2
Matematika o‟qitish metodikasi fanidan tayyorlangan ushbu ma‟ruza matnlari
5111700 – Boshlang‟ich ta‟lim va sport tarbiyaviy ish yo‟nalishi
3- kurs talabalariga mo‟ljallangan.
Muharrir: A.To‟raxo‟jayeva
BTM kafedrasi katta o‟qituvchisi,
filologiya fanlari nomzodi.
Taqrizchi: H.Mamadaliyeva
BTM kafedrasi katta o‟qituvchisi.
Mazkur ma‟ruza matnlari QDPI boshlang‟ich ta‟lim metodikasi kafedrasining
2014 yil 26 avgustdagi
№1 yig‟ilishida chop etishga ruxsat etilgan.
@ QDPI
3
1. Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o‟rganish metodikasi
Reja:
1. Nomerlashni o‟rganish metodikasining umumiy masalalari.
2. “O‟nlik” mavzusida sonlarni nomerlashni o‟rganish metodikasi.
3. “Yuzlik” mavzusida sonlarni nomerlashni o‟rganish metodikasi.
4. “Minglik” va “Ko‟p xonali sonlar” mavzusida sonlarni nomerlashni o‟rganish
metodikasi.
5. Xulosa.
Butun nomanfiy sonlarni nomerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish
boshlang‟ich matematika kursi asosini tashkil qiladi. Butun nomanfiy sonlar ustida
ishlash boshlang‟ich maktabda 4 yil o‟qish davomida olib boriladi. Matematika
dasturi natural sonlar va nolь haqidagi ma‟lumotlarni o‟nlik, yuzlik, minglik, ko‟p
xonali sonlar konsentrlari bo‟yicha kiritishni nazarda tutadi. Har bir konsentr o‟z
mazmuniga ko‟ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarini aks ettiradi,
shuning uchun o‟quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlarni nomerlashni va bu
sonlar ustida amallarni o‟rganadilar, umuman arifmetikaning mohiyati to‟g‟risida
tasavvur hosil qiladilar. O‟nliklarni ajratish o‟nlik sanoq sistemasining xususiyatlari
bilan sonlarni og‟zaki va yozma nomerlash bilan bog‟liq bo‟lgan asosiy masalalarni
o‟rganishga imkon beradi. Birinchi o‟nlikni o‟rganishda predmetlarni sanash, 1–10
gacha bo‟lgan sonlarning nomlarini, ketma-ketligi va belgilanishini, sonlarni
taqqoslashning turli usullarini (oldin predmetlarning mos to‟plamlari ustida
operasiyalar bajarish asosida, so‟ngra esa taqqoslanayotgan sonlarning qatorda
egallagan o‟rni bo‟yicha sonlarning tarkiblarini) o‟zlashtirib olish nazarda tutiladi.
O‟qitishning boshidanoq bolalardaba‟zi muhim umumlatirishlar shakllanadi.
Masalan, natural qatordagi har bir navbatdagi son qanday hosil bo‟lishi aniqlanadi,
qatorning ihtiyoriy soni bilan undan oldin keladigan va keyin keladigan hamma
sonlar orasidagi munosabatlar o‟rnatiladi va shu bilan birga bo‟sh to‟plamning
harakteristikasi sifatida 0 soni ham tanishtiriladi. Birinchi sinf darsligida oldin 11–20
ichida, so‟ngra 21–100 sonlarni nomerlash qaraladi. Sonlarni nomerlashni
o‟rganishda ikkinchi o‟nlikni ajratish sonlarning o‟nli tarkibini varaqamlarning o‟rin
qiymati prinsipini yaxshi o‟zlashtirish imkonini beradi. Ikkinchi o‟nlik sonlarini
nomerlashni o‟rganish tushunchasini shakllantirishdan boshlanadi. SHundan keyin
11–20 ichida sonlarni og‟zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning o‟nli
tarkibi, 21–100 ichida sonlarni og‟zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning
o‟nli tarkibi o‟rganiladi. Sonlarni 1000 ichida nomerlash bilan o‟quvchilarni
tanishtirish yangi sanoq birligi yuzlik bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bunda
bolalarga yangi sanoq birliklari o‟nta birlik o‟nlikni, o‟nta o‟nlik yuzlikni, o‟nta
yuzlik minglikni, yangi sinf tushunchasini kiritish o‟rgatiladi. III sinfda uch xonali
sonlarni yozish va o‟qishga doir bu sonlar sonlarning yuzliklardan, o‟nliklardan va
birlikdan hosil bo‟lishiga doir uch xonali sonni o‟nga qo‟shiluvchilarning yig‟indisi
shaklida tasvirlashga doir mashqlar beriladi. IV sinfda sinf tushunchasini kiritilib,
ikki va yuz sinflar sonlarini og‟zaki va yozma nomerlash prinsiplarini o‟zlashtirishga
oid mashqlar beriladi.
4
“O‟nlik” mavzusida sonlarni nomerlashni o‟rgatish uslubiyoti. Bolalarni 10
ichida sanash ko‟nikmalarini o‟zlashtirishlari, tartib va sanoq, sonlarning birliklardan
iborat tarkibi, sonning ikkita kichik sondan iborat tarkibi, qo‟shni sonlar orasidagi
munosabatlarni tushunish, to‟g‟ri va teskari sanoq tushunchalari bolalar bog‟chalari
va maktablar sinflar dasturida ko‟rsatilgan. SHu sababli o‟qituvchining birinchi
navbatdagi vazifasi birinchi sinfga kelgan bolalarning matematik tayyorgarlik
darajalarini aniqlashdan iborat. Bunday tekshirishni mashg‟ulotlar boshlangunga
qadar bolalarni maktabga qabul qilish vaqtida yoki o‟qishning birinchi haftasi
davomida amalga oshirish mumkin. Bolalar bilim, malaka va ko‟nikmalarini aniqlash
va tekshirishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
1. Sen sanay olasanmi? Sana-chi.
Ma‟lumki, bolalar bog‟chalari dasturiga binoan bolalar 10 gacha sanay olishlari
kerak. Birinchi sinfga kelgan ko‟pchilik bolalar 10 dan yuqori ham sanay oladilar.
Bular hali bolalar ongli ravishda sanaydilar deyishga asos bo‟la olmaydi. Sanoqning
onglilik darajasini tekshirish uchun quyidagi savollar beriladi.
2. Bu olmalarni, noklarni, sabzilarni, doirachalarni sana.
Bunda ......... qancha? (6–8 ta)
O‟quvchining to‟g‟ri javobi taxminan bunday bo‟ladi: bir, ikki, uch, to‟rt, besh,
olti. Hammasi oltita olma... Bu holda o‟quvchi oxirgi aytilgan sonni umumiy miqdor
bilan to‟g‟ri mos keltirdi va o‟quvchi tushunib sanaydi. Agar bola oxirgi aytilgan
sonni umumiy miqdor bilan to‟g‟ri mos keltira olmasa, u holda bola sanay olmaydi.
3. Stolda nechta qalam yotgan bo‟lsa, chap qo‟lingga shuncha qalam ol.
4. Bilgin-chi, qaysi doirachalar ko‟p, qizillarmi yoki ko‟klarmi?
Bu ikkala savol predmetlarning ikkita to‟plamini ularni tashkil etuvchi
elementlari soni bo‟yicha taqqoslashga doir amaliy malakalarini tekshirishga
yo‟naltirilgan. Ikki to‟plamni taqqoslashni bolalar har bir to‟plam elementlarini
sanash yo‟li bilan yoki bir to‟plamning har bir elementini ikkinchi to‟plamning
elementiga mos keltirish yo‟li bilan amalga oshirish mumkin.
5.“SHolg‟om” ertagiga ishlangan rasmga qara va kuchukcha oldida, mushukdan
keyin, nevara bilan, mushuk orasida nimalar turganini ayt.
Bunday mashqlarning asosiy vazifasi “bolalarning ...dan keyin”, “oldida turish”,
“orasida” kabi tartib munosabatlari haqidagi tasavvurlarini aniqlashdan iborat. SHu
bilan birga bolalarda “chapda o‟ngda”, “yuqori pastda” kabi fazoviy munosabatlar
tarkib toptiriladi. Tekshirishning borishida bolalar geometrik figuralarni taniy
olishlarini va farq qila olishlarini va masalalarni echa olishlarini aniqlanadi. Birinchi
o‟nlik sonlarini o‟rganishda tayyorgarlik davri va tegishli raqamlar hamda sonlar
bilan tanishtirish davri ajratiladi.
Tayyorgarlik davrining asosiy vazifasi nomerlashni o‟rganishga o‟tish uchun
zarur bo‟ladigan bilimlar, malakalar va ko‟nikmalarni aniqlash, ularni to‟ldirish va
sistemalashtirishdan iborat. Tayyorgarlik davrida quyidagi mashqlar bajariladi.