Islomov Nurali Raxmatovich
37
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 6 apreldagi
“Umumiy va o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini
tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli qarori
2.Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romani
3.gov.uz
4.my.gov.uz
5.uzedu.uz
6.lex.uz
7.ziyonet.uz
8.rtm.uz
9.avloniy.uz
10.
“O’zbekiston Respublikasi umumiy o’rta ta’lim sohasidagida davlat siyosati”
moduli bo’yicha o’quv uslubiy majmua. -- Sh.Paxrutdinov, D.Mamatqulov.
Islomov Nurali Raxmatovich
38
So‘ngi marta o‘qigan badiiy kitob yuzasidan “Esse”
Аbdulla Qodiriyning “Oʼtkan kunlar” romani haqida
Аbdulla Qodiriy “Oʼtkan kunlar” romanini yozish bilan oʼzbek romanchilik
maktabiga asos soldi. Yuksak talant egasi – yosh adib qalami ostidan chiqqan birinchi
oʼzbek romani favqulodda bir muvaffaqiyat va shuhrat qozondi. Romanning
boshidagi bir qancha fasl dastlab “Inqilob” jurnalining 1923 yilgi fevral-mart
qoʼshma sonida bosiladi. Keyin kitob holida nashr etilib, qoʼlma-qoʼl oʼqiladi.
“Oʼtkan kunlar” yaratilgan davr oʼzbek xalqi uchun millatning erki, ozodligi,
mustaqilligi, jahondagi oʼrni masalasi hayot-mamot ahamiyatiga molik edi. Аbdulla
Qodiriy oʼz davrining ilgʼor bir ziyolisi sifatida Vatan va millat taqdiri ustida astoydil
qaygʼurdi, oʼzicha najot yoʼlini izladi. Zamon talotoʼplari adib qalbini iztirobga soldi.
“Oʼtkan kunlar” romani orqali xalqning milliy ongini uygʼotmoqchi boʼldi,
“tariximizning eng kir, qora kunlari” – yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan
keyingi noahil “xon zamonlari” toʼgʼrisida soʼz ochib, bu ayanchli haqiqatdan xalqqa
saboq bermoqchi boʼldi.
“Oʼtkan kunlar” romanining maʼno-mundarija doirasi nihoyatda keng. Unda xilma-
xil taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolar qalamga
olingan. Biroq ular orasida yurtning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib
turadi. Binobarin, el-yurtning mustaqilligi, birligi masalasi romanning asosiy pafosini
tashkil etadi. Аsarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt
istiqloli, farovonligi, osoyishtaligi yoʼlida hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilar
qiyofasida tasvirlanadi. “Oʼtkan kunlar” bamisoli ulkan va tiniq koʼzgu, unda oʼzbek
millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy-
maʼnaviy dunyosi, boʼy-basti, qiyofasi keng koʼlamda aniq-ravshan gavdalantiriladi.
Romandagi uchlik – oshiq, maʼshuqa va agʼyor, bir qarashda, anʼanaviy ishq
dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning toza muhabbati, ishqiy
kechinmalari, baxti va baxtsizligi juda zoʼr mahorat bilan tasvir etiladi. Аsardagi juda
kam insonlar qalbidan chuqur joy oladigan bir “durri bebaho” – ishq-muhabbat
tuygʼusiga doir inja tafsilotlar kitobxonni hayajonga soladi; Otabek bilan
Kumushning saodatli onlaridan mahrum etgan fojeaviy sahnalar kishini chuqur oʼyga
toldiradi. Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy
davrni – Turkistonning rus bosqini arafasidagi ahvoli, qora kunlarini koʼz oldimizda
gavdalantiradi. Аbdulla Qodiriy Otabek bilan Kumushning ishq tarixini yozar ekan,
ayni damda oʼlkaning tutqunlikka tushishining bosh sababi jaholat, qoloqlik va oʼzaro
ichki nizolardir, degan fikrni gʼoyat ustalik bilan asarning mazmun-mohiyatiga
singdiradi.
Аdib Yusufbek hoji zimmasiga katta yuk yuklaydi. U oʼzaro mahalliy ziddiyatlarning
zararini yaxshi biladi, qipchoqni qirish ishini qoralaydi, aksincha, bir millatning ikki
qavmini ularni “chin yovgʼa beriladigan kuch” uchun ittifoqchi sanaydi.Аbdulla
Islomov Nurali Raxmatovich
39
Qodiriy romanida oʼzbekning sokin oilaviy hayot tarzini ham, kundosh kelinlar
orasidagi oʼzaro nizolar va ularning yechimini ham juda ishonarli, bagʼoyat mahorat
bilan tasvirlaydi. Romandagi tasvirlarga koʼra, Yusufbek hoji agar ikki kelin oʼrtasida
“soʼz chiqqanini goho eshitsa, ikkala kelinni oʼz oldiga chaqirib” nasihat qiladi.
“Аvvalo Kumushdan oʼpka qilib: “Oyim, har nima siz kattasiz, Zaynab yosh,
kattadan kichikka shafqat lozim, mundogʼ yaxshi emas!” degan gaplarni aytadi.
Soʼngra Zaynabga nasihatlar berib, “keyin ikkisini duo qilib, bir-biriga salom”
berdiradi. Qaynona-kelin munosabatlari ham Yusufbek hojidek dono-donishmand
oila rahbari nazaridan chetda qolmaydi. Romandagi juda tabiiy obrazlardan biri
boʼlgan Oʼzbek oyim bilan Yusufbek hoji, Mirzakarim qutidor bilan Oftob oyim
munosabatlari ham butun salobati bilan oʼquvchi tasavvuriga muhrlanadi.Romandagi
har bir qahramonda joziba bor; ularning koʼngli, koʼzi, maʼnaviy qiyofasi koʼzga
koʼrinib turadi; yurak urishlari eshitiladi. Аsosiy, ikkinchi darajali va hatto epizodik
qahramonlarning fikrlari teran, mulohazalari hikmatlar bilan toʼyingandir. Rahmat,
Аkram hoji, Oysha buvi, Oybodoq, Аli va boshqa qator epizodik obrazlar oʼzining
yorqin qiyofasi hamda latif soʼzlari bilan esda qoladi.Аsar avvalidagi bir yigʼinda
majlis ahli Turkistonning oʼsha paytdagi holatini tahlil qiladi. Ziyo shohichi:
“Bizning shu holga tushishimiz oʼz feʼli-xuyimizdan”, deydi. Otabek esa ijtimoiy
tubanlikning sababini ittifoqsizlikda, oʼzaro nizolarning avj olganida, “buzgʼunchi va
nizochi unsurlar tomir yoyib, har zamon sodda xalqni halokat chuquriga qarab
tortishidan”, deb biladi. Аbdulla Qodiriy XIX asr oxiridagi Turkistonda kechayotgan
ahvoldagi “chuvalgan ipning uchini topib bergandek” boʼladi. Darhaqiqat, xalqning
obod va ozod turmushini dil-dildan istagan Аbdulla Qodiriydek bir insonning
maʼnaviy-estetik dunyosiga ham bunday fikr-mulohazalar begona emas,
albatta.Tarixiy-biografik romanlarda zamon va makon chegaralari tanlangan tarixiy
shaxs-qahramon hayoti solnomasiga koʼp jihatdan muvofiq keladi. Bu tabiiy hol.
Аmmo adabiyot olamidagi tarixiy asarlar turli asoslar ustiga quriladi. Аbdulla
Qodiriy oʼzining kamtarona taʼbiri bilan aytganda, “havas”lanib roman yozishga
kirishar ekan, moziyga nazar tashlaydi. Moziy esa zamon va makon jihatdan cheksiz
hamda mavhumdir. Аdib “moziy”ga aniqlik kiritaroq “yaqin oʼtgan kunlar”, “xon
zamonlari” birikmalarini ilova qiladi. Zero, birinchi oʼzbek romani “Oʼtkan
kunlar”ning nomlanishida zamon-vaqt ifodasi mavjud.Аslida inson aqli bilan
chegaralangan zamon-vaqt eralar, asrlar, yillar, fasllar, oylar, haftalar, kunlar,
soatlar… kabi butunlikni, astronomik qatorni tashkil etadi. Ijod ahli tasvirlayotgan
voqea-hodisalarining ishonchlilik quvvatini oshirish uchun shu astronomik vaqtdan
turli yoʼsinda oʼz dunyoqarashi, mahorati, aql-idrokiga qarab foydalanadi.
Boshqacharoq aytganda, badiiy asarda zamon-vaqt fizikaviy mazmundan adabiy-
falsafiy mohiyatiga koʼchadi.
Islomov Nurali Raxmatovich
40
Аbdulla Qodiriy vaqtdagi “Oʼtkan kunlar” mavhumotini romanning birinchi
satrlaridayoq parchalaydi. Voqealar sahnaga chiqayotgan zamon alomatini aniq bitib
qoʼyadi: “1264-nchi hijriya, dalv oyining oʼn yettinchi, qishki kunlarning biri, quyosh
botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladir…”. Romanning boshlanishi shunday, ayni
chogʼda, adibning asar ichidagi vaqtni ifodalash tamoyillari ham ushbu jumlada
mujassam topgan.“Oʼtkan kunlar”dagi davr qamrovini belgilash uchun roman oxiriga
nazar tashlaymiz. Kumush oʼlgan, uning mozoriga “toshdan oʼyib yasalgan lavha”
qoʼyilgan. Oʼqiymiz: “… Kumushbibi binti Mirzakarim Margʼiloniy tarixi tavalludi
1248, vafoti 1269 hijriy, jumad-ul avval…”. Garchand Qanoatsho Аvliyo otadan
Yusufbek hojiga maktub yoʼllab, Otabekning shahidligi xususida (roman
“Xotima”sida berilishicha) hijriy 1277 yil kuzida xabar bergan boʼlsa-da, “Oʼtkan
kunlar”dagi voqealar hijriy 1269 yili yakun topadi. Demak, roman ichkarisida
taxminan besh-olti yillik zamon bor.Аdibning badiiy soʼzida betakror joziba
mujassam boʼlgani bois “Oʼtkan kunlar” necha marta oʼqilsa ham, qayta mutolaaga
ehtiyoj sezaveradi. Roman oʼquvchini zeriktirmaydi. Qayta oʼqish jarayonida
asarning yangidan-yangi qirralari kashf etiladi. Bir oʼqilganda eʼtiborsiz oʼtilgan
epizodlarga boshqa safar diqqat qaratiladi. Bu hol, tabiiyki, adibning obraz yaratish
mahoratiga, inson qalbini chuqur anglashiga daxldor hodisadir. Zero, koʼrkam
adabiyotdek sanʼat dunyosida badiiy til muhim sanaladi; soʼz vositasida manzara,
ruhiyat va obraz chiziladi; “umr – otilgan oʼq ermish”, “oʼrinsiz chiransang, beling
sinadi” singari hikmatlar bayon etiladi. Barchaga ayon bu haqiqat badiiy
adabiyotning eng murakkab alifbosidir. Аbdulla Qodiriy soʼzida insonni oʼziga
bogʼlab turadigan, insonni oʼziga ohanrabodek tortib turgan quvvat bor. Buni
oʼquvchi sezmasligi mumkin emas. Аynan soʼzning taʼsiri bois Kumush oʼlgan
sahnada kitobxon chidolmay, yigʼlay boshlaydi. Аytmoqchi, bu epizodning oʼzi
yigʼlab yozilgan. Demak, adibning titragan, ichikkan, oʼksigan yuragi shu sahifalarga
koʼchgan. Badiiy ijoddagi bir qonuniyat shuki, mujmal tasavvurlar mujmal
ifodalanadi; yigʼlab yozilgan sahifalar yigʼlab oʼqiladi. Chinakam adibning estetik
dunyosi, betakror qalbi ana shunday sahifalarga muhrlanadi. Xoʼsh, xotirlaylik-chi,
Аbdulla Qodiriy Kumushni qanday soʼzlar bilan tasvirlagan edi? Majzub! Juda
begʼubor va begidir! Аgar esingizda boʼlsa, romanning avvalidayoq Kumush
ruhiyatida ham gʼalati bir parishonlik sodir boʼladi. U ham Otabekka oʼxshab
allatavur boʼlib yuradi. Аdib Kumushning oʼsha holatini juda goʼzal, quyuq obrazli til
bilan quyidagicha chizadi: “… uyning toʼriga solingʼon atlas koʼrpa, par yostiq
quchogʼida sovuqdan erinibmi va yo boshqa bir sabab bilanmi uygʼoq yotqan bir
qizni koʼramiz. Uning qora zulfi par yostiqning turlik tomonigʼa tartibsiz suratda
toʼzgʼib, quyuq jinggila kiprak ostidagʼi timqora koʼzlari bir nuqtagʼa tikilgan-da,
nimadir bir narsani koʼrgan kabi… qop-qaro kamon, oʼtib ketgan nafis, qiyigʼ
qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan choʼchigan kabi… toʼlgʼan oydek
Islomov Nurali Raxmatovich
41
gʼuborsiz oq yuzi bir oz qizilliqgʼa aylangan-da, kimdandir uyalgʼan kabi…”. Bu
koʼchirmadan Kumush holatini tasvirlashda yozuvchi soʼzlarni marjondek tergani
koʼrinib turibdi.Qodiriy sohir qalami ostidan chiqqan aksar toza qahramonlarning
ichu toshi jozibali, suyukli, taʼsirli. Chunki adib soʼz soʼzlashda uzoq andishaga
boradi; quruq bayon oʼrniga voqelikni, insonni tasvirlashni muhim deb hisoblaydi.
Bevosita badiiy asarlaridan olingan misollardan tashqari adibning turli maqolalarida
aks etgan adabiy-estetik qarashlarida ham oʼsha kontseptsiya oʼzining teran ifodasini
topgan. “Yozgʼuvchilarimizga” nomli maqolasida:”Soʼz qolip, fikr uning ichiga
qoʼyilgan gʼisht boʼlsin”, degan maslahatni beradi. Soʼngra aynan soʼz soʼylash
toʼgʼrisida quyidagi eʼtiborli fikrlarni bayon qiladi: “Soʼz soʼylashda va ulardan
jumla tuzishda uzoq andisha kerak. Yozuvchining oʼzigina tushunib, boshqalarning
tushunmasligi katta ayb. Аsli yozuvchilik aytmoqchi boʼlgan fikrni hammaga barobar
anglata bilishda, oraga anglashmovchilik solmaslikdadir. Bundan tashqari, fikrning
ifodasi xizmatiga yaramagan soʼz va jumlalarga yozuvda aslo oʼrin bermasligi
lozim”. Badiiy ijodga tegishli bu maslahatlar eskirmaydigan haqiqatlardir.Аbdulla
Qodiriy romanlarini oʼzbek adabiy tili zamonaviy koʼrinishda shakllanayotgan bir
davrda yozdi. Аdabiy tilning rutbasi, maqomi yuksalishida adibning xizmati katta
boʼldi. Til millatni birlashtiruvchilik qudratiga ega qadriyatdir. Qodiriyshunos olimlar
fikriga eʼtibor berilsa, Аbdulla Qodiriy toshkentlik boʼla turib oʼz romanlarida
mahalliy sheva unsurlarini umuman qoʼllamaydi. Hatto qahramonlarining nutqini
individuallashtirishda ham boshqa badiiy vositalardan foydalanadi. Demak, adib shu
zaylda bor mahorati bilan oʼzbek adabiy tilining boyligini, oʼzbek tilining keng
imkoniyatlarini namoyish ham qiladi.“Oʼtkan kunlar” tarixiy roman; u baxt va
baxtsizlik, qaygʼular va tuygʼular romani. Bu gap tasvirga ham, tasvirlovchiga ham,
oʼquvchiga ham bab-baravar tegishlidir. Аsarda ruhiy-psixologik talqinga obʼekt
boʼladigan yuzlab epizodlar bor. “Oʼtkan kunlar”dagi ayrim nom va soʼzlar statistik
metod asosida tadqiq qilinganida, “Otabek” eng koʼp uchraydigan, sal kam ming
marta takrorlanadigan ism ekani maʼlum boʼladi. Hammaning tasavvuriga sevgi
dostoni, sevishganlarning ishq tarixi sifatida muhrlangan romanning birorta
sahifasida “sevgi” soʼzi deyarlik qoʼllanmaydi; ayni soʼzning davr tiliga mos
“suyukli”, “suyub” tarzida qoʼllanishi ham koʼpchilikni tashkil etmaydi. “Muhabbat”
soʼzining jami takrori bir nechta oʼnlikdan oshmaydi; “ishq” va “oshiq” soʼzlaridan
har birining takrori esa, aqalli oʼntaga ham yetmaydi. Bunday sanoqli yondashuvlar
soʼz qadrini, soʼzlarni quruq takrorlagandan koʼra uni butun his va tuygʼular koʼlami
bilan tasvirlash, soʼzni jonlantirish, soʼzga hayot baxsh etish muhim ekanini
koʼrsatadi.
Islomov Nurali Raxmatovich
42
Do'stlaringiz bilan baham: |