12. MAXSUS VA UNIVERSAL YARIM OCHIQ VAGONLARNI TA’MIRLASH
Yuqori obvyaskaning vertikal bo’ylab 50 mm ko’p egilishi to’g’irlash yo’li bilan ta’mirlanadi yoki nuqson kesib olinib almashtiriladi.
Pastki va yuqori obyaskalarda yoriqlar 200 mm dan ko’p bo’lsa qoplama qo’yib payvandlashga ruxsat beriladi. Vagonning bir tomonida yuqori obvyaskada 5 tagacha ulanish ruxsat beriladi. Ulanishlarini bir biri bilan oraliq masofasi 1 metrdan kam bo’lmasligi kerak.
Yarim ochiq vagonlarning nosoz eshiklari, eshikni maxkamlovchi detallari, mexanizmlari, burchak ustunlari ta’mirlanadi yoki oldindan ta’mirlab qo’yilgan eshikga almashtiriladi.
Yarim ochiq vagonlarning eshiklari ta’mirlangandan so’ng, yopiq xolatda quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Eshik yon ustunlari vagonning burchak ustunlari orasidagi bo’shliq bor bo’yiga yoki klinsimon bo’lib 10 mm dan katta bo’lmasligi kerak.
Eshik usutunlarining diaganal bo’yicha farqi 7 mm dan katta bo’lmasligi kerak.
Eshikning pastki obyaskasi, vagonning pastki qismi (porog) orasidagi maxalliy bo’shliq 500 mm masofada 6 mm dan katta bo’lmasligi kerak. Barcha payvandlash ishlari “Инструкция по сварке и наплавке при ремонте грузовых вагонов” РД ВНИИЖТ 059.01.2019yo’riqnomasiga asosan bajariladi.
Yarim ochiq vagonning rama qismi mazkur texnologik jarayonning 10-bandiga asosan ta’mirlanadi.
Yarim ochiq vagonning kuzov qismi mazkur texnologik jarayonning 11-bandiga asosan ta’mirlanadi.
12.1 YARIM OCHIQ VAGONNING PASTKI TUSHIRISH LYUKINI TA’MIIRLASH
Yarim ochiq vagonning lyuklari yopiq xolda vagon kuzoviga jips yopishib turishi kerak, maxalliy bo’shliqlar 4 mm katta bo’lmasligi kerak
Lyuklarni egilishi 25 mm gacha ruxsat etiladi, 25 mm dan katta bo’lgan egilishlarni vagonni o’zida to’g’irlashga ruxsat beriladi.
Lyuklarning upor qismidagi egilishlar yoriqlar payvandlanadi.
Lyuk ochiq holatida lyukning ikkala qirg’og’i kuzovdagi upor ustida turishi kerak, ayrim xollarda lyukning bir tomoni uporga tegmasa lyuk qirg’og’i bilan upor orasidagi bo’shliq 5 mm dan ko’p bo’lmasligi kerak.
Lyukni ochib yopuvchi xalqa moslamalarda (petlya) parchinlar bo’shaganda, parchin o’rniga bolt qo’yishga ruxsat etiladi
Lyuklarni maxkamlash mexanizmi (zapornoy) tekshiriladi, yemirilgan mexanizmlar payvandlanib mexanik ishlov beriladi. Lyukning yopiq holda maxkamlash mexanizmi sektor zakidkani maxkamlab turishi kerak, sektor bilan skoba orasidagi o’lcham 5 mm dan 14 mm gacha ruxsat beriladi
.Lyuk yazasidagi metall qalinligi 3 mm dan kam bo’lgan xolatda lyuk almashtiriladi.
Yarim ochiq vagonning lyuklarini tekshirish, ta’mirlash va almashtirish uchun yechib olinadi.
Lyuk qalinligini o’lchashda gofralar orasi 450-500 mm lyuk qirg’og’idan o’lchanadi
Yangi qo’yilayotgan lyuklar ochilishi va yopilishi yengil, biron bir joyga tegmasdan ochilishi va yopilishi kerak. Lyukka nostandart valik qo’yish taqiqlanadi!
Torsionlar tekshiriladi, nosoz, yeyilgan torsionlar ta’mirlanadi, singan torsionlar almashtiriladi.
Payvandlash ishlari “Инструкция по сварке и наплавке при ремонте грузовых вагонов” РД ВНИИЖТ 059.01.2019 yo’riqnomasiga asosan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |