala holning hammasida ham qo‟shish natijasi bir xil 140 ga teng bo‟ladi.
Qo‟shishga doir yana bir-ikkita misolni har xil usullar bilan echib bunday xulosa
chiqariladi. Bir necha sonni qo‟shishda ulardan ikkitasi yoki bir qanchasini ularning
yig‟indisi bilan almashtirish mumkin. SHundan keyin bolalarni bir vaqtning o‟zida
yig‟indining gruppalash xossasidan va yig‟indining o‟rin almashtirish xossasidan
foydalanishga doir mashqlar bajariladi. Ko‟p xonali ismsiz sonlarni qo‟shish va
ayirish bilan bog‟liq holda uzunlik, massa, vaqt va baho o‟lchovlari bilan ifodalangan
ismli sonlarni qo‟shish va ayirish ustida ishlash amalga oshiriladi. Bunday sonlar
ustida amallarni ikki usul bilan bajarish mumkin. sonlarni ular qanday berilgan
bo‟lsa, shunday qo‟shish va ayirish kerak. Bunda qo‟shish va ayirish kichik o‟lchov
birliklaridan boshlanadi yoki ikkala sonni oldin bir xil ismli birliklarda ifodalab olib,
ular ustida amallar ismsiz sonlar ustida amallar bajargandek bajariladi va topilgan
natija yirikroq o‟lchov birliklarida ifodalanadi.
41
+
+
52 m 65 sm + 32 m 24 sm = 84 m 89 sm
см
м
см
м
см
м
89
84
24
32
65
52
см
см
см
8489
3224
5265
Ko‟p xonali sonlarni qo‟shish va ayirishni o‟rganishda qo‟shish va ayirish
orasidagi bog‟lanishlar aniqlanadi, chuqurlashtiriladi va bu bilimlardan hisoblashlarni
tekshirishda foydalaniladi, amallarni bajarish qoidalari va qavslarni qo‟llanish
shartlari takrorlanadi. O‟quvchilar agar qavslarni tashlab yuborishdan ifodaning son
qiymati o‟zgarmasa, qavslarni tashlab yuborish mumkinligini tushunib olishlari
kerak. Buni o‟zlashtirishga darslikda berilgan bunday mashqlar yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |