tarbiya jarayonini uslubiy ta'minlash masalalarida xalq ta'limi bo'limlari va
Islomov Nurali Raxmatovich
8
to'rtinchidan, rahbarlar, o'qituvchilar va umumta'lim muassasalari boshqa
xodimlarining kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvdan himoya qilish
mexanizmlarining samarasizligi, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari
tomonidan maktablarni tekshirish haddan ziyod ko'payib ketganligi;
beshinchidan, ta'lim sifatini ta'minlash, o'qituvchilarning bilim darajasini va
pedagogik mahoratini oshirish masalalarida umumta'lim muassasalari faoliyatidagi
ochiqlik va shaffoflik darajasining yetarli darajada emasligi, o'quv-tarbiya jarayoni
ustidan samarali jamoatchilik nazoratining mavjud emasligi;
oltinchidan, xalq ta'limi tizimi muassasalarini moliyalashtirish va moddiy-
texnik ta'minlash mexanizmining mukammal emasligi, ularning faoliyatiga
zamonaviy
me'moriy
yechimlar,
innovatsion
ishlanmalarni
va
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi aytib o'tilgan.
Prezident Farmonida xalq ta'limi tizimini isloh qilishning asosiy yo'nalishlari etib
quyidagilarni belgilab berilgan:
- umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'limni sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarish,
har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, o'quvchilarning ma'naviy-axloqiy
va intellektual rivojlanishini ta'minlash;
- ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasi
Xalq ta'limi vazirligining muvofiqlashtiruvchi roli va mas'uliyatini kuchaytirish,
shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining
mazkur yo'nalishdagi vazifalari, funktsiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va
tartibga solish;
- rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini
oshirishning ilg'or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo'li bilan
xalq ta'limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini
joriy etish;
- xalq ta'limi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik
nazoratiga erishish, shu jumladan barcha muassasalarning telekommunikatsiya
tarmoqlariga ulanishini ta'minlash, barcha foydalanishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar
Islomov Nurali Raxmatovich
9
manbasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy
etish;
- xalq ta'limi muassasalari xodimlarini moddiy rag'batlantirishni va ijtimoiy
muhofaza qilishni yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni
yaratish;
- zarur tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlarni yaratish yo'li bilan umumiy
o'rta va maktabdan tashqari ta'lim sohasida nodavlat xizmatlarni ko'rsatishga oid
faoliyat bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar tarmog'ini yanada rivojlantirish, ushbu
sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy etish;
- xalq ta'limi tizimiga ilg'or xorijiy tajribani, o'quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan ta'lim berishning innovatsion usullarini
joriy etish, o'quv va o'quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish,
fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.
Ta'lim sifatini yangi bosqichga ko'tarish masalasida bir ahamiyatli hujjatga e'tibor
bersak, bu O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi
“Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil
etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 997-son Qarori hisoblanadi.
Hujjat bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini
nazorat qilish davlat inspektsiyasi, Xalq ta'limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi
hamda Moliya vazirligining:
a) quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil
etish:
-
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) -
boshlang'ich 4-sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunish darajasini baholash
uchun;
- Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) - 4 va 8-
sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan o'zlashtirish
darajasini baholash uchun;
Do'stlaringiz bilan baham: