Zbekiston respublikasi



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/22
Sana21.01.2022
Hajmi0,97 Mb.
#396498
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
mustaqillik davri ozbek sheriyatining poetik yangilanishi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                     
36
 R. Nosirov xalq qo`shiqlari kompazitsiyasi Toshkent “FAN” 2006-y 


93
 
 
            3.2. RITM VA OBRAZ DAVR SHE’RIYATI MISOLIDA. 
 
“Ritm-she’riy  nutqning  bosh  alomati.  She’r  ma’lum  o‘lchovli  nutqdir.  Bu 
o‘lchanganlik  har  bir  she’riy  asarda  mavjud  ritm  orqali  ro‘yobga  chiqadi.  Ritm 
she’riy  nutqdagi  muayyan  bir-biriga  monand  kichik  bo‘laklarning  izchilk  va  bir 
o‘lchovda  takrorlanib  kelishidir.  Ritm-adabiy  asarda  sezilarli  ohangdorlikning 
mavjudligdir”
37

 Nasriy  asar  tilida  ham  ma’lum  darajada  ritm  mavjud.  Ammo  u  she’riy 
asardagidan  boshqa  qonunlar  asosida  maydonga  keladi.  Obraz  ham  o‘zining  to‘la 
qonli  ifodalanishida,  tinglovchi  tamonidan  to‘la  anglashilishi  uchun  ham  birinchi 
navbatda  ritmga  suyanadi.  Asar  kompozitsiyasidagi  mavjud  bo‘lgan  unsurlar 
yagona obraz atrofda birlashadi va uning mohiyatini Go‘zallroq ochib berish uchun 
xizmat qiladi. Demak, kompozitsiya birinchi navbatda obrazga suyanadi. Ritm esa 
mavjud she’rning ohangdoshligini taminlaydi
 
Ritm-umumiy  tushunchadir,  obraz  esa  yakka  holda  talqin  qilinadi.  Ritm  har 
bir asarda  muayyan  ravishda  namoyon  bo‘ladi, obraz shu asardagi  voqebandlikni, 
yani asar asosini tashkil qiladi. Ritmning muayyan she’riy asardagi ko‘rinishi yoki 
she’riy  nutqni  o‘lchaydigan  bosh  mezoni  vazn  deyiladi.  Ritm  va  uning  muayyan 
ko‘rinishi bo‘lgan vazn she’riy nutqda musiqiylik yuzaga keltiruvchi bosh omildir. 
Ritm-she’rning bosh energiyasi (quvvat manbayi)dir. 
 Ritm she’rning eng muhim, bosh alomati ekani shunda ham ko‘rinadiki, ba’zi 
xalqlar  she’riyatida  zarbni  maydonga  keltiruvchi  bir  necha  she’riy  tizmlar  bor, 
ammo  bu  tizmlar  ritmni  maydonga  keltirishda  bir-birlaridan  farq  etmaydi:  o‘zbek 
she’riyatida  mavjud  ikki  tizm-barmoq  va  aruzda  ham  ritmni  maydonga  keltirish 
qonunlari  jiddiy  tafovutga  ega  bo‘lsada,  qofiya  va  band  qonunlari  bir  xildir. 
Yuqoridagilardan  kelib  chiqilsa,  obraz  va  ritm  faqat  shakiliy  hodisa  emas,  balki 
shakl  va  mazmunni  uyg‘un  birlashtirish  orqali  san’at  asarining  muayyan  hayotiy 
yoki hissiy, g‘oyaviy vazifa ado etishgaqildiruvchi universal hodisalardir. 
She’r badiiyatida  ritmning alohida  o‘rni  mavjud. “U she’r  misralaridagi bir  - 
                     
37
D. Quronov. Z.Mamajonova. M. Sheraliyeva Adabiyotshunoslik lug‘ati  “Akademnashr”-2010-y
 


94
 
 
biriga  teng  nutq  bo‘laklarining  bir  tekisda  izchil  takrorlanib  kelishidan  paydo 
bo‘ladigan  ohangdoshlik”  hisoblanadi.  U  yakka  holda  hech  qanday  ma’noga  ega 
emas. Poetik unsurlar, xususan, bo‘g‘in, turoq, vazn va uning ko‘rinishlari, qofiya, 
radif va uning turlari bilan aloqada ma’no kasb etadi. She’rni ritmsiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi.  U  harakat  jarayoni  bilan  bog‘liq.  “Harakatning  muayyan  o‘lchoviga 
rioya  qilishi,  izchil  takrorlanishi  va  uning  inson  tomonidan  his  qilish  mumkinligi 
ritmning  muhim  xususiyatidir”.  Bu  fikrdan  farqli  tarzda  G.D.Gachevning 
ta’kidlashicha,  ritm  badiiy  asarni  uyushtiruvchi  ibtidodir.  She’rning  mazmunini 
anglashda,  uning  hissiy-emotsional  va  estetik  ta’sirini  aniqlashda  ritm  ham  o‘z 
o‘rniga  ega.  Ayniqsa,  she’rning  mazmuniy  asosida  bo‘lgan  lirik  qahramon 
kechinmalari  ifodasida  ham  ritm  va  unga  bog‘liq  unsurlar  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi.  Hozirgi  zamon  ijodkorlarining  she’rlari  misolida  bu  hodisalarni  tahlil  etish 
mumkin.  Poetik  obraz  ham  ritm  kabi  o‘z-o‘zicha  yashamaydi.  U  badiiy  g‘oya  va 
ko‘pdan  ko‘p  badiiy  detallar  bilan  birgalikda  muayyan  uzilmas  halqani  tashkil 
etadi. Ayni chog‘da ta’kidlab aytish joizki, ba’zi hollarda badiiy obraz ma’lum bir 
she’rni  tutib  turgan  badiiy  komponentlarning  jamlanmasiyagona  suvrati  tarzida 
ham namoyon bo‘lishi mumkin. 
Shoir  poetik  obraz  orqali  tushuncha,  fikr  va  qarashlar  maketini  yaratishi 
mumkin.  Bunday  maket  o‘zining  ichki  mazmuniga  ko‘ra  universal  bo‘ladi.  Shu 
ma’nodaki,  u  o‘quvchining  dunyoqarashi,  adabiy  tayyorgarligi,  maqsadi  va 
boshqasiga  qarab  turib  turli-tuman  talqinlar  eshigini  ochib  boraveradi.  Bas, 
shunday ekan, ishonch bilan aytish mumkin: ijodkorlar badiiy obraz orqali fikrlay 
boshlashi uning chinakam san’at olamiga qadam qo‘yganidan dalolat beradi. 
  “…  Adabiyot  bo‘lmoq  uchun  asar  o‘zida  chinakam  individuallik  muhriga 
ega  bo‘lmog‘i  kerak”.  Bu  zamonaviy  shoirlar  ijodida  ko‘zga  tashlanmoqda. 
Xususan,  hozirgi  zamon  she’riyatida  yuqoridagi  holatdan  farqli  ravishda  notekis 
harakatli ritm asosida yaratilgan she’rlar ko‘p uchramoqda. Bu-she’riy satrlarning 
erkinligi va qisqa misralarda ifodalangan keng ruhiyat manzaralari mevasidir. 
 
 


95
 
 
 
 
 
“Dunyo omon bo‘lsin, 
                              Siz bo‘ling omon, 
                              Omadli bo‘ling siz. 
                              Baxtli bo‘ling siz. 
                              Lekin, 
                              Bilib qo‘ying, 
                              Bilib qo‘ying, hamon 
                              Sizni unutolmas Muhammadinggiz!”
38
 
 
         Ushbu  misralar  notekis  harakatli  ritm  tabiatiga  ega.  “Barmoq  va  erkin  vazn 
bag‘ridan o‘sib chiqqan oddiy notekis harakatli ritm ma’no salmoqdorligi va pafos 
jarangdorligi uchun  xizmat qiladi”.  Bandda kechinma obrazi-armon  ifoda etilgan. 
Lirik  qahramon  yoridan  ayrilgan.  Uning  dardi,  ishqida  devona.  Ilojsizlikdan 
hislarining  o‘tida  kuyadi.  Yorining  xayol  har  bir  qadamda  shoirni  taqib  qiladi. 
Oshiqning  sevgisi  shu  darajada  kuchliki,  hatto  xiyonatkor  mashuqaga  ham 
baxtsizlikni  ravo  ko‘rmaydi.  Hattoki  mashuqa  uning  hayotida  bo‘masa  ham 
yorning  baxtini  o‘zidan  oldinga  qo‘yadi.  Oshiq  armon  bag‘rida  kul  bo‘lmoqda, 
armon  esa  oshiq  qalbida  ko‘karmoqda.  Lirik  qahramon  qalbiga  armon  suvrati 
o‘yilgan. Oshiq hislaridan ranglarning yuragi tilinadi. Lirik qahramondagi bunday 
ruhiy  evrilishlar  hech  qanday  qolipga  sig‘maydi.  Lirik  kechinmaning  talabi  bilan 
she’r  ritmi,  qofiya,  turoqlanish  tartibida  o‘zgarishlar  ro‘y  beradi.  Xususan, 
misralardagi bo‘g‘inlar soni turlicha: 1-misrada 6 bo‘g‘in, 2-misrada 5, 3-misrada 
6  bo‘g‘in,  4-misrada  5  bo‘g‘in,  5-misrada  2,  5-misrada  4  bo‘g‘in,  6-misrada  6 
bo‘g‘in,  7-misrada  11  bo‘g‘in  va  hokazo.  Turoqlanish  tartibining  izchil  emasligi 
ko‘zga  tashlanadi.  Qofiya  ham  ohangdorlik  jihatidan  to‘liqsiz.  Buning  natijasida 
hosil  bo‘lgan  “ritm  poetik  fikrning  shiddatliligini,  jo‘shqinliligini  va  keskinligini 
ta’minlaydi”.  Misradagi  “Sizni  unutolmas  Muhammadinggiz!”  birikmasi  lirik 
qahramondagi fikrning keskin va ta’kid ma’nosini anglatmoqda. 
Shoir  fikri  turli  vositalarda  ifoda  etiladi.  Bulardan  poetik  obrazlar  muhim 
                     
38
Muhammad Yusuf Saylanma “SHARQ” 2007
 


96
 
 
ahamiyatga  ega.  Ular  “poetik  g‘oyani  ifodalash  shakli  va  ma’nosidir.  Ya’ni, 
muayyan  poetik  g‘oya,  muayyan  obraz  yoki  obrazlar  sistemasi  orqali  ifodalanadi. 
Tildagi  so‘zning  shakli  va  ma’nosi,  jumla  tuzilishi,  poetik  sintaksisbular  poetik 
obraz  yaratish  vositalaridir”.  Bundan  kelib  chiqadiki,  so‘zlar  va  jumlalarning 
tuzilishi  poetik  obrazlarni  hosil  qilish  bilan  bir  qatorda  lirik  kechinmani  ifoda 
etishiga ham xizmat qiladi. 
 
“Karnay yig‘lar, 
Surnay yig‘lar. 
Qiz yig‘lar, 
To‘lib ketar qishloq qiy-chuvga, 
To‘y boshlanar... 
Soyga tushib ketaman 
Men tushimni aytaman suvga. 
Onam chiqar yo‘limdan: 
                                      -Bir devor qo‘shnimiz-a, bolam? 
Vasiyatin unutdingmi otangning?”
39
 
 
     She’r o‘rtacha tezlikdagi  notekis  harakatli  ritm asosida yaratilgan. Bandda 
satrlar  uzun-qisqa,  bo‘g‘inlar  esa  o‘zaro  teng  emasdir.  Bu  lirik  qahramon 
ruhiyatiga  bog‘liq.  Sukunatga  cho‘mgan,  ayriliq  qarshisida  azoblarga  g‘arq 
bo‘lgan,  to‘lgan  yuragini  bo‘shatayotgan  inson  hijron  azobidan  shu  ko‘ylarga 
tushadi.  Uning  siniqqan  ruhi,  burda  hislari  dunyodan  madad  kutayotgandek. 
Ayriliq  qanchalar  og‘ir  bo‘lmasin  o‘rtada  odamgarchilik  bor.  O‘zbekchilikning 
nozik  iplari  tarang  tortilgan,  ammo  uni  uzishning  umuman  iloji  yo‘q.  Shoir  o‘z 
qalbi  bilan  o‘zi  tinmay  kurashyapti,  natija  esa,  oshiqning  mag‘lubiyati  bilan 
tugayapti.  G‘alabaga  olib  boruvchi  yo‘llar  mavjud  bo‘lgani  bilan  oshiq  ulardan 
foydalana  olmayapti.  Bu  esa,  oshiqning  qayg‘usini  yanada  ziyoda  qilyapti. 
Bejavobligida  savol  yashirin,  savolda  esa  javob  aks  etgan.  Ruhiyatdagi  bunday 
                     
39
Muhammad Yusuf Saylanma “SHARQ” 2007
 


97
 
 
tundlik, pushaymonga to‘la o‘kinch band tarkibidagi sintaktik jihatdan turlicha gap 
konstruksiyalari  orqali  hosil  qilingan.  Misralar  esa  bir  jumla  yoki  bir  necha 
jumladan  iborat.  Qofiyalanish  va  turoqlanish  tartibi  ham  turlicha.  Bu  esa  o‘z-
o‘zidan ritm va poetik mazmun bilan bevosita bog‘liqdir. Xususan, bu so‘z shakli 
va  ma’nolari,  gap  konstruksiyasi  bandning  so‘nggi  misralarida  yaqqol  ko‘zga 
tashlanadi: 
 
Bir devor qo‘shnimiz-a, bolam? 
Vasiyatin unutdingmi otangning? 
 
 
“Soyga  tushib  ketaman”  jumlasidan  lirik  qahramonning  yolg‘izlikdan 
huvillagan  qalbi  tushunchasini    anglash  mumkin.  Shoir  hissiy  mazmunni  “soy” 
so‘ziga  yuklaydi.  Bu  unsur  qo‘llanmaganida  she’r  mazmunida  o‘zgacha  kayfiyat 
aks etar edi. Bundan ko‘rinadiki, “so‘z boshqa so‘zlar bilan aloqaga kirishib, yangi 
ma’no  kasb  etadi”.  Uning  yangi  ma’no  kasb  etishi  lirik  qahramon  ruhiyat 
olamining  yangi  qirrasidan  darak  beradi.  She’rdagi  qolgan  poetik  obrazlarni 
yaratuvchi unsurlar ham xuddi shu tarzda ifodalangan …  
Bandlar poetik mazmunni ifodalar ekan, bu holat oxirgi bandgacha saqlanishi 
lozim.  “Xulosa  band  har  bir  bandga  aloqador  mavzuni  aks  ettirishi  kerak.  U 
bandlarni she’r kompozitsiyasida namoyon qiladi va shu bilan birga, ularni yagona 
badiiy  yaxlitlik  darajasiga  ko‘taradi”
40
.  Xulosa  bandlar  zamonaviy  she’riyatda 
turlicha ko‘rinish olgan. Xususan, Muhammad Yusufning qator she’rlarida birinchi 
band  xulosa  band  o‘rnida  ham  qo‘llangan.  Bu  she’rdagi  poetik  mazmunni 
bo‘rttirishga, band mazmuniga alohida urg‘u berishga xizmat qilmoqda.  Masalan, 
“Arxivlarda  qoldi  Tohiru  Zuhro”,  “Qahramon  yigitlar  urushga  ketdi”,  “Farzand 
dog‘i  kuydiradi  kuygan  sari”  “Ozodani  sevaman  men,  Ozodani”  “Osmon  olis, 
osmon  jim  Marhamatga  qor  yog‘ar”kabi  she’rlari  shular  jumlasidandir.  Ammo 
shoirning  boshqa  juda  ko‘p  she’rlarida  bundan  farqli  holat  kuzatiladi.  She’rning 
                     
40
 R. Nosirov xalq qo`shiqlari kompozitsiyasi Toshkent “FAN” 2006, 


98
 
 
xulosa  bandi  alohida  bo‘lib,  oldingi  bandlardagi  poetik  fikrni  yakunlaydi.  Shoir, 
shu  bilan  bir  qatorda,  she’rning  asosiy  mazmuniga  alohida  urg‘u  beradi.  Buni 
ifodalashda bandlarning an’anviy ritmidan farqli tarzda ritm yaratadi: 
 
   
Daraxtlar    
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
hayqirib  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
qulaydi… 
 
Bu xulosa band keyin joylashadi va uni kuchaytirishga xizmat qiladi. She’rda 
lirik  qahramon  tabiatni  va  insonlarni  kuzatuvchi  shaxsdir.  U  daraxtlarning 
ahililigiga,  ularning  matonatiga  havas  qiladi.  Daraxtlarning  “Bag‘rini  yoqsa-da 
hovurlar  yashnagan  ko‘rsatar  o‘ngini”,  “Bo‘zlasa,  bo‘zlari  sig‘maydi,  lek,  zinhor 
sovurmas  qadrini”,  “Soyalar  beradi  beminnat  bir  umr  tosh  otgan  ko‘chaga” 
misralarida  ifodalangan  hislatlarini  insonlarda  ham  mavjud  bo‘lishini  xohlaydi. 
Shu bilan birga bunday tabiatli insonlarning oramizda borligiga ishora qiladi. Ular 
bu dunyodan ketar chog‘ida butun olamni  larzaga keltirishini ta’kidlaydi.  Bunday 
poetik  g‘oyaning  ifodasi  to‘rt  bandda  aks  etgan.  She’rning  turoqlanish  tartibi 
3+6=9 tartibida. Ba’zi misralarda bu holatning buzilishi kuzatiladi. Masalan: 
 
 
 
 
Tanida qotadi sukunat, 
 
 
 
sukunatni yutar ichiga 
 
baytidagi  ikkinchi  misra  4+5=9  tartibida  turoqlangan.  Bu  lirik  qahramon 
tuyg‘usining alohida ta’kidlanishidan yuzaga kelgan.  
  Quyidagi  she’rning  xotima  bandi  oldingi  bandlardan  tubdan  farq  qiladi. 
Dastlabki  bandlar  4+5=9  turoqlanish  tartibi,  bo‘g‘inlarda  tekislik  va  qofiya 
ohangdorligining  to‘liqligi  so‘nggi  bandga  qadar  saqlangan.  She’rning  so‘ngi 
qismi esa noteks harakatli ritmni hosil qilgan: 
 
 
 
 
… Yana seni sog‘indim bilmay,  


99
 
 
 
 
 
Bag‘rim nishon kabi teshilar. 
 
 
 
Ey sen!  
 
 
 
Men engildim! 
 
 
 
Kibr qilmay.- 
 
 
 
Kelsang-chi… 
 
 
 
Ilinjim eshilar… 
 
        Dastlabki  ikki  misra  oldingi  bandlar  ritmini  saqlab  qoladi.  Keyingi 
misralar  ritmi  o‘ynoqi.  Lirik  qahramon-yor  sog‘inchi  bilan  umr  kechirayotgan 
inson. U tushlariga yori kirishini, hayollarida yashashini xohlaydi. Uni o‘ylamaslik 
ko‘nglini  g‘ash  qiladi.  G‘am  ichra  ham  uning  hayoliga  umid  bag‘ishlaydi.  Garchi 
hammasi  g‘am  bilan  tugashini  bilsa  ham  uning  yodi  bilan  yashaydi.  Hislarining 
tug‘yoni  dengiz  mavjlaridek  o‘zgaruvchan.  Bu  xotima  bandda  ifodalangan 
misralarning  gap  konstruksiyasidan  ham  oydinlashadi.    Tekis  mavjlanayotgan 
tuyg‘ular  aksi  she’r  so‘ngida  xuddi  to‘fonga  uchragan  kemaday  chayqala 
boshlaydi.  Xotimasi  qanday  tugashi  nomalaum  bo‘lgan  chayqalish  shoirning                          
qisqa  satrlarida  mujassam.  “Hayotda  shunday  voqealar  ham  bo‘ladiki,  unga  bir 
maromdagi ritm torlik qiladi. U bir ritmdan ikkinchi bir ritmga o‘tib turishni talab 
qiladi”. Bu holat she’rda o‘z aksini topgan.  
  Xulosa  qilib  aytadigan  bo‘lsak,  yuqorida  tilga  olingan  she’riy  asarlarning 
bizga ta’sir kuchning boisi ulardagi o‘tkir fikrlar, yangi obrazlar bilan bir qatorda  
ohangdoshlikning  mavjudligidir.  Ritm  ahamiyati  mazmunning  taqozosi  bilan 
maydonga kelgan obraz, ularning mazmun mazmunini tashkil etgan o‘y va hislarga 
mos,  ularni  bizga  yengil,  tez  va  ta’sirli  qilib  yetkazadigan  bir  tarzda  ifoda 
etilganidir. Shunday qilib, ritm she’riy asarda misralarning bir o‘lchovli, bir hajmli 
bo‘lishini, taminlaydi. Buning natijasida o‘ziga xos ohang ( ritm, zarb) maydonga 
keladi. She’r ma’lum o‘lchovli nutqdir, dedik. She’riy parchalarning misralari ko‘p 
hollarda  bir  o‘lchovda  bo‘ladi.  Demak,  shu  takror  natijasida  rtm  va  ohangdorlik 
paydo bo‘ladi.
 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish