Ўзбекистон республикаси



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/38
Sana19.06.2021
Hajmi1,41 Mb.
#70527
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Bog'liq
Islomov Nurali Raxmatovich malaka ishi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

Islomov Nurali Raxmatovich 

 

37 


 

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 

 

1.O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  2017  yil  6  apreldagi 

“Umumiy  va  o’rta-maxsus,  kasb-hunar  ta’limining  davlat  ta’lim  standartlarini 

tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli qarori 

2.Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romani 

3.gov.uz 

4.my.gov.uz 

5.uzedu.uz 

6.lex.uz 

7.ziyonet.uz 

8.rtm.uz 

9.avloniy.uz 

10.

 “O’zbekiston Respublikasi umumiy o’rta ta’lim sohasidagida davlat siyosati” 



moduli bo’yicha o’quv uslubiy majmua. -- Sh.Paxrutdinov, D.Mamatqulov. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

Islomov Nurali Raxmatovich 

 

38 


 

So‘ngi marta o‘qigan badiiy kitob yuzasidan “Esse” 

Аbdulla Qodiriyning “Oʼtkan kunlar” romani haqida 

Аbdulla  Qodiriy  “Oʼtkan  kunlar”  romanini  yozish  bilan  oʼzbek  romanchilik 

maktabiga asos soldi. Yuksak talant egasi – yosh adib qalami ostidan chiqqan birinchi 

oʼzbek  romani  favqulodda  bir  muvaffaqiyat  va  shuhrat  qozondi.  Romanning 

boshidagi  bir  qancha  fasl  dastlab  “Inqilob”  jurnalining  1923  yilgi  fevral-mart 

qoʼshma  sonida  bosiladi.  Keyin  kitob  holida  nashr  etilib,  qoʼlma-qoʼl  oʼqiladi. 

“Oʼtkan  kunlar”  yaratilgan  davr  oʼzbek  xalqi  uchun  millatning  erki,  ozodligi, 

mustaqilligi, jahondagi oʼrni masalasi hayot-mamot ahamiyatiga molik edi. Аbdulla 

Qodiriy oʼz davrining ilgʼor bir ziyolisi sifatida Vatan va millat taqdiri ustida astoydil 

qaygʼurdi, oʼzicha najot yoʼlini izladi. Zamon talotoʼplari adib qalbini iztirobga soldi. 

“Oʼtkan  kunlar”  romani  orqali  xalqning  milliy  ongini  uygʼotmoqchi  boʼldi, 

“tariximizning  eng  kir,  qora  kunlari”  –  yurtni  mustamlaka  balosiga  giriftor  etgan 

keyingi noahil “xon zamonlari” toʼgʼrisida soʼz ochib, bu ayanchli haqiqatdan xalqqa 

saboq bermoqchi boʼldi. 

“Oʼtkan  kunlar”  romanining  maʼno-mundarija  doirasi  nihoyatda  keng.  Unda  xilma-

xil taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy  muammolar qalamga 

olingan.  Biroq  ular  orasida  yurtning  taqdiri,  mustaqilligi  masalasi  alohida  ajralib 

turadi. Binobarin, el-yurtning mustaqilligi, birligi masalasi romanning asosiy pafosini 

tashkil  etadi.  Аsarning  bosh  qahramonlari  Otabek  va  Yusufbek  hojilar  shu  yurt 

istiqloli,  farovonligi,  osoyishtaligi  yoʼlida  hayotini,  jonini  tikkan  fidoyi  kishilar 

qiyofasida tasvirlanadi. “Oʼtkan kunlar” bamisoli ulkan va tiniq koʼzgu, unda oʼzbek 

millatining  muayyan  tarixiy  sharoit,  vaziyatdagi  turmushi,  urf-odatlari,  ruhiy-

maʼnaviy dunyosi, boʼy-basti, qiyofasi keng koʼlamda aniq-ravshan gavdalantiriladi. 

Romandagi  uchlik  –  oshiq,  maʼshuqa  va  agʼyor,  bir  qarashda,  anʼanaviy  ishq 

dostonlarini  ham  eslatadi.  Unda  Otabek  bilan  Kumushning  toza  muhabbati,  ishqiy 

kechinmalari, baxti va baxtsizligi juda zoʼr mahorat bilan tasvir etiladi. Аsardagi juda 

kam  insonlar  qalbidan  chuqur  joy  oladigan  bir  “durri  bebaho”  –  ishq-muhabbat 

tuygʼusiga  doir  inja  tafsilotlar  kitobxonni  hayajonga  soladi;  Otabek  bilan 

Kumushning saodatli onlaridan mahrum etgan fojeaviy sahnalar kishini chuqur oʼyga 

toldiradi.  Muallif  oshiqlarning  ishqiy  sarguzashtlari  bahonasida  muayyan  tarixiy 

davrni – Turkistonning rus bosqini arafasidagi ahvoli, qora kunlarini koʼz oldimizda 

gavdalantiradi. Аbdulla Qodiriy Otabek bilan Kumushning ishq tarixini yozar ekan, 

ayni damda oʼlkaning tutqunlikka tushishining bosh sababi jaholat, qoloqlik va oʼzaro 

ichki  nizolardir,  degan  fikrni  gʼoyat  ustalik  bilan  asarning  mazmun-mohiyatiga 

singdiradi. 

Аdib Yusufbek hoji zimmasiga katta yuk yuklaydi. U oʼzaro mahalliy ziddiyatlarning 

zararini yaxshi biladi, qipchoqni qirish ishini qoralaydi, aksincha, bir millatning ikki 

qavmini  ularni  “chin  yovgʼa  beriladigan  kuch”  uchun  ittifoqchi  sanaydi.Аbdulla 




 

Islomov Nurali Raxmatovich 

 

39 


 

Qodiriy  romanida  oʼzbekning  sokin  oilaviy  hayot  tarzini  ham,  kundosh  kelinlar 

orasidagi oʼzaro nizolar va ularning yechimini ham juda ishonarli, bagʼoyat mahorat 

bilan tasvirlaydi. Romandagi tasvirlarga koʼra, Yusufbek hoji agar ikki kelin oʼrtasida 

“soʼz  chiqqanini  goho  eshitsa,  ikkala  kelinni  oʼz  oldiga  chaqirib”  nasihat  qiladi. 

“Аvvalo  Kumushdan  oʼpka  qilib:  “Oyim,  har  nima  siz  kattasiz,  Zaynab  yosh, 

kattadan  kichikka  shafqat  lozim,  mundogʼ  yaxshi  emas!”  degan  gaplarni  aytadi. 

Soʼngra  Zaynabga  nasihatlar  berib,  “keyin  ikkisini  duo  qilib,  bir-biriga  salom” 

berdiradi.  Qaynona-kelin  munosabatlari  ham  Yusufbek  hojidek  dono-donishmand 

oila  rahbari  nazaridan  chetda  qolmaydi.  Romandagi  juda  tabiiy  obrazlardan  biri 

boʼlgan  Oʼzbek  oyim  bilan  Yusufbek  hoji,  Mirzakarim  qutidor  bilan  Oftob  oyim 

munosabatlari ham butun salobati bilan oʼquvchi tasavvuriga muhrlanadi.Romandagi 

har  bir  qahramonda  joziba  bor;  ularning  koʼngli,  koʼzi,  maʼnaviy  qiyofasi  koʼzga 

koʼrinib turadi; yurak urishlari eshitiladi. Аsosiy, ikkinchi darajali va hatto epizodik 

qahramonlarning  fikrlari  teran,  mulohazalari  hikmatlar  bilan  toʼyingandir.  Rahmat, 

Аkram  hoji,  Oysha  buvi,  Oybodoq,  Аli  va  boshqa  qator  epizodik  obrazlar  oʼzining 

yorqin  qiyofasi  hamda  latif  soʼzlari  bilan  esda  qoladi.Аsar  avvalidagi  bir  yigʼinda 

majlis  ahli  Turkistonning  oʼsha  paytdagi  holatini  tahlil  qiladi.  Ziyo  shohichi: 

“Bizning  shu  holga  tushishimiz  oʼz  feʼli-xuyimizdan”,  deydi.  Otabek  esa  ijtimoiy 

tubanlikning sababini ittifoqsizlikda, oʼzaro nizolarning avj olganida, “buzgʼunchi va 

nizochi  unsurlar  tomir  yoyib,  har  zamon  sodda  xalqni  halokat  chuquriga  qarab 

tortishidan”, deb biladi. Аbdulla Qodiriy XIX asr oxiridagi Turkistonda kechayotgan 

ahvoldagi  “chuvalgan ipning uchini  topib  bergandek” boʼladi.  Darhaqiqat, xalqning 

obod  va  ozod  turmushini  dil-dildan  istagan  Аbdulla  Qodiriydek  bir  insonning 

maʼnaviy-estetik  dunyosiga  ham  bunday  fikr-mulohazalar  begona  emas, 

albatta.Tarixiy-biografik  romanlarda  zamon  va  makon  chegaralari  tanlangan  tarixiy 

shaxs-qahramon  hayoti  solnomasiga  koʼp  jihatdan  muvofiq  keladi.  Bu  tabiiy  hol. 

Аmmo  adabiyot  olamidagi  tarixiy  asarlar  turli  asoslar  ustiga  quriladi.  Аbdulla 

Qodiriy  oʼzining  kamtarona  taʼbiri  bilan  aytganda,  “havas”lanib  roman  yozishga 

kirishar ekan, moziyga nazar tashlaydi. Moziy esa zamon va makon jihatdan cheksiz 

hamda  mavhumdir.  Аdib  “moziy”ga  aniqlik  kiritaroq  “yaqin  oʼtgan  kunlar”,  “xon 

zamonlari”  birikmalarini  ilova  qiladi.  Zero,  birinchi  oʼzbek  romani  “Oʼtkan 

kunlar”ning  nomlanishida  zamon-vaqt  ifodasi  mavjud.Аslida  inson  aqli  bilan 

chegaralangan  zamon-vaqt  eralar,  asrlar,  yillar,  fasllar,  oylar,  haftalar,  kunlar, 

soatlar…  kabi  butunlikni,  astronomik  qatorni  tashkil  etadi.  Ijod  ahli  tasvirlayotgan 

voqea-hodisalarining  ishonchlilik  quvvatini  oshirish  uchun  shu  astronomik  vaqtdan 

turli  yoʼsinda  oʼz  dunyoqarashi,  mahorati,  aql-idrokiga  qarab  foydalanadi. 

Boshqacharoq  aytganda,  badiiy  asarda  zamon-vaqt  fizikaviy  mazmundan  adabiy-

falsafiy mohiyatiga koʼchadi. 



 

Islomov Nurali Raxmatovich 

 

40 


 

Аbdulla  Qodiriy  vaqtdagi  “Oʼtkan  kunlar”  mavhumotini  romanning  birinchi 

satrlaridayoq parchalaydi. Voqealar sahnaga chiqayotgan zamon alomatini aniq bitib 

qoʼyadi: “1264-nchi hijriya, dalv oyining oʼn yettinchi, qishki kunlarning biri, quyosh 

botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladir…”. Romanning boshlanishi shunday, ayni 

chogʼda,  adibning  asar  ichidagi  vaqtni  ifodalash  tamoyillari  ham  ushbu  jumlada 

mujassam topgan.“Oʼtkan kunlar”dagi davr qamrovini belgilash uchun roman oxiriga 

nazar  tashlaymiz.  Kumush  oʼlgan,  uning  mozoriga  “toshdan  oʼyib  yasalgan  lavha” 

qoʼyilgan. Oʼqiymiz: “… Kumushbibi binti Mirzakarim Margʼiloniy tarixi tavalludi 

1248,  vafoti  1269  hijriy,  jumad-ul  avval…”.  Garchand  Qanoatsho  Аvliyo  otadan 

Yusufbek  hojiga  maktub  yoʼllab,  Otabekning  shahidligi  xususida  (roman 

“Xotima”sida  berilishicha)  hijriy  1277  yil  kuzida  xabar  bergan  boʼlsa-da,  “Oʼtkan 

kunlar”dagi  voqealar  hijriy  1269  yili  yakun  topadi.  Demak,  roman  ichkarisida 

taxminan  besh-olti  yillik  zamon  bor.Аdibning  badiiy  soʼzida  betakror  joziba 

mujassam boʼlgani bois “Oʼtkan kunlar” necha marta oʼqilsa ham, qayta mutolaaga 

ehtiyoj  sezaveradi.  Roman  oʼquvchini  zeriktirmaydi.  Qayta  oʼqish  jarayonida 

asarning  yangidan-yangi  qirralari  kashf  etiladi.  Bir  oʼqilganda  eʼtiborsiz  oʼtilgan 

epizodlarga  boshqa  safar  diqqat  qaratiladi.  Bu  hol,  tabiiyki,  adibning  obraz  yaratish 

mahoratiga,  inson  qalbini  chuqur  anglashiga  daxldor  hodisadir.  Zero,  koʼrkam 

adabiyotdek  sanʼat  dunyosida  badiiy  til  muhim  sanaladi;  soʼz  vositasida  manzara, 

ruhiyat  va  obraz  chiziladi;  “umr  –  otilgan  oʼq  ermish”,  “oʼrinsiz  chiransang,  beling 

sinadi”  singari  hikmatlar  bayon  etiladi.  Barchaga  ayon  bu  haqiqat  badiiy 

adabiyotning  eng  murakkab  alifbosidir.  Аbdulla  Qodiriy  soʼzida  insonni  oʼziga 

bogʼlab  turadigan,  insonni  oʼziga  ohanrabodek  tortib  turgan  quvvat  bor.  Buni 

oʼquvchi  sezmasligi  mumkin  emas.  Аynan  soʼzning  taʼsiri  bois  Kumush  oʼlgan 

sahnada  kitobxon  chidolmay,  yigʼlay  boshlaydi.  Аytmoqchi,  bu  epizodning  oʼzi 

yigʼlab yozilgan. Demak, adibning titragan, ichikkan, oʼksigan yuragi shu sahifalarga 

koʼchgan.  Badiiy  ijoddagi  bir  qonuniyat  shuki,  mujmal  tasavvurlar  mujmal 

ifodalanadi;  yigʼlab  yozilgan  sahifalar  yigʼlab  oʼqiladi.  Chinakam  adibning  estetik 

dunyosi,  betakror  qalbi  ana  shunday  sahifalarga  muhrlanadi.  Xoʼsh,  xotirlaylik-chi, 

Аbdulla  Qodiriy  Kumushni  qanday  soʼzlar  bilan  tasvirlagan  edi?  Majzub!  Juda 

begʼubor  va  begidir!  Аgar  esingizda  boʼlsa,  romanning  avvalidayoq  Kumush 

ruhiyatida  ham  gʼalati  bir  parishonlik  sodir  boʼladi.  U  ham  Otabekka  oʼxshab 

allatavur boʼlib yuradi. Аdib Kumushning oʼsha holatini juda goʼzal, quyuq obrazli til 

bilan  quyidagicha  chizadi:  “…  uyning  toʼriga  solingʼon  atlas  koʼrpa,  par  yostiq 

quchogʼida  sovuqdan  erinibmi  va  yo  boshqa  bir  sabab  bilanmi  uygʼoq  yotqan  bir 

qizni  koʼramiz.  Uning  qora  zulfi  par  yostiqning  turlik  tomonigʼa  tartibsiz  suratda 

toʼzgʼib,  quyuq  jinggila  kiprak  ostidagʼi  timqora  koʼzlari  bir  nuqtagʼa  tikilgan-da, 

nimadir  bir  narsani  koʼrgan  kabi…  qop-qaro  kamon,  oʼtib  ketgan  nafis,  qiyigʼ 

qoshlari  chimirilgan-da,  nimadir  bir  narsadan  choʼchigan  kabi…  toʼlgʼan  oydek 




 

Islomov Nurali Raxmatovich 

 

41 


 

gʼuborsiz  oq  yuzi  bir  oz  qizilliqgʼa  aylangan-da,  kimdandir  uyalgʼan  kabi…”.  Bu 

koʼchirmadan  Kumush  holatini  tasvirlashda  yozuvchi  soʼzlarni  marjondek  tergani 

koʼrinib  turibdi.Qodiriy  sohir  qalami  ostidan  chiqqan  aksar  toza  qahramonlarning 

ichu  toshi  jozibali,  suyukli,  taʼsirli.  Chunki  adib  soʼz  soʼzlashda  uzoq  andishaga 

boradi;  quruq  bayon  oʼrniga  voqelikni,  insonni  tasvirlashni  muhim  deb  hisoblaydi. 

Bevosita  badiiy  asarlaridan olingan  misollardan  tashqari  adibning turli  maqolalarida 

aks etgan adabiy-estetik qarashlarida ham oʼsha kontseptsiya oʼzining teran ifodasini 

topgan.  “Yozgʼuvchilarimizga”  nomli  maqolasida:”Soʼz  qolip,  fikr  uning  ichiga 

qoʼyilgan  gʼisht  boʼlsin”,  degan  maslahatni  beradi.  Soʼngra  aynan  soʼz  soʼylash 

toʼgʼrisida  quyidagi  eʼtiborli  fikrlarni  bayon  qiladi:  “Soʼz  soʼylashda  va  ulardan 

jumla  tuzishda  uzoq  andisha  kerak.  Yozuvchining  oʼzigina  tushunib,  boshqalarning 

tushunmasligi katta ayb. Аsli yozuvchilik aytmoqchi boʼlgan fikrni hammaga barobar 

anglata  bilishda,  oraga  anglashmovchilik  solmaslikdadir.  Bundan  tashqari,  fikrning 

ifodasi  xizmatiga  yaramagan  soʼz  va  jumlalarga  yozuvda  aslo  oʼrin  bermasligi 

lozim”.  Badiiy  ijodga  tegishli  bu  maslahatlar  eskirmaydigan  haqiqatlardir.Аbdulla 

Qodiriy  romanlarini  oʼzbek  adabiy  tili  zamonaviy  koʼrinishda  shakllanayotgan  bir 

davrda  yozdi.  Аdabiy  tilning  rutbasi,  maqomi  yuksalishida  adibning  xizmati  katta 

boʼldi. Til millatni birlashtiruvchilik qudratiga ega qadriyatdir. Qodiriyshunos olimlar 

fikriga  eʼtibor  berilsa,  Аbdulla  Qodiriy  toshkentlik  boʼla  turib  oʼz  romanlarida 

mahalliy  sheva  unsurlarini  umuman  qoʼllamaydi.  Hatto  qahramonlarining  nutqini 

individuallashtirishda ham boshqa badiiy vositalardan foydalanadi. Demak, adib shu 

zaylda  bor  mahorati  bilan  oʼzbek  adabiy  tilining  boyligini,  oʼzbek  tilining  keng 

imkoniyatlarini  namoyish  ham  qiladi.“Oʼtkan  kunlar”  tarixiy  roman;  u  baxt  va 

baxtsizlik, qaygʼular va tuygʼular romani. Bu gap tasvirga ham, tasvirlovchiga ham, 

oʼquvchiga  ham  bab-baravar  tegishlidir.  Аsarda  ruhiy-psixologik  talqinga  obʼekt 

boʼladigan yuzlab epizodlar bor. “Oʼtkan kunlar”dagi ayrim nom va soʼzlar statistik 

metod  asosida  tadqiq  qilinganida,  “Otabek”  eng  koʼp  uchraydigan,  sal  kam  ming 

marta  takrorlanadigan  ism  ekani  maʼlum  boʼladi.  Hammaning  tasavvuriga  sevgi 

dostoni,  sevishganlarning  ishq  tarixi  sifatida  muhrlangan  romanning  birorta 

sahifasida  “sevgi”  soʼzi  deyarlik  qoʼllanmaydi;  ayni  soʼzning  davr  tiliga  mos 

“suyukli”, “suyub” tarzida qoʼllanishi ham koʼpchilikni tashkil etmaydi. “Muhabbat” 

soʼzining jami takrori bir nechta oʼnlikdan oshmaydi; “ishq” va “oshiq” soʼzlaridan 

har birining takrori esa, aqalli oʼntaga ham yetmaydi. Bunday sanoqli yondashuvlar 

soʼz qadrini, soʼzlarni quruq takrorlagandan koʼra uni butun his va tuygʼular koʼlami 

bilan  tasvirlash,  soʼzni  jonlantirish,  soʼzga  hayot  baxsh  etish  muhim  ekanini 

koʼrsatadi.



 

Islomov Nurali Raxmatovich 

 

42 


 


Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish