Test topshiriqlari
Birinchi (ta’lim muassasa), ikkinchi (tuman) bosqichlarda o‘quvchilariga 25 tadan test (17 ta testning javobi belgilanadi, 8 ta testning javobi yoziladi) topshiriqlari beriladi.
Test topshiriqlari uchun 75 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball, noto‘g‘ri javoblar 0 ball bilan baholanib, jami 50 ballni tashkil etadi.
3 (viloyat) bosqichida 40 ta (30 ta javobi tanlanadigan test va 10 ta javobi yoziladigan testlar) test topshirig‘i beriladi. Test topshiriqlarini bajarishga 120 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 1,25 ball, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.
Masalan:
1 kurs (9-sinf)
1. Javobi tanlanadigan test
Quyidagi birikmalarning qaysi birida xlorning massa ulushi eng ko‘p ?
A.Xlor (I)-oksid B. Xlor (III) –oksid S. Xlor (V)-oksid D. Xlor ( VII)-oksid
2. Javobi yoziladigan test .Ikki atom orasid bir yoki bir nechta umumiy elektron juftlar hosil bo‘lishi ____________________________deyiladi.(Kovalent bog‘lanish)
2 kurs
1. Javobi tanlanadigan test
Aminosirka va beta aminopropion kislotalar aralashmasidan necha xil dipeptitlar hosil bo‘lishi mumkin.
A.2 B.3 S. 4 D. 5
2. Javobi yoziladigan test
Massa ulushi 6 % bo‘lgan natriy gidroksid eritmasini tayyorlash uchun massa ulushi 30 % bo‘lgan 200 g natriy gidroksid eritmasiga massa (g) hisobida ……….. suv qo‘shish zarur. (800 g)
3 kurs (11-sinf)
1. Javobi tanlanadigan test
Su+² birikmalari qaysi moddalar bilan reaksiyaga kirishadi?
A.etilenglikol V. glitserin; S.aminokislotalar; D. A,V,S.
2. Javobi yoziladigan test.
Molekulasida ugleroddan boshqa element (kislorod,azot,oltingugurt va hakazo) atomlari ham bo‘lgan halqasimon (siklik) birikmalar ………….deyiladi. (geterotsiklik birikmalar)
Barcha tur bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich 100 balni tashkil etadi.
GEOGRAFIYA
Geografiya fan olimpiadasining birinchi, ikkinchi, uchinchi bosqichi umumta’lim maktablarining 9-11 sinflarda o‘tkaziladi. Akademik litsey va kasb-hunarlarida birinchi bosqich
1-3 kurslarda, ikkinchi, uchinchi bosqich 2-3 kurslarda o‘tkaziladi.
Birinchi (ta’lim muassasa), ikkinchi (tuman), uchinchi(viloyat) bosqichida olimpiada 2 turda (yozma ish, test sinovi) o‘tkaziladi.
YOzma ish.
Birinchi (ta’lim muassasa), ikkinchi (tuman), uchinchi(viloyat) bosqichida 5 tadan topshiriqlar beriladi. Topshiriqni bajarish uchun 2 soat (120 daqiqa) vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri echilgan topshiriqlar 10 ball bilan baholanadi, jami 50 ballni tashkil etadi.
Savollar tanlanayotganda quyida berilgan baholash mezoniga e’tiborni qaratgan holda tuzish lozim.
Masalan: 1 kurs (9-sinf)
YAnvardagi o‘rtacha havo haroratig‘4˚S ekanligi ma’lum. Iyul oyida harorat +20˚Sga teng bo‘lsa,bir yillik havo haroratining amplitudasi qanchaga teng bo‘ladi?
2 kurs
O‘rta Osiyo yozuvsiz xaritasiga o‘lkaning siyosiy xaritasini bo‘yang. Unga davlatlarning nomi,poytaxti va yirik shaharlaridan 5 tadan yozib,poytaxt shaharlarning geografik koordinatalarini aniqlang.
kurs (11-sinf)
O‘zbekiston Respublikasining yozuvsiz xaritasiga mamlakatimizning tabiiy xaritasini bo‘yang.Unga mamlakatimizning eng yirik tog‘lari, daryolari va cho‘llaridan 5 tadan yozing va eng chekka nuqtalarining geografik koordinatalarini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |