Ishlar sifatining nazorati
Noorganik bog‘lovchi materiallar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh, shag‘al va qum materialdan asoslar va qoplamalarni qurishda 1.13.- bandga qo‘shimcha quyidagilar nazorat qilinadi:
- smenada kamida bir marta qorishma namligi GOST 5180, materiallar mustahkamligi O‘zRST 23558 va tuz eritmalarining sovuq haroratdagi og‘irligi (tuzlarning suvdagi og‘irligi);
- yetti smenada kamida bir marta qorishmaning tuzilmalarini qo‘shishdagi sofligini nazorat tortish bilan.
Zichlashdagi sifatini og‘irligi 10-13 t li katokni nazorat qilinayotgan qismining butun uzunligi bo‘yicha tekshiruv yurgizishi o‘tkazish bilan aniqlanadi, bunda asosda (qoplamada) katokning izlari qolmasligi va g‘ildiraklar (valeslar) oldida to‘lqinlar paydo bo‘lmasligi kerak.
8-Amaliy ish.
Yo‘l qurilishida qurilish-montaj ishlarining sifatini kompleks baholash.
Ishdan maqsad: Amaldagi me’yoriy hujjatlarga asosan sementbeton qoplamalirini qurishda siqatni nazorat qilishni o‘rganish.
ShNQ03.06.03-08 quyidagilar avtomobil yo‘llari qurilishida qurilish-montaj ishlari kompleks sifatini baholadi:
Mazkur ilovaga muvofiq quyidagi ishlar sifati baholanadi:
- alohida ish turlari (yo‘l poyi asosini tayyorlash, ko‘tarmalarni qurish va o‘ymalarni ishlash, suvlarni chetlatish ishlari, qo‘shimcha to‘kma yo‘l yoqasi, yo‘l to‘shamasida asos va qoplamalar qatlami);
-avtomobil yo‘llarining konstruktiv elementlarini qurish (yo‘l poyi, yo‘l to‘shamasining asosi va qoplamasi);
-qurilish ishlari tugallangan avtomobil yo‘llari yoki bazi qismlaridagi qurilish-montaj ishlari;
-muayyan vaqtda bajarilgan qurilish-montaj ishlari(oy, chorak, yil). Tayyorgarlik va mustahkamlash ishlari, suniy inshootlar qurish ishlari, yo‘l va avtotransport hizmati bino va inshootlar qurish, yo‘lga te-gishli qurilma va jihozlashni O‘zbekiston Respublikasi davlat arhitektura va qurilish qo‘mitasining “Qurilish montaj ishlarini sifatini baholash” to‘g‘risidagi meyoriy hujatlari asosida bajarish lozim.
Aloxida ishlarning sifatini baholashni, natijaning o‘rtacha baholash darajasini loyiha va meyoriy hujjatlar talabiga javob berishini quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bunda:
R – o‘rtacha baho,
R – n ta o‘lchamlarning loyiha va meyoriy hujjatlar talabiga javob beruvchi darajasi, ballar bilan belgilanadi;
n – o‘lchamlar soni, har bir ish bo‘yicha baholanadi.
Alohida ishlarning sifatini baholashni “R” ning ko‘rsatkichi kataligiga qarab belgilanadi:
R=4,61-5,0 bo‘lganda “alo” (5 bal)
R=3,91-4,6 bo‘lganda “yaxshi” (4 bal)
R=3,0-3,9 bo‘lganda “qoniqarli” (3 bal).
Har bir baholanishi lozim bo‘lgan ishlarda “qoniqarli” bahoni, agar texnik hujjatlardagi talablardek o‘lchamlari kam miqdorda farq qilsa (kam miqdordagi nuqson GOST 15467 dan) loyha idorasi va buyurtmachi bilan kelishilganda beriladi. Bunday o‘lchamlarning soni umumiy o‘lchamlar sonining 50% dan ko‘p bo‘lmasligi shart.
Har bir turdagi ishlarni qabul qilish, quyidagi ilovadagi jadvalga kiritilmagan, lekin materiallarning va buyumlarning o‘lchamlari loyiha, meyoriy hujjatlar va standartlar talablariga javob berishi majburiydir. Ishlar ilovadagi jadvalda ko‘rsatilmagan, texnik hujjatlar talablaridan kam miqdorda farq qiluvchi xollarda loyiha korxonasi va buyurtmachi bilan mos ish turi uchun (i) formula yordamida hisoblangan Ri kompleks ko‘rsatgichining qiymati 0,25 (har bir o‘lcham)ga kamaytiriladi. Agar shu ko‘rsatkichlar soni 3 dan kam bo‘lsa, shu turdagi ishlar “qoniqarli” deb topiladi (3 ball).
Agar ko‘rsatkichlarni baholashda bazi bir ish turlari o‘lchamlari loyha va meyoriy hujjatlarning shu ishlarini bajarish sharoitlari talablariga javob bermasa, bu ishlar qayta qabul qilishni va baholashni tuzatilgandan qayta bajarilgandan so‘ng hal etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |