Zbekiston respublikasi


    IV. XULOSA VA TAKLIFLARNING QISQACHA UMUMLASHTIRILGAN



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/22
Sana21.01.2022
Hajmi0,97 Mb.
#396498
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
mustaqillik davri ozbek sheriyatining poetik yangilanishi

 


100
 
 
IV. XULOSA VA TAKLIFLARNING QISQACHA UMUMLASHTIRILGAN 
IFODASI.
 
 
Hayot  va  jamiyatdagi  barcha  o‘zgarishlarning  asosi  inson  tafakkuridir. 
Tafakkurida  o‘zgarish  bo‘lmas  ekan,  ijtimoiy  hayotda  ham  o‘zgarish  bo‘lishi 
dushvordir.  Istiqlol  davrining  yuzaga  kelishi  ham  shuning  mahsulidir.  Ma’lumki, 
o‘z  navbatida  har  bir  jamiyat  o‘z  muammosini  yuzaga  keltiradi,  bunga  muvofiq 
insoniyatning  hayotga  qarash  tarzini  ham  o‘zgartiradi.  Bu  ruhiyat  bilan  bog‘liq 
masaladir.  70  yil  davomida  ma’naviyat,  milliy  axloq  asosi  bo‘lgan  dinidan, 
o‘tmishda  o‘zini  kim  bo‘lganligini  namoyon  qilish  qudratiga  ega  bo‘lgan  tarixi, 
milliy  qadriyatlaridan  mahrum  bo‘lgan  xalq  istiqloldan  keyin  bunga  muyassar 
bo‘lgach, unda o‘zidan, o‘z millatidan g‘ururlanish tuyg‘usi yuzaga keldi. Chunki 
u  ruhsizlikdan  qutuldi,  ruhi  ozod,  hur  bo‘ldi.  Ruhi  hur  odamning  yuragi  botir 
bo‘ladi.  U  hamma  narsani  yorqin  ko‘radi,  mohiyatini  to‘g‘ri  anglaydi.  Bu  borada 
Prezidentimiz  I.A.Karimov  shunday  deydi:  “Odamlarda  o‘zligini  anglash,  milliy 
g‘urur,  oriyat,  o‘tmishdan  faxrlanish,  porloq  kelajakni  o‘z  qo‘limizga 
olganimizdan  g‘ururlanish  kabi  tuyg‘ular  kamol  topyapti,  ularning  bugungi  va 
ertangi  kuniga  ishonchi  ortib  boryapti”
41
.Yurtboshimiznig  bu  fikrlari  bugungi 
mustaqillik davri adabiyotiga ham tegishlidir.
 
Ma’lumki,  hayotda,  jamiyatda  ro‘y  bergan  o‘zgarish  albatta  adabiyotda  o‘z 
aksini  topadi.  Bu  narsa,  ayniqsa,  she’riyatda  yorqinroq  ifodalanadi.  Bugungi 
she’riyat  kechagi  she’riyatdan  tubdan  farq  qiladi.  Kechagi  she’riyat  ko‘proq 
ijtimoiylashgan,  voqealar  zamirida  ko‘proq  hayot  ziddiyatlarini  ko‘rsatgan  bo‘lsa, 
bugungi  she’riyat  esa  o‘z  nigohini  inson  botiniy  dunyosiga  qaratdi,  uning  ruhiy 
olamini,  tuyg‘ularini  ochib  berish  borasida  kishini  o‘zini  o‘ziga  tanitdi.  Bunda  u 
birinchi  navbatda  o‘ziga  xos  yaratilgan  poetik  yangilanishlardan  (  asosan 
obrazlardan)  foydalandi.  Buning  asosiy  sababi  inson  ruhining  murakkab  tabiatini 
teran va to‘laroq ochish, shuningdek, ta’sirliroq ifodalash bilan belgilanadi. Chunki 
chin  ma’nodagi,  haqiqiy  hayotdan  olingan  obrazlarga  bugunda  har  qachongidan 
                     
41
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. –T.: O‘zbekiston, 1996. 
 


101
 
 
ham ko‘ra ehtiyoj sezilyapti. 
Badiiy adabiyotda she’riyat o‘ziga xos tur hisoblanadi. U kundan-kunga o‘zgacha 
ko‘rinish  olmoqda,  poetik  yangilanib,  boyimoqda.  Xususan,  she’rning  asosi, 
mazmuni,  mohiyatini  tashkil  etuvchi  jihatlari  zamonaviy  shoirlarimiz  ijodida  turli 
obrazlarda  namoyon  bo‘lmoqda.  Bu  hodisa  she’r  badiiyati  hodisalaridan  biri 
bo‘lib, poetik ijod-she’rning qoni, joni, suvi uning yangiligidadir degan fikrga olib 
keladi. Bizni o‘rab olgan olam va tabiat hodisalari bizga tinimsiz ta’sir etib turadi. 
Buning  natijasida  tug‘ilgan  his-tuyg‘u,  o‘y-xayollarning  she’rga  ko‘chishi  yangi 
poetik unsurlarni yuzaga keltiradi. 
Hayot  haqiqatidan  shu  narsa  aniqki,  shoirning  falsafiy  tafakkuri,  hayotiy 
mushohadasi  lirik  qahramon,  poetik  obrazlar,  ramzlar  vositasida  berilsa,  davr 
ruhini,  xalqning  orzu  istaklarini,  inson  kechinmalarini  ta’sirchan  va  yuqimli 
bo‘lishiga  imkon  yaratiladi.  Bugungi she’riyatda  shunday  qilinyapti.  Shuningdek, 
bugungi  she’riyatda  azaliy  an’analarga  bo‘ysunadigan  ananaviy  yo‘nalish  va 
bo‘ysunmaydigan  yangi  yo‘nalish,  yangicha  usul  yuzaga  keldi.  Bu  modern 
she’riyatidir. Hayotdagi, insoniyat ruhiyatidagi o‘zgarishlarni bugungi o‘zbek nasri 
uni qahramonlari faoliyatida badiiy aks ettirishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan va 
yorityapti.  Shuningdek,  u  imon  va  e’tiqod,  axloq,  ma’naviyatga,  milliylikka  katta 
e’tibor beryapti. 
Bugungi  kun  adabiyoti  kechagi  adabiyotdan  bir  qancha  xususiyati  bilan  farq 
qiladi.  Ya’ni,  odamning  qalb  iztiroblari,  quvonchlarining  betakror  tahlili  va 
ruhiyatining  turfa  ko‘rinishlari  obrazlarda  tasviranadi  hamda  voqea-hodisalar 
tasvirining  batafsilligi,  ularning  har  biri  maqsad  sari  yo‘naltirilganligi, 
qahramonlarning  o‘ta  milliy  va  individuallashganligi,  bozor  iqtisodining 
mohiyatini  ochib  berishi  bilan  o‘ziga  xoslikka  ega.  Agar  umumlashtirib  aytsak, 
voqea-hodisadan  ko‘ra,  insonning,  uning  qalbi  tahlili  birinchi  o‘ringa  chiqqanligi 
bilan  ajralib  turadi.  Buni  ijodkorlarning  yuqorida  ko‘rib  o‘tganlarimiz  she`riy 
asarlardagi kabi shakliy va mazmuniy mushtaraklikda ifoda etib kelmoqdalar.  
Yuqoridagilardan  kelib  chiqib  poetik  obraz,  lirik  kechinma,  ramziylik, 
ritmning  she’rda  muhim  o‘rin  egallashi,  ularning  tabiati  va  ifodasi  murakkab 


102
 
 
xilma-xilligini ta’kidlash joiz. Bu tushunchaning zamonaviy she’riyatda o‘ziga xos 
ko‘rinish olayotganligini e’tirof etish zarur. 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish