31
Bir xonali sonni ikki xonali songa ko‟paytirishda sonni yig‟indiga ko‟paytirish
qoidasidan foydalaniladi.
Masalan: 3 · 17 = 3 · (10+ 7) = 3 · 10 + 3 · 7 = 30 + 21 = 51
SHuningdek o‟rin almashtirish xossasidan ham foydalanish mumkin.
3 · 17 = 17 · 3 = 51
Demak, agar ikkinchi ko‟paytuvchi ikki xonali son bo‟lsa, u holda uni o‟nliklar
va birliklarga ajratib keyin esa birinchi ko‟paytuvchini alohida o‟nliklarga va
birliklarga ko‟paytirish va natijalarni o‟qish mumkin yoki bir xonali sonni ikki xonali
songa ko‟paytirishganda ko‟paytuvchilarning o‟rinlarini almashtirish mumkin.
5 · 16 = 16 · 5 = 80;
4 · 23 = 23 · 4 = 92
4 · 23 = 4 · ( 20 + 3) = 4 · 20 + 4 · 3 = 80 +12 = 92
Jadvaldan tashqari bo‟lishni bajarishda ikki xonali sonlarni bir xonali songa
bo‟lish holi va yig‟indini songa bo‟lish usullari ko‟rsatiladi. Yig‟indini songa
bo‟lishni quyidagi masalani echish orqali tushuntiriladi. Masalan: Birinchi to‟pda 12
m, ikkinchi to‟pda 15 m material bor. Agar har bir ko‟ylakka 3 m material ketgan
bo‟lsa, ikkala to‟pdan nechta ko‟ylak tikish mumkin? (12 + 15) : 3 = 27 : 3 = 9; (12
+ 15) : 3 = 12 : 3 + 15 : 3 = 4 + 5 = 9 ya‟ni avval ikkala to‟pda hammasi bo‟lib
qancha material borligi aniqlanib, so‟ngra undan nechta ko‟ylak tikish mumkinligi
aniqlanadi, so‟ngra birinchi to‟pdan nechta ko‟ylak tikilgani topib, so‟ngra ikkinchi
to‟pdan nechta ko‟ylak tikilganini topib, topilgan natijalarni qo‟shish kerak. Demak,
I-usul: yig‟indini songa bo‟lish uchun yig‟indini hisoblab uni songa bo‟lish kerak. II-
usul: har qaysi qo‟shiluvchini songa bo‟lish va hosil bo‟lgan natijalarni qo‟shish
kerak.
Jadvaldan tashqari bo‟lishni o‟rganishda eng sodda ko‟rinishdagi misollar
olinadi, ya‟ni oldin xona qo‟shiluvchilarga ajratilganda har bir qo‟shiluvchi songa
to‟liq bo‟linadi: bunda yaxlit sonlarni bo‟lish ham eslatiladi.
24 : 2 = (20 + 4) : 2 = 20 : 2 + 4 : 2 = 10 + 2 = 12
33 : 3 = (30 + 3) : 3 = 30 : 3 + 3 : 3 = 10 + 1 = 11
36 : 3 = (30 + 6) : 3 = 30 : 3 + 6 : 3 = 10 + 2 = 12
so‟ngra 78 : 3, 32 : 2, 92 : 2, .... ko‟rinishdagi misollarni echish o‟rgatiladi.
Bunda bo‟linuvchini shunday qulay qo‟shiluvchilarga ajratiladiki bunda bu
qo‟shiluvchilarning har bir songa bo‟linishi kerak.
Masalan: 78 : 3 ni topish uchun 78 ni 21 + 57, 39 + 39, 21 + 21 + 36, 60 + 18, ...
qo‟shiluvchilarga ajratib, so‟ngra bo‟linishni bajarish mumkin.
78 : 3 = (21 + 57) : 3 = 21 : 3 + 57 : 3 = 7 + (21 + 36) : = 7 + 21 : 3 + 36 : 3 = 7
+ 7 + + (30 + 6) : 3 = 7 + 7 + 30 : 3 + 6 : 3 = 14 + 10 + 2 = 26.
Bunday hollardan tashqari bo‟linuvchini shunday qo‟shiluvchilar yig‟indisiga
ajrataylikki, unda bir qo‟shiluvchi bo‟luvchiga bo‟linadigan yaxlit son ikkinchi
ko‟paytirish va bo‟lish jadvaliga mos keladigan bo‟lsin:
78 : 3 = (60 + 18) : 3 = 60 : 3 + 18 : 3 = 20 + 6 = 26.
96 : 2 = (80 + 16) : 2 = 80 : 2 + 16 : 2 = 40 + 8 = 48.
Ikki xonali sonni ikki xonali songa bo‟lish ham jadvaldan tashqari bo‟lish
hisobiga kiradi. Bu holda ko‟paytirish amali komponentlari bilan natijasi orasidagi
bog‟lanishga asoslangan bo‟linmani tanlash usulidan foydalaniladi. Masalan: 81 : 27
ni echishda bunday mulohaza yuritiladi. 27 ga ko‟paytirilganda 81 chiqadigan sonni
32
topamiz.
2
ga
ko‟paytirib
ko‟ramiz.
27 · 2 = 54, 2 to‟g‟ri kelmaydi. 27 ni 3 ko‟paytiramiz. 81 chiqadi. Demak,
81 : 27 = 3
SHundan so‟ng ko‟paytirish va bo‟lishni tekshirish holi ham qaraladi.
Ko‟paytirish bo‟lish bilan tekshiriladi. 27 · 3 = 81; 1) 81 : 3 = 27; 2) 27 = 27
Bu misolni echilishini to‟g‟riligini tekshirish uchun 1) ko‟paytmani
ko‟paytuvchiga bo‟lamiz. 2) topilgan natija ikkinchi ko‟paytuvchi bilan taqqoslanadi.
Agar bu sonlar teng bo‟lsa, u holda ko‟paytirish to‟g‟ri bajarilgan bo‟ladi. 14 · 7 = 68
tek: 68 : 7 = 14 14 = 14. Bo‟lishni ko‟paytirish bilan tekshirish mumkin. 1) bo‟linma
bo‟luvchiga ko‟paytiriladi. 2) topilgan natija bo‟luvchi bilan taqqoslanadi. Agar bu
sonlar teng bo‟lsa, u holda bo‟lish to‟g‟ri bajarilgan bo‟ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: