7-Amaliy ish.
Noorganik bog‘lovchi materiallar bilan ishlov berilgan chaqiqtosh, shag‘al va qum materiallardan qoplamalar qurishda sifat nazorati.
Ishdan maqsad: ShNQ 3.06.03-08 ga asosan noorganik bog‘lovchi materiallar bilan ishlov berilgan chaqiqtosh, shag‘al va qum materiallardan qoplamalar qurishda sifat nazoratini olib borish.
ShNQ 3.06.03-08 da keltirilgan quyidagi bandlarda noorganik bog‘lovchi materiallar bilan ishlov berilgan chaqiqtosh, shag‘al va qum materiallardan qoplamalar qurishda sifat nazoratini olib borish ko‘rsatmalari mavjud:
Qorishmani tayyorlash
Qorishma asosan majburiy qorishtiradigan qorishma tayyorlovchi uskunalarda tayyorlanadi. Yo‘l ustida aralashtirish uslubi bilan 6.7-va 6.10- bandlarning talablariga rioya qilgan holda ruxsat etiladi.
Qorishma tayyorlovchi uskunalar bunkerlariga tosh materiallarni yuklash va tushirish yuklovchi yoki ta’minlovchi moslama bilan jihozlangan transportlar bilan bajariladi
Domna va po‘lat eruvchi (metall tayyorlovchi)pech kuyundilari va issiqlik elektr markazlaridan xo‘l tutilgan kullarni ochiq maydonlarda saqlanadi. Olti oydan uzoq saqlangan kuyundi va kullarni bog‘lovchi sifati qo‘llashdan oldin ularni faolligini sinab ko‘rish lozim.
Metallurgiya kuyundilarini faolligini oshirish uchun, ularni oldindan quritib sharli tegirmonlarda maydalanadi. Kompleks bog‘lovchi olish uchun, sharli tegirmonga kukunsimon faollashtiruvchi yuboriladi (sement, ohak, ishqor, va boshqalar). Maydalangan kuyundi yopiq omborlarda saqlanadi.
Qorishmani tashkil etgan materiallarning miqdori 5-jadval ko‘rsatkichlari talabiga javob berishi kerak.
Qorishmadagi suvning miqdori, uni tashishdagi va yotqizishdagi namlik yo‘qolishini hisobga olgan holda optimal namlikni ta’minlash lozim. Havo harorati 200S dan oshganda qorishma avtosamosvallarda tashilganda usti brezent bilan yopilishi shart.
5-jadval
Tarkibi
|
Ko‘rsatilgan sarfdan farqi massa %
|
Bog‘lovchi
|
±2 gacha
|
To‘ldiruvchilar
|
±5 gacha
|
Suv va suvlik eritmalar
|
±2 gacha
|
SDB, soda, ishqor, suyuq oyna, xlorlik tuzlar eritmalarini qorishma tayyorlovchi uskunalarda, zaruriyatga ko‘ra isitilgan suvdan foydalangan holda tayyorlanadi.
Tosh material va sementlardan tayyorlangan qorishmalarni tashish vaqti, uning qotishi boshlanishi kamida 2 soat bo‘lganda, harorat 200S dan yuqori bo‘lganda 30 min dan, harorat 200S dan past bo‘lgan taqdirda 50 minut danko‘p bo‘lmasligi kerak.
Sementmineral aralashma tayyorlash va uni zichlash jarayoni oralig‘idagi vaqt 6 soatdan oshmasligi kerak.
Tosh materiallarga kuyundi, kul, so‘ndirilgan ohak qo‘shilganda yoki ularsiz tayyorlanganda, zichlash ishlari 1-2 kundan kechikmasdan tugallanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |