II.2 POETIK OBRAZ YARATISHDA XALQONA OHANG VA TUYG‘U
IN’IKOSI.
Mustaqillik davri shoirlari xalq og‘izaki ijodi yo‘nalishlarini mazmunan o‘z
davri ehtiyojlariga moslashlashtirdi. Jumladan folklor she’riyatda keng
tarqalgan bir qator obrazlardan o‘ziga zarur mazmun ifodasi uchun
foydalaniladi. O‘zgarish zarurati nechog‘lik dolzarb bo‘lmasin, mustaqillik
davri shoirlarining ijodiy izlanishlarni bazan folklor ananalari negizida
kechganini ham takidlash kerak. Bu tabiiy ham edi. Albatta o‘zgarishlar juda
qisqa davr mobaynida ammo, shunga yarasha shiddat bilan kechdi. Bugungi
kungacha adabiyotshunosligimizda bir qator olimlar tomonidan turli davrlarda (
asosan XX asr oxiri XXI asr boshlari) folklor obrazlarning bugungi adabiyotga
ta’siri
masalasida bir
qator tatqiqotlar olib borilgan. Jumladan
olimlarimiz:X.Doniyorov, S.Mirzaevning “H.Olimjon asarlarida folklor
tradistiyalari” S. Mamajonovning “Folklordan o‘rganaylik”, N.Mallaevning
“Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti”, O.Sobirovning “Sarchashma adib ijodida”,
kabi asarlarda folklor obrazlarining yozma adabiyotga ta’siri haqida fikr
yuritilgan. “Yozma adabiyotning mifik obrazlarni o‘zlashtirishi haqida
T.Xo‘jaev “XV asrning 1-yarmi o‘zbek adabiyoti va folklorning o‘zaro ta’siri”
mavzuidagi nomzodlik dissertastiyasida batafsil to‘xtaldi”.
22
Tadqiqotimizni
anashu asarlardan foydalanib olib boramiz.
Folklor obrazining nomlanishi, mohiyatidagi ayrim jihatlar aynan
ko‘chirilsa-da, yozma adabiyot o‘zlashtirgan folklor obrazi aynanligi
ta’minlansa-da, u ilgarigi holatini ma’lum ma’noda yo‘qotib, yozma adabiyot
qonun-qoidalariga buysunadi, yangi obraz paydo bo‘ladi. U usluban folklor
obraziga xos bo‘lsa-da, yozma adabiyot bag‘rida qayta tug‘ilgan, stilizastiya
qilingan obrazdir. Ehtimol shu sababli ham qatiiy hukm maqomidagi xulosalar
chiqarish ancha mushkuldir. Shunga qaramay bir qarashda istiqlol shoirlari
ijodida anana va yangilik nisbati turlicha ekanligi ko‘zga tashlanadi: birlarida
22
R. Nosirov. Xalq qo‘shiqlari kompozitsiyasi Toshkent, “Fan” 2006
65
an’ana ustivor, boshqalarning ijodiy tadrijida an’anaviylikdan yangilik tomon
o‘zgarish, tag‘in bazi birlarining ilk she’rlaridayoq yangilikka intilish nomoyon
bo‘ladi.
Folklor obrazining nomlanishi, mohiyatidagi ayrim jihatlar aynan ko‘chirilsa-da,
yozma adabiyot o‘zlashtirgan folklor obrazi aynanligi ta’minlansa-da, u ilgarigi
holatini ma’lum ma’noda yo‘qotib, yozma adabiyot qonun-qoidalariga
buysunadi, yangi obraz paydo bo‘ladi. U usluban folklor obraziga xos bo‘lsa-da,
yozma adabiyot bag‘rida qayta tug‘ilgan, stilizastiya qilingan obrazdir.
“Xalqqo‘shiqlarida daraxt, soch, terak, choy, suv, daryo, gul, olov, shu’la kabi
yuzlab ramziy obrazlar orqali lirik qahramon ruhiyati ochib berilgan bo‘lsa,
yozma she’riyatda bu obrazlar o‘zlashtirilganda ularning haqiqiy mohiyati goh
saqlab qolindi, goh boshqa vazifa va boshqa ma’noda talqin qilindi. Yozma
adabiyot ijobiy mifologik obrazlar sifatida Xizr, chiltonlar, pari; salbiy
mifologik obrazlar sifatida iblis, shayton, jin, ajina, alvasti, jodugar, yalmog‘iz,
dev kabilarni qo‘llab, o‘z g‘oyasi va maqsadi yo‘lida ishga soldi”
23
.Bu obrazlar
mustaqillik davri she’riyatida ham bir qator o‘rinlarda turli ma’nolarni ifodalash
uchun qo‘llaniladi. Yuqoridagi obrazlar hozirgi davrga kelib asosiy vazifasi
qiyoslash vositasini taminlash uchun xizmat qilmoqda. Yaniki, tasvirlanayotgan
obrazning biron bir xususiyatini yuqoridagi orazlarga o‘xshatish orqali
qahramonning xarakter xususiyatini, jamiyatdagi o‘rnini yoritib beriladi.
O‘zbek she’riyatida xalqqo‘shiqlaridagi ramziy obrazlar stilizastiyasi ayricha
jarayon sifatida kechdiki, bu hanuz davom etib kelayotgan jarayondir.
Folklorshunos A.Musaqulov “O‘zbek xalq lirikasi, tarixiy asoslari, badiiyati”
monografiyasida yozma she’riyatdagi ramziy obrazlarni tadqiqqilish, solishtirish
ramziy obrazlar mohiyatidagi o‘zgarishlarni talqin etish, shoirlar yaratgan
ramziy obrazlarni tahlilga tortish yirik tadqiqotlarga asos bo‘ladi deb to‘g‘ri
e’tirof etadi. Uning fikricha, suv kulti marosim va sevgi tushunchasi bilan
bog‘liqdir. Folklor obrazlarining yozma adabiyot tomonidan o‘zlashtirilishi
ijodkor fikrining chuqurroq anglashilishi, asarning jozibali bo‘lishi uchun
23
A.Musaqulov “O‘zbek xalq lirikasi, tarixiy asoslari, badiiyati” Toshkent 1995-y
66
xizmat qiladi, yozma she’riyatga xos obrazlar safini kengaytiradi. Zotan, folklor
obrazlari o‘rinli, mantiqli tarzda qo‘llansa, yozma adabiyotda obrazlar olami
yanada kengayadi.
Mustaqillik davrida yaratilgan xalqona ruhdagi she’rlarning xalqchilligi
sirlaridan biri bu ifodalanayotgan fikrning xalq tiliga yaqinligidir. Shu bilan
birga tasviranayotgan obrazning ichki kechinmalarini xalqona ruh va xalqona
ifoda orqali ifodalanishidir. Bu esa obrazlarning haqiqiy ishonarli bo‘lishiga olib
keladi. Mustaqillik she’riyatida xalqhayoti, turmush tarzi, turli davrlardagi
e’tiqodiy qarashlar bilan bog‘liq motivlar stilizastiyasi alohida o‘rin tutadi.
Aytaylik, qadimda insonnning u yoki bu jonivor bilan qarindoshligiga
ishonilgan. Bu totemizm deb yuritiladi. O‘zbek xalqi otni, bo‘rini o‘ziga totem
ajdod hisoblagan. Hatto o‘lgan insonlarning ruhi ham totem jonivorlarga
ko‘chib o‘tadi, deb qaralgan. E’tiborli jihati shundaki, bu ibtidoiy qarashlar
motam marosimiga aloqador xalqqo‘shiqlari vositasida yozma adabiyotda
yaratilgan marsiyalarga-da ko‘chib o‘tgan. Jumladan, bunga H.Xudoyberdieva
qalamiga mansub yo‘qlovdan misol keltirish mumkin:
Endi mening kunimga kim yaraydi,
Bolam bo‘ldi bir qashqirning ozug‘i.
Ordan o‘lim avlo-degan, voy bolam-ey,
Go‘dakligin qashqir egan, voy bolam-ey.
Horib shivirlaysan:
-Joningiz qayda?
-Shumi?-Qilichimni ko‘lga tashlaysan,
-Balki bu?-Qo‘lingni cho‘zasan yoyga…
Shu o‘rinda totemizm atmasi nima o‘zi degan haqli savol tug‘iladi? Totemizm,
bunda inson vafot etganidan keyin yashashni davom ettiradigan o‘zga bir
olamga ketadi va boshqa va boshqa bir jonzodga aylanib yashashni davom
ettiradi degan aqidaga ishonch paydo bo‘ladi. Shuning uchun kimdir burgutga,
67
yana kimdir ayiqqa, boshqa birov esa kiyikka etiqod qilib ularni o‘z akasi yoki
ukasi o‘rnida ko‘rib, shakli tushurilgan tumorlarni bo‘yinlariga osib yurganlar.
Ijodkor xalqqa yaqin ohanglarda dardini aytishga intilib, ko‘ngil dardlarining xalq
yuragidan joy olishi uchun folklor ohanglaridan foydalanishi mumkin. Ba’zan bu
hol to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuz beradi, chunki ijodkor xalqqo‘shiqlari, dostonlarini
tinglayverib, xalqona ohang vujud-vujudiga, ruhiga singib ketgan bo‘ladi. Shunda
beixtiyor folklorga xos ritmiklikdan foydalanib she’rlar bitiladi. Hatto bu haqda
To‘ra Sulaymon shunday yozadi:
Xalq yo‘lida she’r yozish
Oppa-oson ish ekan,
Boshqalarning turganu
Bitgani tashvish ekan,
Xalq orasida ruhning barhayotligiga ishonch haligacha saqlanib
kelayotganligini
yangidan-yangi
yozilayotgan
marsiyalarda
hamon
saqlanayotganligi yana bir karra tasdiqlaydi. Qadimgi ajdodlarimiz inson o‘lgach,
uning ruhi yashashda davom etishiga, faqat u boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishiga
qattiq ishonganlar. O‘lgan odamlarning ruhi qush, hasharotlar, gul, yomg‘ir,
shamol ko‘rinishida bu dunyoga qaytib kelishiga amin bo‘lganlar. Qizig‘i shundaki,
xalqqo‘shiqlariga xos abadiy hayot, ruhning boqiyligi, uning bir ko‘rinishdan
boshqa ko‘rinishga evrilishi haqidagi ibtidoiy mifologik tasavvur-tushunchalar
hozirgi zamonda yaratilayotgan marsiyalarda ham ko‘zga tashlanadi. Bu esa,
marsiyalarning xalq motam qo‘shiqlariga xos an’analar zaminida yaratilib, shu
asosda badiiy tadrijga erishganligini to‘la asoslaydi. Motam qo‘shiqlariga xos
an’anaviy motivlar, ramziy obrazlar, tasvir usuliga xos xususiyatlar, kompozstion
belgilar hozirda yozma adabiyotda yaratilayotgan marsiyalarda ham uchrashi
ko‘zga tashlanadi. Shu orqali marhumlar xotirasini ardoqlash va sharaflash
an’anasini o‘zida saqlab kelayotgan marsiyalar folklor hamda yozma adabiyot
aloqalarini yorqin aks ettiradi. Bugungi she’riyatda bu kabi voqelikni turli
68
shakllarda bejab-bo‘yab ko‘rsatishga qarshi o‘laroq falsafiy mushohadakorlik,
sertimsol idrok va ifoda realistik tasvirda alohida yo‘nalish kasb etdi. Bugungi
kunda marsiya yaratishda ham voqelikning zohiriy jihatlari emas, botiniy jihatlari
qahrmon ruhida kechayotgan kurash, tuyg‘u ustuvorligi kabi tahlillar ustivorlik
qilmoqda. Tabiyat, jamiyat, inson psixologiyasini vobasta tushuntirishda yangicha
ijodiy munosabat-falsafiy idrok va ifoda saviyasini yuksaltirdi. Albatta, yuqoridagi
jihatlarning bir qirrasi folklorning boy ma’naviy me’rosiga borib taqalayotgani
quvonarli holdir.
“Aslida marsiyalar maishiy voqelikka daxldor, biror-bir kishi vafoti
munosabati tufayli ma’lum bir ijodkorning ko‘nglidan kechgan his-tuyg‘ulari va
hasratlarini she’riy tarzda ifodalash ehtiyoji bilan yaratiladigan badiiy shakl tiplaridan
biri sifatida lirikaning boshqa janrlaridan ajralib turadi”
24
. Hozirgi o‘zbek she’riyatida
xalq yig‘i va yo‘qlovlari xarakterida yaratilgan lirik asarlar “marsiya”, “yo‘qlov”,
“xotira”, “...xotirasiga”, “bag‘ishlov”, “girya”, “qo‘msash” va hokazo kabi nomlar
bilan yuritiladi. Ularda shunday motivlar va obrazlar uchraydiki, bevosita motam
marosimiga aloqador ayrim urf-odatlarni, irim-sirimlarni, mifologik tasavvur-
tushunchalarni o‘zida ifodalashi bilan diqqatni tortadi.
Marsiyalar yozma xarakterda yaratilishi, yakka ijod mahsuli bo‘lishi, bir
kishining his-tuyg‘ularini ifoda etishi, marosimga daxlsizligi, ijroga moslashmaganligi
bilan xalq aza qo‘shiqlaridan ajralib turadi. Lekin shunday bo‘lsa-da, ular motam
marosimi folklori janrlariga xos g‘oyaviy, badiiy-kompozistion xususiyatlarni o‘zida
ifodalab kelishi kuzatiladi. Jumladan, marsiyalarda ham xuddi motam marosimiga
aloqador yig‘i va yo‘qlovlardagi kabi kishining o‘limiga achinish, marhumni
xotirlash, qo‘msash motivlari yetakchilik qiladi.
Xususan, bugun ham xalq og‘izaki ijodidadagi marsiyalar asosida yaratilgan
bir qator she’riy namunalarni uchratish mumkin. Fikrimizni dalillovchi yana bir asos
shuki, bugungi she’riyatimizdagi bazi bir namunlarni xalq og‘izaki ijodida ham
uchraydi. Bu fikrlarimiz bilan tog‘ridan to‘g‘ri ko‘chirilgan, obrazlar sistemasida
umuman o‘zgarish bo‘lmagan degan fikrdan ancha yiroqmiz. Shuni takidlash
24
A.Musaqulov “O‘zbek xalq lirikasi, tarixiy asoslari, badiiyati” Toshkent 1995-y.
69
muhimki, ijodkor qaynoq ijod jarayonida ongida yig‘ilgan ma’lumotlardan
foydalanadi. Bu esa, avval mavjud bo‘lgan obrazning qayta jonlanishiga sabab
bo‘ladi, natija esa, qayta ishlangan ananaviy obrazning yangi namunasidir. Misol
tariqasida Rauf Parfining “Abdullajon marsiyasi”ni olishimiz mumkin .
Xullas, Rauf Parfining “Abdullajon marsiyasi” she’ri uch qismdan iborat
bo‘lib, u shoirning yoshlikdagi qadrdon do‘sti Abdullajonning vafoti munosabati bilan
yozilgan. She’rda xalqning o‘lim hodisasiga munosabati, marhumlar ruhiga ishonchi,
qayta tirilishga iymon keltirishi yorqin tasvirlangan. She’r o‘liklar ruhini ifoda etuvchi
ramziy obrazlarga boyligi jihatidan yanada e’tiborni tortadi. U xalq yig‘i va
yo‘qlovlari kabi barmoq vaznida, to‘rtlik tipidagi she’riy shaklda yozilgan. She’rning
ohangi ham xalq yig‘i va yo‘qlovlari ohangiga juda yaqin. Folkloriy ohangning
stilizastiya qilinishida nafaqat vaznning, balki tavze’ san’atining ham hissasi bor.
Rauf Parfi “Abdullajon marsiyasi” she’rida qush obrazini marhum ruhi
timsolida keltiradi. Agar qush xalq yig‘i yo‘qlov qo‘shiqlarida an’anaviy ramziy
obrazlardan biri sifatida ruh va marhum timsolini yoki o‘lim ramzini ifodalab kelishini
esga olsak, shoirning bu o‘rinda xalqona usuldan foydalanganini sezamiz.
Qushlar, qushlar, qator-qator,
Qushlar uyga qaytingiz.
Abdullajon qaytmas ... zinhor,
Yor-do‘stlarga aytingiz .
Xuddi shu she’riy parcha ohangiga mos qo‘shiq xalqda ham bor:
Otmang mani toshlar bilan,
Uchib ketarman qushlar bilan.
Qushlar qaytar, men qaytmasman,
Ko‘zlar to‘lar yoshlar bilan.
Bu to‘rtliklarning har ikkalasi ham ruhning qush bo‘lib uchib ketishiga
70
daxldor xalqona ishonch zamirida yaratilgan. E’tiborli jihati shundaki, to‘rtliklarning
har ikkalasida ham qushlar singari uchib ketgan jonning endi qaytib kelmasligiga
ishora qilinadi.
Xalq
orasida
ruhning
barhayotligiga
ishonch
haligacha
saqlanib
kelayotganligini yangidan-yangi yozilayotgan marsiyalarda hamon saqlanayotganligi
yana bir karra tasdiqlaydi. Qadimgi ajdodlarimiz inson o‘lgach, uning ruhi yashashda
davom etishiga, faqat u boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishiga qattiq ishonganlar. O‘lgan
odamlarning ruhi qush, hasharotlar, gul, yomg‘ir, shamol ko‘rinishida bu dunyoga
qaytib kelishiga amin bo‘lganlar. Qizig‘i shundaki, xalqqo‘shiqlariga xos abadiy
hayot, ruhning boqiyligi, uning bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga evrilishi haqidagi
ibtidoiy
mifologik
tasavvur-tushunchalar
hozirgi
zamonda
yaratilayotgan
marsiyalarda ham ko‘zga tashlanadi. Bu esa, marsiyalarning xalq motam qo‘shiqlariga
xos an’analar zaminida yaratilib, shu asosda badiiy tadrijga erishganligini to‘la
asoslaydi.
Xalqqo‘shig‘ida:
Otajonim, yomg‘ir bo‘lib yog‘sangiz,
Boshim ochib chiqardim.
Shamol bo‘lib kelsangiz,
Ko‘ksim ochib chiqardim,
-deb kuylansa, shoir Rauf Parfi tomonidan yozilgan “Abdullajon
marsiyasi”da:
Shamol kabi uchib o‘tgaysan,
Shovullaysan boshimda har zum.
Aytilmagan qo‘shiq aytgaysan,
Yaproqlarni otgaysan uzib,
-deyiladi.
Shoir
ajdodlarimizning
qarashlariga
suyanib,
do‘stining
ruhi
o‘lmaganligiga, u hamisha odamlar bilan birga ekanligiga, faqat ko‘zga ko‘rinmas
71
qiyofada namoyon bo‘lishiga ishonadi. ”Abdullajon marsiyasi”da xalqona ifodalar
juda ko‘p. Masalan, shoir o‘limni “yorug‘ olamni tark etish” yoki “bu dunyoni
butunlay tark etish”, marhumni tuproqqa dafn qilish holatini “sovuq erga qo‘ydek
seni”, marhum holatini esa “nafas olmay ul uxlaydi, ko‘kragida o‘ng qo‘li” deya ifoda
etadiki, bular xalq orasida ham tez-tez quloqqa chalinib turadigan ifodalardir.
Xalqqo‘shig‘ida:
Otajonim, yomg‘ir bo‘lib yog‘sangiz,
Boshim ochib chiqardim.
Shamol bo‘lib kelsangiz,
Ko‘ksim ochib chiqardim,
-deb kuylansa, shoir Rauf Parfi tomonidan yozilgan “Abdullajon
marsiyasi”da:
Shamol kabi uchib o‘tgaysan,
Shovullaysan boshimda har zum.
Aytilmagan qo‘shiq aytgaysan,
Yaproqlarni otgaysan uzib,
-deyiladi. Shoir ajdodlarimizning qarashlariga suyanib, do‘stining ruhi
o‘lmaganligiga, u hamisha odamlar bilan birga ekanligiga, faqat ko‘zga ko‘rinmas
qiyofada namoyon bo‘lishiga ishonadi. ”Abdullajon marsiyasi”da xalqona ifodalar
juda ko‘p. Masalan, shoir o‘limni “yorug‘ olamni tark etish” yoki “bu dunyoni
butunlay tark etish”, marhumni tuproqqa dafn qilish holatini “sovuq erga qo‘ydek
seni”, marhum holatini esa “nafas olmay ul uxlaydi, ko‘kragida o‘ng qo‘li” deya ifoda
etadiki, bular xalq orasida ham tez-tez quloqqa chalinib turadigan ifodalardir.
Demakki, folklor bilan zamonaviy adabiyot bir-biri bilan bog‘liq. Xalq og‘izaki ijodi
ma’lum m’noda zamonaviy adabiyot uchun maktab vazifasini bajaradi. Bunday
misollarni faqatgina marsiya janrida emas balki, boshqa yo‘nalishlarda yaratilgan bir
qator ijod namualarida ham uchratish mumkin.
72
Jonim senda deyman-aylanmas tilim,
Jonim sensan deyman-yuragim to‘nar...
Mening omonatim...
Jonim!
Sevgilim!
Usmon Azimning “Ertak” she’ridan keltirilgan ushbu parchaning birinchi
misrasida ertaklarda uchraydigan “epik qahramonning joni qilichida bo‘lishi”
an’anaviy usulidan foydalanilgan. Ma’lumki, bu usulning tarixiy asosida animizmga
ishonch g‘oyasi yotadi. Ikkinchi misrada esa lirik qahramon o‘z jonining ma’lum
jonsiz predmetda emas, real shaxsda, aniqrog‘i, sevgan ma’shuqasida ekanligini
ta’kidlaydi. Bu misralar, o‘z navbatida, insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyotida yuz
bergan o‘zgarishlarni aks ettirmoqda. Chunki ikkinchi misra orqali davrlar o‘tishi
bilan xalqning mifologiyaga ishonchi susayib ijtimoiy tus kasb etgani, reallikka
ishonchi orta borganan anglashiladi.albatta, bu o‘rinda voizlikka aslo o‘rin qolmagan,
endi aytmoqchi bo‘lganlarni san’at yo‘li bilan obrazlar vositasida aytish mumkin edi.
Agar birinchi misradagini obyektiv omil deb qarasak, ikkinchi misradagi ahamiyati
undan aslo kam bo‘lmagan subyektiv inson omilini ham ta’kidlamoq zarur. Bu avvalo
faol harakatdan uzilgan faol harakatdan uzilgan ijodkoda mavjud voqelikni qayta
idrok etish imkonini ham yaratadi.
She’riyatimizda yana bir qator obrazlar mavjudki bularni folklor ta’sirida
yaratilgan obrazlar deb baholashimiz mumkin. Agar quyidagi A. Oripovning she’rini
o‘rganadigan bo‘lsak, bunda moziy bilan bugunning qandaydir ko‘rinmas iplar bilan
bog‘langanligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Tush ta’birlarida zilzila hodisasi
ko‘pincha o‘lim sodir bo‘lishidan darak sifatida talqin qilinadi. Bunday xalqona talqin
A.Oripovning “Shoir Chorijon marsiyasi”da badiiy ifoda tarzida keltirilganligi
kuzatiladi:
Uyingda yuz berdi zilzila,
Bu ne hol bahorda zilzila.
Hech kimning shogirdi o‘lmasin.
73
Ma’lumki, zilzilalar tasodifan yuz berib, insonlar boshiga kulfat, tashvish
yog‘diradi. U tufayli ko‘pincha o‘lim yuz beradi. Odamlarning uylari vayron
bo‘lib, boshpanasiz qoladilar. Qancha-qancha kishilarni tom bosib qoladi. Xullas,
zilzila tufayli odamlarning oromi, tinchi buziladi. Shuning uchun tush ta’birlarida
va badiiy asarlarda zilzila ko‘pincha falokat, yomonlik, o‘lim ramzini bildirib
keladi. Yuqoridagi marsiyada zilzilaning aynan bahorda yuz berganligini alohida
ta’kidlash bilan she’r qahramoni Chorijonning ayni yoshlik chog‘ida, umrining
gullagan pallasida vafot etganligi bildiriladi.
Agar biz folklor bilan bugungi she’riyatni ilmiy taqoslashni davom ettirsak,
bevosita ritm masalasigaduch kelishimiz tabiiy. Xo‘sh, ikkala davr she’riyatidagi
ritmning bir-biridan farqli va o‘xshash jihatlari nimada? Avvalgi tadqiqotlarda bu
haqida qanday fikrlar yuritilgfan degan savollar yuzasida atroflichayondashamiz.
Odatda, folkloriy ritm stilizastiyasi ikki yo‘l bilan hosil qilinadi: 1.Bilvosita yuzaga
kelgan folkloriy ritm stilizastiyasi. 2.Bevosita yuzaga kelgan folkloriy ritm
stilizastiyasi.
Bilvosita yuzaga kelgan folkloriy ritm stilizastiyasi tazmin bog‘lash yoki
janr stilizastiyasi jarayonida yuzaga keladi. Shoir xalqning biror asariga tazmin
bog‘lar ekan, undagi ritmik ohangdorlikni ham stilizastiya qiladi.
Shoirlar xalq dostoni va xalq qo‘shig‘i ritmik ohangdorligini stilizastiya
qilishi mumkin. Bugungi o‘zbek she’riyatida ko‘pincha “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”
kabi dostonlarga murojaat qilindi. Bu davrda she’riyat mustaqillikni kuylash va
buning qanchalik muhimligini xalqqa etkazish yo‘llarini axtarayotgan edi. Endigina
qaramlik iskanjasidan ozod bo‘lgani bois erk uchun kurash yo‘lida Alpomish,
Go‘ro‘g‘li, Boychibor, G‘irot kabi obrazlarni yordamga chaqirdi. Xalq dostonlari
ohanglari xalqning qalb-qalbiga singib ketgani bois bu ohanglardan foydalanish
maqsadga etishni osonlashtirardi. Shoir dostondan bayt yoki satr keltirib, uni
davom ettiradi. Oqibatda folkloriy ritm stilizastiyasi bilvosita yuzaga keladi.
“Xalqqo‘shiqlari ohanglarida shoirlar goh xiyonatni qoralasalar, goh
sadoqatni ulug‘ladilar. Oqibat xalqona ohanglar yordami ruhiy ko‘tarinkilik
berishiga ishonib, xalqning mashhur qo‘shiqlariga tazmin bog‘lash orqali dardlarini
74
oshkor qildilar”
25
.
Xalq dostonlari ohanglarini o‘zlashtirgan o‘nlab she’rlar she’rxonga taqdim
qilindi:
Qurru-yo qur, hayt-a, to‘ramning oti,
Oq to‘shim-yayloving, sochim shipirtki.
Zebo Mirzaevaning “Boychibor haqida qo‘shiq” she’ri “Alpomish
dostonidan olingan shu misralar bilan boshlangan. Ma’lumki, Boychibor poygada
yutqizib qo‘yadiganday tuyulganda Barchin unga murojaat qilib yolvorgan.
Barchinning bu yolvorishi yuqoridagi satrlar bilan boshlanadi. Shoira she’ri uchun
bu satrlar-libos. She’rda 80-yillargacha xalqimiz taqdirida yuz bergan fojialar
Barchin tilidan kuylanadi. She’r mazmunida Barchin umrining asosiy qismi
voqealari libos qilib olinganu, libos ichida shoira dardlari, xalqqismatiga
kuyinishlari jo qilingan. Kuylash jarayonida shoira goh“Alpomish ohanglariga”
ergashsa, goh xalqona ohanglarni qalb ohanglari bilan sintezlashtiradi:
Alpim, qironlarda qiyilgan alpim,
Yurtingni na shoh, na sulton taladi.
Na elning, na tilning farqiga borgan
Qullaring taladi, Ulton taladi.
Yo‘ldosh Eshbekning “O‘zbekning oti” she’rida esa “Alpomish” dostoni
ritmikasi to‘liq stilizastiya qilingan. Faqat dostondagi bu parcha 4,5,8 misrali
bandlardan iborat bo‘lsa, she’rda 4 misrali banddan foydalanilgan. Ayni chog`da,
dostonda har band oxirida “O‘zbekning oti” birikmasi aynan saqlanib, misraning
qolgan qismi o‘zgargan, she’rdagi barcha bandlarda to‘rtinchi satr bir xildir.
Dostonda “Asl tulpor ekan o‘zbekning oti”, “Bo‘shalsa, o‘zadi o‘zbekning oti”,
“Avaylab o‘zadi o‘zbekning oti” satrlari o‘rniga faqat “Bo‘shalsa, o‘zadi
o‘zbekning oti” satri qo‘llanilgan. Shu tafovutlar doston va she’r orasidagi ohang
25
A.Musaqulov “O‘zbek xalq lirikasi, tarixiy asoslari, badiiyati” Toshkent 1995-y
.
75
aynanligiga rahna soladi. Xalq dostonida bu misra qalmoq sinchisining
Boychiborga bergan ta’rifining kulminastiyasi bo‘lsa, she’rda Boychibor orqali
xalq dardi, qaramlik iztiroblari, hurlikning esa yaqinligi ifodalangan.
Qil arqonlar botar oyoqlariga,
Katta ko‘zlarida elning faryodi.
Dushmanlar kiradi tuyoqlariga,
Bo‘shalsa, o‘zadi o‘zbekning oti.
Dostonda Boychiborning oyoqlariga gulmixlar kirsa, she’rda “dushmanlar
kiradi”. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday she’rlarda stilizastiyaning bir necha turi
sintezlashib keladi. Yuqoridagi she’rda motiv, obraz, ritm stilizastiyasi o‘zaro
vobasta bo‘lib kelgan. Mumtoz she’riyatda tazmin bog‘lash qat’iy qoidalarga ega:
unga ko‘ra olingan misra yoki bayt vazni, qofiyasi, radifi mukammal saqlanmog‘i
lozim. Ammo xalqqo‘shiqlariga bog‘langan tazminlarda aksar hollarda bu
qoidalarga amal qilinmaydi. Eshqobil Shukurning “Sunbula” she’ri xalqqo‘shig‘iga
bog‘langan tazmindir. Ammo unda xalqning:
Sunbula-yo sunbula,
O‘rab olay gul bilan.
Mening ko‘nglim siz bilan-oy,
Siz ketasiz kim bilan.
– satrlari naqarot vazifasida bir necha bor takrorlangan. Shoir satrlarida esa
xalqona ohang, qofiya, vazn saqlanmagan. Bu kamchilik emas, shoir kayfiyati,
shoir uslubidagi o‘ziga xoslik, xolos.
Ohang stilizastiyasi ayrim lirik janrlar stilizastiyasi yordamida ham yuzaga
kelishi mumkin. Alla, yor-yor va yig‘i stilizastiyasi ko‘p hollarda ohang
stilizastiyasini ham hosil qiladi. Chunki bu janrlarni stilizastiya qilishda ohang
muhim omillardan biri sanaladi. Demak, alla, yor-yor, yig‘i stilizastiyasi ularga
76
xos ritmik ohangdorliksiz kemtik bo‘lib qoladi.
Samandar Vohidovning “Anduh” dostoni tarkibidagi yig‘i stilizastiyasi
xalq yig‘ilaridagi ohangni yodga soladi.
Kuylakchalar tikkan edim,
Chiriydimi bo‘g‘chada, bolam-ey, vo bolam.
Bolang emas, nolam endi.
Izg‘iydimi ko‘chada, bolam-ey, vo bolam.
She’rdagi xalqona ohangni yig‘iga xos “bolam-ey, vo bolam” - an’anaviy radifi
ta’minlagan. Shuningdek, adabiy alla va adabiy yor-yorlarda ham ritm
stilizastiyasini yuzaga keltiruvchi etakchi omil an’anaviy radif sanaladi.
Xalqqo‘shiqlarida lug‘aviy ma’no ifodalamaydigan shunday so‘z takrorlari tez-tez
uchrab turadi. Ular ko‘pincha qarsak jo‘rligida ijro qilinadigan xalqqo‘shiqlari
tarkibida uchrab, qarsak miqdori va raqs harakatini belgilash uchun omil vazifasini
o‘taydi hamda qo‘shiqqa betakror musiqiy ohang bag‘ishlaydi.
Poetik obraz yaratishda xalqonalik mavzusidagi fikrimizni davom ettirish uchun
shu mavzuga oid bo‘lgan maqolamizni keltirib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |