Zbekiston respublikasi


T. RAJABOV (BuxDU magistranti)



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana21.01.2022
Hajmi0,97 Mb.
#396498
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
mustaqillik davri ozbek sheriyatining poetik yangilanishi

T. RAJABOV (BuxDU magistranti) 
MUHAMMAD YUSUF IJODIDA XALQ OG‘ZAKI  IJODINING O‘RNI 
 
Hech  bir  narsa  o‘z-o‘zidan  yuzaga  kelib  qolmaydi.  Har  bir  narsaning  ro‘yobga 
chiqishi  uchun  ma’lum  bir  vaziyat,  vaqt  hamda  harakat  kerak.  Shu  jumladan, 
zamonaviy  o‘zbek  she’riyati  ham  o‘z-o‘zidan  yaralmagan.  Aksincha,  milliy 
poeziyamiz  ham  muttasil  tarraqiy  etib,  asrlar  davomida  sayqallanib,  ajdodlardan 
avlodlarga  me’ros  bo‘lib  kelmoqda.  Har  qaysi  davrda  ham  ijodkor  uchun 
adabiyotni,  jumladan,  she’riyatni  yuksak  cho‘qqilarga  ko‘tarish,  go‘zal  tashbehlar 
bilan  boyitish  dasturulamal  vazifasini  o‘tagan.  Ammo  poeziya  har  bir  davrda 
turlicha shaklda, goh yuksalib, goh pasayib bugungi kungacha yetib keldi. 
          Umuman  olganda,  adabiyotni    qadimgi    fanlardan  biri  deb  da’vo 


77
 
 
qilishimizga bir qator asoslarimiz bor masalan: odamzod yaralibdiki qilgan barcha 
yaxshi  va  yomon  kashfiyotlarini  san’at  darajasiga  ko‘tarish  uchun  harakat  qildi. 
San’at  esa    adabiyotning  bir  qismini  tashkil  etadi.  Ibtidoiy  to‘da  davrida  ham 
paleolit,  mezolit,  neolit  davrlarida  ham  odamzod  tinmay  ijod  qildi,  san’at  va 
adabiyotning  debochalarini  ham  o‘sha  davrdan  qo‘ya  boshladi.  Bularga  yorqin 
misol  qilib  Altamir,  Lasko,  Kapova  g‘orlaridagi  yozuv  va  suratlarni  olishimiz 
mumkin.  Bular  ham qaysidir  ma’noda  o‘sha  davr  uchun adabiyotning eng  yuqori 
ko‘rinishi edi. Shu omilar natijasida vaqtlar o‘tishi bilan xalq og‘zaki ijodi yuzaga 
keldi.  Bu esa, keyingi davr she’riyatiga  o‘z tasirini o‘tkazdi.  Faqat har bir davrda 
yangilanish  jarayonida  poetik  obrazlar  jilolanib  bordi.  Poetik  obraz  va  so‘z 
uyg‘unligi kabi tushunchalar takomillashib bordi. Ushbu kuzatishlarimiz davomini 
“O‘zbekiston xalq shoiri’’ Muhammad Yusuf ijodi bilan bog‘lab o‘rganib ketamiz. 
        Noyob  iste’dod  sohibi  Muhammad  Yusuf  o‘z  ijodida  bir  qator  xalq 
qo‘shiqlaridan,  masal,  maqol,  topishmoq  va  b.  foydalanib  ijodining  serjiloligini 
taminlagan.  
                  “To‘shagim shu tuproq, 
                   Ko‘rpam ko‘kda bulutdir 
                   Mening akam ulug‘ tog‘, 
                   Mening ukam burgutdir”
26

 
         Mehnat  faoliyati,  tevarak  olam  haqida  to‘plangan  bilimlar  asta-sekin  inson 
fikrlash  qobilyati  va  tafakkurini  o‘zgartirib  bordi.  Odamlar  o‘zilariga  tushunarsiz 
bo‘lgan  hodisalar  haqida  o‘ylay  boshladilar:  kun  bilan  tun,  yil,  fasllar  almashishi, 
vulqonlar otilishi, yer qimirlashi va boshqa tabiat hodisalari odam e’tiborini o‘ziga 
tortgan.  Anashu  hodisalarning  mazmunini  to‘liq  tushunib  yetmagan  odamlar, 
momaqaldiroq, yashin, shamol, yomg‘ir kabi tabiat kuchlariga sig‘ina boshladilar. 
Bularni  qadimgi  odamlar  ruh  mujassamlashgan  tabiyat  kuchlarining  harakati  deb 
tushundi. Odamlarni o‘rab turgan  muhitda jon  va ruhlarning  mavjudligiga e’tiqod  
fanda  animizm  nomini  olgan.  Eng  qadimgi  odamlar  u  yoki  bu  buyumlar  omad 
                     
26
Muhammad Yusuf  Saylanma“SHARQ” 2007.
 


78
 
 
keltirishiga  ham e’tiqod qilganlar. Bu e’tiqod fanga  fetishizm  nomini olgan. Yana 
fanga totemizm atamasi ham ma’lum bo‘lganki, bunda inson vafot etganidan keyin 
yashashni  davom  ettiradigan  o‘zga  bir  olamga  ketadi  va    boshqa  bir  jonzodga 
aylanib  yashashni  davom  ettiradi  degan  aqidaga  ishonch  paydo  bo‘ladi.  Shuning 
uchun kimdir burgutga, yana kimdir ayiqqa, boshqa birov esa kiyikka e’tiqod qilib 
ularni  o‘z  akasi  yoki  ukasi  o‘rnida  ko‘rib,  shakli  tushurilgan  tumorlarni 
bo‘yinlariga osib yurganlar.  
Muhammad  Yusuf  esa,  balki  qaynoq  ijod  natijasida  beixtiyor,  balki  shunday 
yozish  ishtiyoqida  ataylab  manashu  uchta  e’tiqodni  to‘rt  qatorga    mohirlik  bilan 
singdira  olgan.  Nima  bo‘lganda  ham  juda  go‘zal  ijod  namunasi  yuzaga  kelganini 
ta’kidlab  o‘tishimiz  shart  va  zarur.  Bunday  ijod  namunalari  shoir  ijodining  juda 
ko‘p o‘rinlarida uchraydi.  
Endi  fikrimizni  xalq  og‘izaki  ijodining  yana  bir  turi    qo‘shiq  janri  bilan  bog‘lab 
tatqiqotimizni  davom  ettiramiz.  “Qo‘shiq  xalq  og‘izaki  ijodida  shakllangan  lirik 
janrdir.    Qo‘shiqning  muhim  belgisi  ijro  uchun  mo‘ljallanganlik,  qo‘shiqlar  biror 
musiqa  jo‘rligida(lapar,  yor-yor)  muayyan  ish  harakat  ritmi(qo‘sh  qo‘shiqlari, 
charxchi qo‘shiqlari va b) yoki ma’lum bir ruhiy holat mohiyatiga(yo‘qlovlar) mos 
tarzda ijro qilingan”
27

Yozma  adabiyot,  xususan,  XX  asr  o‘zbek  adabiyotida  folklor  an’analarning 
davomi sifatida qo‘shiq janri faollashdi. Manashu davrda xalq orasida quyidagi 
 
                        Ro‘molim bor-bo‘yama, 
                        Bo‘yamani yuvdirma…  
 
deb  nomlangan    qo‘shiq  ancha  mashhur  bo‘lgan.  Yangilikka  tashna  Muhammad 
Yusuf  bu  qo‘shiqqa  nazira  bog‘laydi  va  qoshiq  markazidagi  obrazlar  ustida 
boshqatdan  ish  boshlaydi  va  bir  qator  o‘rinlarda  bu  obrazlarga  yangilik  baxsh 
etadi. Natijada, o‘zida xalq og‘zaki ijodi namunalari singdirilgan yangi bir she’riy 
asar dunyoga keldi.  
                     
27
D. Quronov. Z.Mamajonova. M. Sheraliyeva Adabiyotshunoslik lug‘ati  “Akademnashr” .2010.
 


79
 
 
                        “Ro‘molingni bo‘yama, 
                          Bilmaygina yuvdirdim. 
                          Otang, seni bermay men    
                          Olaman deb kuydirdim”
28

 
       Bu  she’rda  Muhammad  Yusuf  qo‘shiq  uchun  barcha  kerakli  unsurlarni 
saqladi.  Jumladan,  she’r  mavjud  xalq  kuylariga  moslab  yozildi.  Mavjud  kuylarga 
moslamasdan,  yangi  kuy  bastalash  ko‘zda  tutilganda  ham  qo‘shiqning  ritmik-
intonatsion, kompozitsion qurilishi jihatdanshunga mos (yengil, o‘ynoqi, tovushlar 
uyg‘unligi,  misra  takrorlari  va  b.)  bo‘lishi  to‘liq  ta’minlandi.  Bunday  she’rlar 
sirasiga  Muhammad  Yusufning  “Yor-yor’’,  “Qizil  olma’’,  “O‘lan’’,  “To‘y 
kechasi’’,  “Tilla  baldoq’’,  “Kokiling»,  “Oymomo”,  “Boy  qizi’’,  “Tillo  sandiq’’, 
“Netarman’’,  “Yaxshi’’,  “Ota  uy’’,  “Sevar  ekan’’,  “G‘irot  mingan 
Go‘ro‘g‘li’’singari  xalq  og‘zaki  ijodining  boy  an’analarini  davom  ettirgan  bir 
necha  she’rlar  kiradi.  Kuzatishlarimiz  natijasi  shuni  ko‘rsatib  turibdiki,  
Muhammad Yusuf lirikasida folklorizmning o‘rni nihoyatda salmoqlidir. 
        Ijodkor qizg‘in davomida xalq og‘izaki ijodining  masal janriga ham qo‘l urib 
ko‘radi.  Muhammad  Yusufning  “Uch  o‘g‘il  va  bir  qiz  qissasi’’  masal  talablariga 
javob  bera  oladi.  She’r  voqeabandlikka  asoslanadi.  Xullas,  bir  qishloqda  Mo‘min 
chol degan qari kishi  yashaydi.  O‘zi kampiri  yo‘q, so‘qqabosh,  uch  o‘g‘il bir qizi 
bo‘ladi. Kenjasini uylantirish paytida chol  o‘rtog‘idan qarz oladi. Kelin kelgandan 
keyin chol bemor bo‘lib  yotib qoladi. Hattoki kasal paytida  ham ortda qolayotgan 
yolg‘iz  qizini  o‘ylaydi.  Ozgina  vaqtdan  keyin  Mo‘min  chol  vafot  etadi.  Uning 
taziyasiga tumonat odam yig‘iladi. Udum bo‘yicha hech kimdan qarzi yo‘qmi deb 
so‘raladi.  Shunda  do‘sti  ozgina  qarzini  eslatadi.  O‘g‘illar  bo‘lsa  otamizning 
bunday  do‘stini  tanimaymiz  deb  turib  oladi.  Shunda  yolg‘iz  qiz  o‘rtaga  chiqib, 
agar  qarzni  akalari  uzmasa  o‘zi  uzishini  aytadi.  Qiz  otamning  do‘sti  kimga  desa 
shunga tegaman, qarzning o‘rniga qalinimni olsin deb qoladi. Shunda ota do‘sti bu 
so‘zlarni  eshitib  qarzidan  butunlay  voz  kechib  ketadi.  O‘g‘illarni  esa,  qishloqdan 
                     
28
Muhammad Yusuf Saylanma “SHARQ”-2007-y
 


80
 
 
haydaydilar. Matalning tugallanish ham talabga binoan yuqori pardalarda tugaydi.  
 
                         Qiz-chi, dersiz, qiz hayot,  
                         Yashar ota makonda. 
                         Chunki unga munosib,  
                         Yigit yo‘q bu jahonda. 
 
Shu  o‘ringa  kelganda  masal  haqida  ikki  og‘iz  so‘z. “Masal  (o‘xshamoq)  qadimda 
keng  ommalashgan  janr,  nasriy  yoki  she’riy  yo‘lda  yoziladi.  Masal-                   
ning  qurilishi  uning  didaktik  xarakteriga  mos:  avval  mo‘jaz  hikoyacha  beriladi, 
so‘ng  “qissadan  hissa’’  shaklidagi  xulosa  bilan  uning  majoziy  ma’nosi  ta’kidlab 
ko‘rsatiladi.  Masalning  hikoya  qismi  ertak  va  latifalarga,  “qissadan  hissasi’’  esa, 
maqollarga  yaqinlashadi”
29
.  Yuqoridagi  ijod  namunasi  masal  talablariga  to‘la 
javob bera olishi bilan ahamiyatlidir.  
         Bu  janrlardan  tashqari  shoir  ijodida  maqolning  ham  yorqin  namunalarini 
ko‘rishimiz  mumkin.  Maqol  aslida  arabcha  “so‘z”  degan  ma’noni  anglatadi. 
Maqolda fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo‘nda bo‘lishi lozim. Va, albatta, ibratli fikr 
aytilishi  talab  etiladi,  bu  ibratli  fikr  hukm  shaklida  bo‘lishi  kerak.  Muhammad 
Yusuf esa, an’anaviy maqol obrazlarini talab darajasida yangilab, sayqallashtiradi, 
ma’noni  to‘laligicha  saqlab  shaklni  ozgina  o‘zgartirgan,  qofiyaga  moslagan 
o‘rinlariga  guvoh  bo‘lamiz.  Bularning  hammasini  quyidagi  misollar  orqali 
ko‘rishimiz mumkin.            
 
1.
 
Derlar: jon sog‘ bo‘lsa jonon topilgay, 
Bir parcha yer, parcha osmon topilgay. 
2. Yig‘lama yor qiz bola 
Palaxmonning toshidir. 
                     
1.
 
29
D. Quronov. Z.Mamajonova. M. SheraliyevaAdabiyotshunosliklug‘ati “Akademnashr” 2010-y 
2.
 
 


81
 
 
3. Bo‘lar elning bolalari bir-birin der, 
 Bo‘lmas elning bolalari bir-birin yer. 
4. Derlar bola bilinadi yoshligdan,  
 Onasi hech nolimasin sho‘xligidan. 
5. Deydilar; yosh tanlamas ajal, 
Xudo bilar kim oldin ketar. 
6. O‘pich ko‘rgan paridan, 
Sepkil toshgan yuz yaxshi. 
7. Sepli qizga suykalib, 
Epli qizdan tonsa kim.    
 
 Muhammad 
Yusuf 
manashunday 
sodda, 
samimiy 
so‘zlar 
bilan 
o‘z 
kitobxonlarining ko‘nglidan joy topa olgan buyuk ijodkordir. Soddalikdagi falsafa 
ijodkorning  bosh  g‘oyasi  desak  yanglishmaymiz.  Muhammad  Yusuf  ijodini 
quyidagi so‘zlar bilan xulosalaymiz. “Haqiqiy san’at soddalikka intilmaydi. Balki, 
har qanday soddalikni murakkablikka taslim etadi. Uning tiliramz va majoz tilidir. 
U timsollardan tilsim yaratadi. Bu tilsimni kashf qilish doimo sirli kechadi. Chunki 
o‘rtadan  tilsim  pardalari  ko‘tarilgach,  Siz  yangi  olamga  duch  kelasiz.  Ilohiy 
go‘zallikdan  zavqlanish  anashundan  boshlanadi.  Ko‘z  o‘ngginggizda  borliq-
olamning  ranglari  o‘zgaradi.  Atrof-muhitda  yangrayotgan  so‘zlar  shovqinidan 
forig‘ bo‘lasiz.  Asta-sekin  hayrat  vodiylari chiroy ko‘rsata boshlaydi. O‘z-o‘zidan 
botiniy ruh  va  go‘zallik kuchayadi.  Ko‘ngilni shuhratparstlik, obro‘sevarlik,  man-
manlik    mayllaridan    poklashga  qattiq  ehtiyoj  uyg‘onadi.  Abadiyat,  buyuklik, 
olijanoblik  bahsdagi  har  qanday  quruq  safsataga  sof  go‘zallik  havosidan  nafas 
olishga  xalaqit  beradi.    “Sof  san’at’’  xizmatga  o‘zni  bag‘ishlashning  bir 
qiyinchiligi ham ana shunda”
30

Xulosa  qilib  aytadigan  bo‘lsak,  poetik  ifodadagi  o‘zgarishlar  folklor 
she’riyatidagi obrazlarga yangicha mazmun berish bilan boshlandi. Istiqlol davri 
shoirlarining  faolligi  ortishi  bilan  bugungi  adabiyotdan  xalqona  ifodalarning 
                     
30
Ibrohim haqqul Ijod iqlimi “FAN”-2009
 


82
 
 
tobora kengroq o‘rin egallab, tashviqiy tarbiyaviy  maqsad ustivorligi bois she’r 
keng  ommaga  qaratilgan  nutq  shaklini  oldi.  Unda  obrazllilik  bilan  bir  qatorda 
ritorik  vosita  va  ritmning  ahamiyati  ortdi.  Natijada  she’riyatimiz  asrlar 
davomida  amal  qilib  kelgan  poetik  usullardan  foydalanib,  mazmun-mohiyatiga 
mos yangi shakl bobidagi izlanishlar davriga kirdi.  
 
 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish