Yuz ichida sonlarni nomerlashni o‟rganishda o‟quvchilar yangi sanoq birligi
o‟nlik va o‟nlik sanoq sistemasining muhim tushunchasi – xona tushunchasi bilan
tanishadilar. Ikki xonali sonlarning hosil bo‟lish prinsiplarini nomi va yozuvini,
sonlarni og‟zaki va yozma nomerlash o‟zlashtirishning asosidir. YUz ichidagi
sonlarni nomerlashni o‟rganishda o‟qituvchining vazifasi bolalarga predmetlarni
bittalab gruppalab sanashga o‟rgatish, yuz ichidagi sonlarni o‟qish va yozishga
o‟rgatish, bolalarga o‟ngdan chapga hisoblaganda birliklar (I xona birliklari) o‟nliklar
(II xona birliklari) qaysi o‟ringa yozilishini aniqlash, u yoki bu xona birliklari
7
yo‟qligini qanday belgilashni ko‟rsatish, birinchi va ikkinchi xona birliklari, xona
soni, xona qo‟shiluvchilarning yig‟indisi, bir va ikki xonali sonlar kabi tushunchalar
va terminlarni o‟quvchilar o‟zlashtirib olishlariga erishishdan iborat. Nomerlashni
o‟rganishda ikki bosqich ajratiladi: 11–20 sonlarni va 21–100 gacha bo‟lgan sonlarni
nomerlash. 20 gacha bo‟lgan (11–20) ikki xonali sonlarni va 20 dan (21–100) katta
bo‟lgan ikki xonali sonlarni nomerlash bir-biriga o‟xshash: bu sonlarni og‟zaki va
yozma nomerlash sanoqda birliklarni o‟ntalab gruppalashga va sonlarni yozishda
raqamlarning o‟rin qiymatlari prinsipiga asoslanadi. SHu sababli ikkinchi o‟nlik
sonlarining o‟nli tarkibini o‟zlashtirish va bu sonlarni yoza olish ishi yuz ichida
sonlarni o‟zlashtirishga tayyorgarlik bosqichi bo‟lib xizmat qiladi. Nomerlashni
o‟rganishda ikkinchi o‟nlikni ajratish sonlarning o‟nli tarkibini va raqamlarning o‟rin
qiymati prinsipni yaxshi o‟zlashtirishga imkon beradi. 20 ichida so‟ngra 100 ichida
sonlar bilan tanishtirish, ushbu reja asosida amalga oshiriladi.
Oldin a) tayyorgarlik; b) og‟zaki; v) yozma nomerlash o‟rgatiladi. Ikkinchi
o‟nlik sonlarini o‟rganishga oid ishlar, ya‟ni tayyorgarlik ishi “O‟nlik” mavzusini
takrorlashda o‟tkaziladi. Bunda bolalarga birinchi o‟nlik ya‟ni 1–10 gacha sonlarning
o‟zini bilish etarli emasligini, 10 dan katta sonlarni sanay olish ham zarur ekanligini
ko‟rsatiladi. Bunda predmetlarni o‟nlikdan o‟tib sanashga oid mashqlar kiritiladi.
Masalan: Sinfning birinchi qatorida nechta o‟quvchi bor. II qatorda-chi?
Sinfdagi o‟quvchilarning hammasi qancha? SHuningdek, narsalar gruppasini sanash
bo‟yicha mashqlar (doska yonida necha juft bola bor?) kiritiladi. Xuddi shunday yo‟l
bilan cho‟p donalarini juftlab, uchtalab, beshtalab sanash, kartonga taqilgan
tugmalarni ham juftlab, beshtalab, o‟ntalab sanash mumkin. Misol tariqasida ikkinchi
o‟nlik sonlarining nomini aytishga oid mashqlardan foydalanish ham mumkin.
Sanoqda 4 sonidan keyin qaysi son aytiladi? 40 sonidan keyinchi? 7 sonidan oldin
qaysi son aytiladi? 17 sonidan oldin-chi? 20ga 1ni qo‟shsak qanday son hosil bo‟ladi?
Bunday mashqlar o‟quvchilarni birinchi o‟nlik sonlaridan tashqari ham sonlar mavjud
ekanligiga, ular ko‟pligiga, ularni belgilash, atash hosil bo‟lish qatorda kelish
tartibida bolalarga tanish bo‟lgan sonlar orasida ma‟lum o‟xshashlik borligiga
ishontiradi. Masalan, I sinf 94-, 95- betdagi rasmlar.
Ikkinchi o‟nlik sonlarini og‟zaki nomerlashni o‟rganish bolalarda o‟n haqida
tushunchani shakllantirishdan boshlanadi. Bolalar cho‟plarni 10 tadan qilib bog‟lab
o‟nta bir o‟nni hosil qilishni ko‟radilar. (94-bet 1-rasm). So‟ngra o‟ntalik cho‟plarni
sanash mashqlarini cho‟plardan foydalanib, o‟nlarni qo‟shish va ayirishni bajarib
bolalar o‟nlarni ham birlar kabi qo‟shish va ayirish mumkin ekanligiga ishonch hosil
qiladilar. So‟ngra 11 dan 20 gacha sonlarning o‟nlar va birlardan hosil bo‟lishi, ularni
nomi o‟rgatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: